Pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/69
Sana17.09.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1679945
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69
Bog'liq
R.Ergashev darsligi

 
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar: 
 
 
1. Interfaol ta’limning zaruriyati nimada? 
2. Individuallashgan ta’lim deganda nimani tushunasiz? 
3. An’anaviy sinf-dars tizimi deganda nimani tushunasiz? Ta’lim modelini 
tushuntirib bering. 
4. Interfaol darslarning shakllarini sanab bering. 
2.3.Bolalar tarbiya jamoasi va yagona pedagogik jarayon 
Bola maktabga qabul qilinishi bilan o‘qish etakchi faoliyatga aylanishi zarur 
bo‘ladi. O‘qish o‘yindan farqli o‘laroq majburiylik kasb etadi, u aniq maqsadga 
qaratilgan, ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan hamda tizimga solingan faoliyat turi 
hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda bolalarni o‘qitish jarayonida ham o‘yinlardan 
foydalaniladi, lekin endi ular o‘qish, o‘qitish vazifalari bilan bog‘langan bo‘ladi. 
O‘yinning maqsadi, turi, tashkil etish sharoitlari ham o‘zgaradi. Boshlang‘ich 
sinflarda bolalarning o‘qish faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchi o‘qish jarayoniga, 
ya’ni harakatlarni bajarish usullariga alohida e’tibor beradi. Chunki o‘qishning 
pirovard maqsadi muayyan bilim va malakalarni egallab olishdangina iborat 
bo‘lmay, balki kelgusida ishlab chiqarish, fan yoki insonlar bajaradigan boshqa 
ijtimoiy faoliyat turlarining murakkab muammolarini hal qilishda kerak bo‘lgan 
mustaqil ravishda bilim olish mahoratini o‘zlashtirish hamdir. 
O‘qishning dastlabki kunidanoq kichik maktab yoshidagi o‘quvchining psixik 
o‘sishini harakatga keltiradigan turli ziddiyat, qarama-qarshiliklar, ichki ixtiloflar 
vujudga keladi. Bular zamirida o‘quvchining psixik kamolot darajasidagi, ijobiy 
xislatlar bilan talablar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar yotadi. Talablarning tobora 
ortishi bolaning psixik jihatdan to‘xtovsiz o‘sishini taqozo etadi va shu jarayonning 
uzluksiz harakati natijasida insonning kamoloti amalga oshadi. 


65 
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchining muhim xususiyatlaridan biri unda 
o‘ziga xos ehtiyojlar mavjudligidir. Mazkur ehtiyojlar o‘z mohiyati bilan muayyan 
bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga, tevarak-atrofdagi voqelikni 
o‘zlashtirishga qaratilmay, balki faqat o‘quvchining shaxsiy istagini o‘zida aks 
ettiradi. Bu ehtiyojlar o‘z sumkasiga, dars tayyorlash burchagiga, kitob qo‘yish 
javoniga ega bo‘lish istagi, kattalardek har kuni maktabga qatnash tuyg‘usini his 
etish kabilarni o‘z ichiga oladi. Sinfdagi o‘rtoqlari bilan qatorlashib saf tortib 
yurishlar, birgalashib o‘ynash, oshxonaga borish, o‘qituvchining o‘gitlari ham 
o‘quvchini o‘ziga rom etadi. Umuman, kichik maktab yoshidagi o‘quvchi 
o‘qishning tub mohiyati va vazifasini tushunib etmaydi, balki hamma maktabga 
borishi kerak deb tushunadi.
Birinchi sinf o‘quvchisida o‘qish jarayonining aynan o‘ziga qiziqish ko‘zga 
tashlanadi. Maxsus tadqiqotlarda o‘quvchilar bilan keraksiz mashqlar o‘tkazilgan 
va ularga oldindan bu mashqlar keyinchalik kerak bo‘lmasligi aytilgan, lekin 
o‘quvchilar ularni bajonidil bajarishga kirishavergan. 
O‘quvchining xususiy faoliyatda erishgan dastlabki muvaffaqqiyati uni 
boshqa natijalarni egallashga undaydi. Uning o‘qish faoliyatidagi birinchi mehnat 
mahsuli shodlik va quvonch his-tuyg‘ularini paydo qiladi. Masalan, ayrim 
o‘quvchilar u yoki bu matnni bir necha marta o‘qishga harakat qiladi. O‘qish 
faoliyatiga qiziqish, uning mazmuniga ham qiziqishni vujudga keltiradi, bilim olish 
ehtiyojini tug‘diradi va o‘qish motivlarini tarkib toptiradi.
Barkamol etuk shaxsni tarbiyalash, Respublikamizda kadrlar tayyorlashni 
davr talablari darajasiga ko‘tarish, ta’limning rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti 
munosabatlariga 
asoslangan 
mexanizmini 
yaratish, 
uning 
mazmunini 
takomillashtirish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardagi ta’lim-tarbiya jarayoniga 
bo‘lgan munosabatni, qarashlarni shakllantirish kabi masalalar qamrab olgan 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda. 
Xususan uning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblangan iqtidorli bolalar va 
iste’dodli yoshlar bo‘limida ta’lim oluvchilardagi layoqatni ma’lum shart-
sharoitlar asosida qobiliyat darajasiga ko‘tarish zarurati alohida qayd qilinadi. 


66 
Bugungi kunda ularga keng imkoniyatlar yaratish, mazmunli dastur asosida 
o‘qitish darsga va darsdan tashqari mashg‘ulotlarga jalb qilish muhim vazifa 
ekanligi ko‘rsatilgan. 
Respublikamizda ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan islohotlarda 
ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi tez-tez tilga olinmoqda. Ta’limning 
hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, bozor iqtisodiyoti va ishlab chiqarish bilan 
uzviy hamkorlikda rivojlanishi zarurligi davlat ta’lim siyosatining ustuvor
g‘oyalardan biridir. Shuning uchun ham ta’limni rivojlantirishda integratsiyadan 
unumli foydalanish dolzarb vazifaga aylanmoqda.
Integratsiya – ayrim bo‘laklarning yoki elementlarning bir-biriga qo‘shilishi, 
bir butunga aylanishi, yaxlitlanishidir.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling