Pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/69
Sana17.09.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1679945
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69
Bog'liq
R.Ergashev darsligi

Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar: 
 
1. Integratsiya-tafakkurni rivojlantiruvchi omilini izohlang. 
2. Boshlang‘ich ta’limni integratsiyalashtirishga nima uchun zaruriyat 
yuzaga keldi? 
3. Integratsiyalashgan darslarni tashkil etishning qanday metodikalari bor? 
4. Savod o‘rgatish darslari haqida malumot bering. 
3.5. Boshlang‘ich maktabda integratsiyalashgan ta’limdan foydalanish 
Jamiyat ma’naviyatining asosiy negizini unda yashayotgan kishilar 
ma’naviyati tashkil qiladi. Bunday kishilar o‘z-o‘zini anglaydigan kishilardir. Ana 
shuning uchun ham jamiyat ma’naviyatiga ularning bevosita ta’siri bor. Bu haqda 
quyidagi fikr ahamiyatlidir: 
“Faylasuf I.Kant, o‘z-o‘zini anglash axloqiylik va ma’naviy mas’uliyatning 
zarur shartidir, deb hisoblagan edi. Chamasi, o‘z-o‘zini anglash tuyg‘usi bizni faol 
xizmat ko‘rsatishga da’vat etadi, lekin bunday faoliyat odamni qayerga olib borishi 
ko‘p jihatdan u kishi qanday hayotiy-axloqiy qoidalami o‘ziga dastak qilib 
olganligiga bog‘liqdir. Bunday shaxslar tabiatan yaxshilikka intiluvchan bo‘ladilar, 
o‘zlarini qiynab bo‘lsa ham yomonlikka nisbatan keskin kurash olib boradilar va 
g‘alabaga erishmaguncha bu kurashni to‘xtatmaydilar”. 
Demak, oilada va ta’lim muassasalarida eng yaxshi va olijanob an’analar 
hamda urf-odatlar ruhida tarbiyalangan o‘quvchi – yoshlar o‘z-o‘zini anglashga, 
o‘zligini namoyon qilishga harakat qiladi. Unday bolalarga shafqatsiz taqdirning 
zarbalariga mayuslik bilan bo‘yin egib turish yotdir. Ularda orqaga chekinishga 
xohish bo‘lmaydi va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi sari ikkilanmasdan harakat qiladi 
hamda ular qiyinchiliklarga kurasha oladi. Qiyinchiliklarni va muammolarni engib 
o‘tib, g‘alaba qozonishni ular o‘zlariga sharaf deb biladilar. Ana shunday o‘quvchi-
yoshlarni yaxshilikka muhabbat, yomonlikka nafrat ruhida tarbiyalash samarali 
kechadi va ulardan o‘z oilasi ham, jamoasi ham. jamiyat va davlat ham foyda 


173 
ko‘radi, chunki bular tezda ma’naviy barkamol shaxslar bo‘lib shakllanadi. Bu 
qayd etilgan insonning ma’naviy sifatlari, insonning ma’naviy barkamolligi 
qirralaridir. 
Insonning ma’naviy barkamolligiga xos xislatlar to‘g‘risida quyidagi 
mualliflar jamoasining fikri ham nihoyatda ahamiyatlidir: 
- ota-onasi, farzandlari, qarindoshlari, xullas butun oila a’zolari, qo‘ni-
qo‘shnilari, mahalla-kuyi, qishloqdoshlari va butun mamlakat, xalq farovonligi 
haqida qayg‘urish; 
- Tevarak-atrofdagi insonlar unga kerak bo‘lgani singari, o‘zi ham ularga 
kerak bo‘lishiga intilish; odob-axloqi, fe’l-atvorini yoqimli qilishni insoniy burch 
deb hisoblash; 
- ota-bobolaridan, ajdodlaridan yodgorlik bo‘lib qolgan madaniy merosini 
qadrlash; 
- milliy qadriyatlarni e’zozlash va ularga sodiq bo‘lib qolish; vatanparvarlik, 
xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ularining barqaror bo‘lishi; 
- o‘zaro muammo – munosabatda o‘rnak bo‘lishga moyillik, birovning 
og‘irini engil qilishni odat qilish; 
- umumxalq ma’qullagan, davlat tomonidan qonuniy deb qabul qilingan 
Konstitutsiyani hurmat qilish va unga sadoqat namunalarini amalda ko‘rsatish; 
- Vatanni himoya qilish, boshqacha aytganda, harbiy vatanparvarlik 
tuyg‘ulari bilan yashash; 
- diyonat va adolat, mehr-shafqat va ezgulikni himoya qilish; 
- va’daga vafoli bo‘lish va boshqalar.
Demak, jamiyat va xalq ma’naviyatini shakllantirish uchun o‘quvchi-
yoshlarning ma’naviy barkamolligini yuksaltirish kerak bo‘ladi. Ushbu jarayonda 
o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy barkamolligini shakllantirishi ulardagi 
mustaqillik mafkurasi hamda milliy g‘urur bilan sug‘orilganligi asosiy e’tiborda 
bo‘lishligiga imkoniyat yaratadi. 
Qayd etilgandek ma’naviy barkamollikni ta’minlashda o‘quvchi-yoshlar 
ma’naviy tarbiyasi hozirda juda zarur, chunki hozirgi globallashuv jarayoni shiddat 


174 
bilan yuz berayotgan davrda ular ongiga turli zararli g‘oyalar, hech bo‘lmaganda 
bunday g‘oya elementlari singdirilib qolishi hech gap emas. Yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, bunga hozirda oilalarimizda ham, ta’lim muassasalarimizda 
ham еtarli shart-sharoit va imkoniyatlar bor. Quyida ular to‘g‘risida ma’lumotlarni 
keltiramiz: 
1.Oilalardagi ota-onalarning o‘z farzandlari ma’naviy tarbiyasiga oid 
ma’lumotlarga egaligi va bunda har bir oilada farzandlariga nima yaxshi-yu, nima 
yomon, nimani qilish mumkin-u, nimani qilish mumkin emas kabilarni o‘rgata 
olishi hamda o‘zaro munosabatlarda kattalarning hurmatini, kichiklarning izzatini 
o‘z o‘rniga qo‘yishini farzandlari ongiga singdira olishi, kiyinish va ovqatlanish 
hamda salomlashish odoblarini o‘z farzandlarini odatlantira olishiga shart-sharoit 
borligi, aks holda bunday imkoniyatlar bo‘lmagan oilani milliy-ma’naviy oila deb 
bo‘lmaydi. Bunday oilalar ma’naviyati bilan shug‘ullanish alohida tarbiyaviy 
jarayonni talab etadi va bunda “oila – maktab – mahalla” hamkorligida faoliyatga 
ko‘proq e’tibor beriladi. Bunga hozirda jamiyat institutlari bor; 
2.Mamlakatimizda 
doimo 
sog‘lom muhitda yashovchi o‘quvchi-
yoshlarimizni tarbiyalashning uzluksiz va mukammal tizimi bor. Ulardan ba’zilari 
nafaqat ta’lim muassasalarida, balki maktabdan tashqari ta’lim-tarbiya 
maskanlarida ham olib borilmoqda; 
3.Oiladagi ota-ona ibrati va mahallalardagi, qolaversa, yurtimizdagi namunali 
oilalar hamda ulug‘ insonlar (mustaqillik qahramonlari, kasb-hunarning etuk 
ustozlari, zamonaviy ma’rifatparvar ziyolilari va shu kabilar) turmush tarsi va 
hayoti faoliyatimis olida o‘quvchi-yoshlarimizga ma’naviy barkamollikning ayrim 
qirralarini singdirish mumkin. Bunda yuqorida qayd etilgan ota-onalar, ulug‘ 
insonlar hamda mahallalardagi namunali oilalardan ibrat-namuna sifatida 
foydalaniladi. Bu yo’nalish ham samarali kechadi. Bunga sabab ibrat-namuna – 
hayot dorilfununidir; 
4.Oilalarda va maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim muassasalaridan 
doimo sog‘lom ma’naviy muhitni saqlashga shart - sharoit borligi. Faqatgina 
bunday jarayonlarni shakllantirishda sog‘lom ma’naviy ehtiyojga sinchikovlik 


175 
bilan e’tibor berish kerak, chunki u insonning qalbini nurga va ziyoga, yaxshilik 
va ezgulikka to‘Idiradi va bu sinchikovlik o‘quvchi-yoshlarimizni yomon 
illatlardan himoya qiluvchi tarbiyaviy vosita hisoblanadi; 
5.O‘zbek xalqining boy ma’naviy boyligi va intellektual mulklari 
haqidagi ma’lumotlarni o‘quvchi - yoshlar ongi va qalbiga singdirib borishga shart-
sharoitlar etarliligi, ya’ni hozirda har bir xonadonda oilaviy axborot vositalardan 
foydalanish imkoniyati mavjudligi, xususan, televizorning borligi (faqatgina bunda 
tele eshittirishlardagi ular yoshlariga moslarini ko‘rishiga ruxsat berilishi lozim 
bo‘ladi. Ular jumladan quyidagiIardan iborat bo‘lishi mumkin: “Ertaklar – 
ezgulikka etaklar”, har xil intellektual o‘yinlar, “Qonun va ijro”, “Izla, o‘yla, top”, 
Odam savdosiga oid reklama materiallari va shu kabilar); yoshlarning yoshi va 
ongu tafakkuriga mos kitoblar, badiiy va hujjatli asarlar, kinofilmlar, videofilmlar, 
multimedia vositalari, kompyuterlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida filmlar 
va shu kabilardan muntazam foydalanib borishga imkoniyatlar bor. Bular o‘quvchi 
-yoshlarga (oilada farzandlarga) ma’naviy ta’sir ko‘rsatishning “Imogoterapiya” 
usulini qo‘llashga ham keng imkoniyatlar yaratadi. 
6.O‘quvchi-yoshlarimizni salbiy holatlarga nafrat ruhida tarbiyalashda 
bunday holatlarni hosil qiluvchi jarayonlardan dalil-isbot sifatida foydalanishga 
oilada ham, ta’lim muassasalarida ham shart-sharoit bor. Bunday salbiy holatlar – 
illatlarni quyidagilar misolida amalga oshirilsa, tarbiya jarayoni samaraliroq va 
hayotiyroq kechadi: chaqimchilik, Vatan furushlar, yolg‘onchilik, qo‘pollik, 
o‘g‘rilik, dangasalik, kashandachilik, andishasizlik, imon-e’tiqodsizlik, loqaydlik 
va shu kabilar. Ushbu holatlarni o‘quvchi-yoshlar ongiga “sabab va oqibat” tizimi 
asosida singdirish kerak. Bular orqali o‘quvchi-yoshlarni hayotga qat’iy e’tiqod 
va qarashlar ruhida, mentalitetimizga yot bo‘lgan zararli ta’sirlar va oqimlarga 
qarshi tura oladigan milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida 
tarbiyalashga erishish mumkin; 
7. O‘quvchi-yoshlarni o‘z xalqiga e’tiqod ruhida tarbiyalashga boy ma’naviy 
meroslar etarli. Ular: “Avesto” nomli muqaddas kitobdagi “Ezgu uy →Ezgu so‘z 
→ Ezgu amal» tizimida inson va uning qadr-qimmatini ulug‘lashga bo‘lgan 


176 
qarashlar; “Qobusnoma” va “Temur tuzuklari” kabi manbalar; Xalq qahramonlari 
(Spitamen, Muqanna, To‘maris, Shiroq, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, 
Najmiddin Kubro, Amir Temur va shu kabilar) jasorati; “Bobolarimiz deydilar” 
ruknidagi rivoyat va hikoyalar, o‘gitlar va shunga o‘xshash xalqimiz jasoratini 
ifodalovchi manbalar; 
8. Ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar orasida ogohlikka oid turli 
mavzularda davra suhbatlarini uyushtirishga shart-sharoitlar etarli. Ularni 
ko‘pincha guruhlar o‘rtasida musobaqa, quvnoqlar va zukkolar, savol-javob 
o‘yinlari, xayoliy sayohatlar, sahna ko‘rinishi, multfilm yoki filmlar tomosha 
qilish, ertaklar olamida kabi ruknlarda olib borish maqsadga muvofiq. Bunga sabab 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari anchagina his-hayajonga beriluvchan bo‘ladi. Bu 
esa ularni salbiy holatlar va zararli oqibatlarga nisbatan nafrat ruhida tarbiyalashda 
qo‘l keladi; 
9.Boshlang‘ich ta’limda olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, 
to‘garaklar va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning umummazmunini o‘quvchi- 
yoshlarni ogohlik, hushyorlik, sergaklikka chorlash mumkin. Buning uchun 
boshlang‘ich sinf ruhbarlarining “Ma’naviyat soatlari” va “Tarbiyaviy soatlari” 
mazmuni va rejasiga ozgina o‘zgartirishlar qilish lozim; 
10.Jinoyatlar ijobiy o‘zgarishlar dushmani ekanligini ham o‘quvchi-yoshlar 
ongiga singdirish mumkin. Buning uchun o‘quvchi-yoshlar ongiga jinoyatlar va 
jinoyatchilar jamiyat taraqqiyoti ildiziga bolta urushga qaratilgan xatti-harakatlar 
va odamlar ekanligini singdirish lozim. 
Bunda o‘quvchi-yoshlar ongiga bunday xatti-harakatlar odatda, faqatgina 
buzg‘unchilik kayfiyatida bo‘lgan, dunyoqarashi tor, biqiq, o‘z manfaatlari yo’lida 
har qanday jirkanch usullardan qaytmaydigan kishilar tomonidan amalga 
oshirilishi mumkinligini singdirish kerak bo‘ladi; 
11. Oilada, maktabgacha ta’lim muassasalari va uzluksiz ta’lim tizimida, 
ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda tarbiyaviy pedagogik masalalar tuzib, uning 
echimlarini tahlil qilish va ular ichidan eng optimalini topishda bevosita o‘quvchi-
yoshlarni jalb qilishga, ularning bildirgan fikrlariga hurmat bilan qarashga shart- 


177 
sharoitlar bor. Buning uchun tuziladigan tarbiyaviy masalalar mazmunida 
o‘quvchi- yoshlarni salbiy ta’sir va tahdidlardan asrashga oid ma’lumotlar 
kiritilishi lozim bo‘ladi hamda undagi salbiy ta’sir va tahdidga tegishli 
ma’lumotlarni ongiga, jamiyatga va davlatga zararlari haqidagi ma’lumotlar 
masala echimi tahlilida e’tiborda bo‘Iish lozim; 
12.O‘quvchi-yoshlarni milliy an’ana, urf-odat va bayramlar negizida 
ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashga imkoniyat bor. Buning uchun 
kichiklarning kattalarga salom berishi, uy-hovlini tartibga keltirib qo‘yish, 
mehmonlarga alohida hurmat ko‘rsatish, bayram arafasida qariyalar, kasal, ojiz, 
qiynalgan kishilar holidan xabar olish va ularning biror ishiga yordam berish, 
hasharga borish kabi o‘zbek xalqiga xos odatlarni o‘quvchi-yoshlar ongi va qalbiga 
muntazam ravishda singdirib borishga e’tibor berish etarli. Shuningdek, Nafro‘z 
bayrami, Qovun sayli, Lola sayli va shu kabilar ham o‘quvchi-yoshlarning milliy 
tarbiyasida muhim asoslardan hisoblanadi; 
13.Boshlang‘ich ta’lim uchun ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standartidagi har 
bir sinf yakunida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar 
ta’lim predmetlari bo‘yicha ishlab chiqilganligi va ularning o‘quv dasturlarida o‘z 
aksini topganligi. Bunda mazkur tadqiqot ishining 2.3 - qismidagi har bir fandan 
shakllanishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni e’tiborga olish lozim 
bo‘ladi; 
14.“Ma’naviy soatlari” va ularda ta’lim-tarbiya maqsadlari (ta’limiy, 
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi). Buning uchun quyidagi mos ravishdagi tarbiyaviy 
va rivojlantiruvchi maqsadlarga e’tibor berish kerak bo‘ladi; 
- o‘quvchilarni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash; 
- o‘quvchilarning milliy dunyoqarashini kengaytirish, ularda milliy g‘urur va 
iftixortuyg‘usini rivojlantirish; 
- o‘quvchilarga tozalik – salomatlik garovi ekanlagini uqtirish; 
- o‘quvchilarni “Sog‘ tanda – sog‘lom aql” shioriga amal qilib yashashga 
chaqirish; 
- o‘quvchilarni do‘stlik – birodarlik tuyg‘ulari sofligini saqlash ruhida 


178 
tarbiyalash; 
- o‘quvchilarni do‘stlarga sadoqat ruhida tarbiyalash; 
- o‘quvchilarni maktab qoidalariga qat’iy amal qilishga o‘rgatish; 
- o‘quvchilarning maktab qoidalariga amal qilish ko‘nikmalarini 
shakllantirish; 
- o‘quvchilarni o‘quvchi va murabbiylarga hurmat ruhida tarbiyalash; 
- o‘quvchilarni ustozlar mehnatini qadrlashga o‘rgatish; 
- o‘quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; 
- o‘quvchilarga mehnat – mehnatning tagi rohat ekanligini uqtirish; 
- o‘quvchilarga dehqonlarimizning mashaqqatli mehnatini qadrlashga 
o‘rgatish; 
- o‘quvchilar nimini e’zozlashga o‘rgatish; 
- o‘quvchilarni ona tilimizga hurmat ruhida tarbiyalash; 
- o‘quvchilarni til o‘rganishga da’vat etish; 
- o‘quvchilarda Davlat ramzlariga mos milliy g‘ururni shakllantirish; 
- o‘quvchilar ongiga ertaklarning yaratilishi va ularning mazmun -mohiyati 
hamda ulardan ko‘zlangan maqsadlarni singdirish; 
- o‘quvchilar ertaklardagi salbiy va ijobiy qahramonlar xususiyatlarini 
taqqoslashga o‘rgatish; 
- o‘quvchilarni Qonunlarga hurmat bilan qarash va ularga itoat etish ruhida 
tarbiyalash; 
- o‘quvchilarga Konstitutsiyamiz – baxtimiz qomusi ekanligini uqtirish; 
- o‘quvchilarni o‘zidan yaxshi nom qoldirish ruhida tarbiyalash; 
- o‘quvchilarimizga milliy an’analarimiz yaxshilik ekanligini singdirish; 
- o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; 
- o‘quvchilarni Vatan osoyishtaligini saqlash ruhida tarbiyalash;
- o‘quvchilarga tinchlik va eng oliyne’mat va uni avaylab-asrash kerak 
ekanligini uqtirish; 
- o‘quvchilarni tinchlikni saqlashga harakat qilish ruhida tarbiyalash; 
- o‘quvchilarimizga buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg‘usini singdirish; 


179 
- o‘quvchilardagi Alisher Navoiy siymosida tilga hurmat tuyg‘ularini 
rivojlantirish; 
- o‘quvchilarga ochiq yuzlilik mehmon kutishning birinchi sharti ekanligini 
uqtirish; 
- o‘quvchilarga “Mehmon - otangdek ulug”, degan maqolning mazmun - 
mohiyatini singdirish; 
- o‘quvchilarni barcha onalarga hurmat ruhida tarbiyalash; 
- o‘quvchilarga ayol yaratganning tengsiz mo‘jizasi ekanligini anglatish; 
- o‘quvchilarga “Navro‘z” bayrami kunlarida amalga oshiriladigan xayrli 
tadbirlarga xayrixohlik ruhida tarbiyalash; 
- o‘quvchilarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
- o‘quvchilarga mehnatdan baxt topgan insonlar haqida ma’lumotlar berish va 
ular ongiga mehnatsevarlik insoniylik fazilat ekanligini singdirish; 
- o‘quvchilarga shirinso‘zlik - inson ko‘rki ekanligini uqtirish; 
- o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda maqollar va hikmatlardan 
foydalanishni amalga oshirish; 
- o‘quvchilarni go‘zal xulqli qilib tarbiyalash; 
- o‘quvchilarga o‘zgalarni hurmat qilish, o‘zini hurmat qilish bilan bab- 
baravar ekanligini uqtirish; 
- o‘quvchilarning muomala madaniyati haqidagi tushunchalarini kengaytirish; 
- o‘quvchilar ongiga Xotira muqaddas tuyg‘u ekanligini singdirish; 
- o‘quvchilarni ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va qatag‘on qurbonlarini 
hamisha yodda saqlashga chaqirish; 
- o‘quvchilarni Ona tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash; 
- o‘quvchilarga ekologiyani asrash, inson hayotini asrash demakligini 
uqtirish; 
- o‘quvchilarda kitobga mehr uyg‘otish; 
- o‘quvchilarni kitobni asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga qoldirish ruhida 
tarbiyalash; 
- o‘quvchilarga yoz ta’tilida jismoniy mehnat qilish ham dam olish ekanligini 


180 
uqtirish; 
- o‘quvchilarga, ularning o‘z oilasida tutgan o‘rnini mustahkamlash haqida 
tushunchalar berish va shu kabilar. 
Tarbiyachilar o‘z ish faoliyatlari davomida asosiy e’tiborni doimiy ravishda 
o‘quvchilar tarbiyasi, xulq-atvori, tartib-intizomiga tuzatishlar kiritishlari, ulardagi 
kerakli shaxsiy xislatlar va tabiatlaridagi qirralarni rivojlanti-rishlari, mavjud 
kamchiliklarini bartaraf qilishga qaratishlari lozim. Bunday jaraënni tashkil etishda 
tarbiyachilar pedagogik ta’sirning turli usullaridan foydalanishlari mumkin. 
Pedagogik ta’sir usuli – bu aniq pedagogik holatlarni tashkil qilish usulidan 
iborat bo‘lib, unda ma’lum qonuniyatlar asosida o‘quvchilarning ijobiy ishlarida 
o‘z kamchiliklarini yo‘qotishga undovchi yangi fikrlar va hissiyotlar uyg‘onadi. 
Tarbiya jaraënida zarur pedagogik ta’sir usulni tanlash uchun o‘quvchining 
hissiy holati, harakatining tabiati va sababi oldindan aniqlanishi lozim. Bu, o‘z 
navbatida, ushbu harakatning psixologik tahlili, uning o‘quvchi shaxsiyati bilan 
yaqin aloqasini ko‘rib chiqishni talab qiladi. 
Pedagogik holat tarbiyachining ijodiy fikrlariga binoan yaratiladi. 
Birinchidan, tarbiyachi foydalanishni mo‘ljallagan ta’sir usulini amalga oshirish 
uchun mos sharoitlarni hayolan tanlashi kerak. Ikkinchidan, tarbiyachi o‘zi
mo‘ljallagan ishi va xulqini o‘quvchining harakatiga bo‘lgan munosaba-tiga 
binoan mos ravishda o‘ylab chiqishi lozim. 
Pedagogik ta’sirning har bir usuli o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lib, ular 
ikkita: a) yaratilayotgan pedagogik holatlar xususiyatlari; b) yangi pedagogik 
holatgatalaba (o‘quvchi)larda tug‘iladigan yangi fikrlar, tarbiyaning yangi 
sabablari va shaxsiy kamchiliklarini engib o‘tishga asos bo‘ladigan hissiyotlar 
mazmuni kabi unsurlarning o‘ziga xos birligidan vujudga keladi.
Pedagogik ta’sir usullarini ikkita guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruh usullari o‘quvchini ilhomlantiruvchi ijobiy hissiyotlar asosida 
uning ahloq-odobi, tarbiyasi, tartibiga o‘zgarishlar kiritadi, bular xursandchilik, 
minnatdorlik, tarbiyachiga hurmat, o‘z kuchiga ishonchdan iborat. Ikkinchi guruh 


181 
usullari - uyatchanlik, epsizlik, hafsalasizlik, o‘kinch, xafagarchilik, achinish kabi 
salbiy xislatlarni yo‘qotishga yordam beradigan usullardir. 
Ijodiy faoliyatda nafaqat talaba(o‘quvchi)lar tarbiyaviy ishlarining yaxshi 
natijalariga erishiladi, balki tarbiyachilarni o‘zlarining shaxsiy hissiyotlari ham 
rivojlanadi. Pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullarini qo‘llash jarayonida 
tarbiyachining g‘oyaviyligi, tabiatidagi insonparvarlik, mehribonlik, sezgirlik kabi, 
tabiatning chidamlilik, o‘z-o‘zini boshqara olish, maqsadga intiluvchanlik, 
tezkorlik, tashabbuskorlik kabi hissiy qirralari hamda tabiatining topqirlik, 
ziyraklik, aqliy barkamollik, kuzatuvchanlik kabi iroda qirralari ko‘zga tashlanadi. 
Hozirgi vaqtda o‘qitish va ta’lim berishdagi Integratsiya muammosiga yanada 
kuchli e’tibor qaratilmoqda. Biroq, yuqoridagi fikrlarga tayangan holda aytish 
mumkinki, Integratsiya jarayon sifatida fundamental ilmda ham uning 
shoxobchalarida ham paydo bo‘ldi. Hozirgi vaqtda zamonaviy maktabda 
Integratsiyani pedagogik muammolarni echimini topuvchi, maktabdagi faoliyatni 
yaxshilashga, pedagoglar jamoasini salohiyatini oshiruvchi, ularga ta’sir etishning 
optimal yo‘llarini topishga xizmat qiluvchi omil deb qaralmoqda. 
Integratsiya pedagogik holat sifatida ikkita an’anaga ega: avvalo aytish 
lozimki, ayrim maktab fanlari integrativ xarakterga ega. Ko‘pincha bu fan ichidagi 
Integratsiya darajasi bo‘lib: masalan, savodga o‘rgatish darslari (o‘qishni va 
yozishni o‘rgatish) – o‘sha davrdayoq Integratsiyalashgan dars edi. 
(K.D.Ushinskiy davridayoq bu darslar Integratsiya tarzida olib borilgan)
Shuningdek, maktabdagi adabiyot darsi yagona maqsad asosida amalga oshirilgan. 
Bunda 
o‘zaro 
bog‘langan 
adabiyotni 
o‘rganish, 
o‘qish 
malakasini 
takomillashtirish, ijodiy fikrlash, ijod qilish malakalarini birlashtirishga 
qaratilganligi fikrimizga dalildir. 
Biroq, bugungi kunda maktab predmetlarini birlashtirishga nisbatan yangi 
yondashuv bosqichi boshlandi. Fanlararo bog‘liqlikdan turli bir-biriga yaqin 
bo‘lgan predmetlarni yaqinlashtirish, yaxlit holda Integratsiyalash muammosiga 
murojaat qilinmoqda. 
Ta’limdagi Integratsiyaning mohiyati nima bilan xarakterlanadi? 


182 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling