Pedagogikasi
Хасан ап-Басрий - олим, кавмни А ллох ва Расулининг мухаббатида тутиб турувчи
Download 3.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J
Хасан ап-Басрий - олим, кавмни А ллох ва Расулининг мухаббатида тутиб турувчи,
залолатдан огох этиб, маърифат сари бошлагувчи зот. 88 islom dunyosidagi eng nufuzli m anbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar to ‘plam ining m ualliflari yashab ijod qilganlar. Yana shunisi aham iyatliki, m azkur olti m uhaddisning deyarli ham m asi 0 ‘rta Osiyo xalqlari vakillari bo‘lib, ular Abu A bdulloh M uham m ad ibn Ismoil al- Buxoriy (810-870), Imom M uslim ibn al-Hajjoj (819-874), Abu Iso M uham m ad ibn Iso at-Term iziy (824-892), Im om Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy (817-880), Imom Ahm ad An-N asoiy (830-915), Imom Abu Abdulloh M uham m ad ibn M ojja (824-886) kabi siymolardir. Ushbu m uhaddislarning har biri hadis ilm ining rivojiga salmoqli hissa qo ‘shgan m ashhur olim lar hisoblanadi. Hadis ilmida «Am ir al- m o ‘miniyn» degan sharafli nom ga sazovor b o ig a n Imom al-Buxoriy alohida e ’tiborga molik bo‘lgan buyuk olimdir. U k o ‘plab hadisshunos olim lardan saboq olib, m uhaddislar Abdulloh ibn M uborak va boshqa- lam ing hadis to ‘plam larini t o i i g ‘icha yod olgan. Uning ustozlaridan shayx Doxiliy shogirdining bahslashish m ahoratiga, dalillam i keltirish- dagi izchil m antig‘iga ko‘p m arta qoyil qolgan, tan bergan va olqishla- gan edi. Buxoriy islom m am lakatlarini kezib, jam i 600 ming hadis yozib olgan, shundan 100 m ing sahih va 200 ming g ‘ayri sahih hadisni yod bilar edi. Uning ustozi Imom Axmad al-M arvaziy «Butun Xurosondan M uham m ad ibn Ismoil kabi olim chiqqan emas», - degan edi. Shogirdlaridan biri A m ir ibn Fallos esa «B uxoriyga m a'lum bo'lm agan hadis, albatta, ishonchli hadis em asdur», - deydi. Imom al-Buxoriy avlodlarga boy ilmiy meros qoldirgan, u yozgan asarlar soni 20 dan ortiq bo'lib, «Al-Adab al-M ufrad», «At-Tarix as-S ag‘ir», «Kitob al-Ilal», «Asomi us-sahoba» kabilar shular jum lasidandir. U lardan eng muhimi «A l-Jom e’ as-Sahih» asaridir. A sam ing ahamiyatli tomoni shundaki, Imom al-Buxoriygacha o ‘tgan m uhaddislar o ‘z to ‘plam lariga eshitgan barcha hadislarini tanlab o ‘tirm ay, qatorasiga kiritaverganlar. Imom al- Buxoriy esa turli roviylardan eshitgan hadislarni toifalarga bo'lib, ulam ing ishonchli, y a ’ni sahihlarini ajratib alohida kitob yaratgan. Allom a ibn Sallohning ta ’kidlashicha, al-B uxoriyning bu asariga kiritilgan ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275ta bo ‘lib, takrorlanm aydigan holda esa 4000 hadisdan iborat. Imom Buxoriy nafaqat yirik olim, balki g o ‘zal xulq-atvori, odamoxunligi, m uruvvatliligi, him matliligi va beqiyos sahovatliligi bilan ham barcha- m izga ibratdir. Im om al-Buxoriyning «A l-Jom e’ as-sahih» asarining yozilganiga taxm inan 1200 yil b o ‘ldi, lekin hanuzgacha islom ta ’limotida muhim m anba sifatida yuqori baholanib kelinm oqda. Q uyida shu asardan nam unalar keltiramiz: 89 - Alloh har bir ishda m uloyim likni yaxshi k o ‘radi. - Zolim birodaringga ham, m azlum birodaringga ham yordam qil. Shunda u kishidan so'raydilar: «M azlum ga yordam berish m asalasi tushunarli, am m o zolim ga yordam berishlikni qanday tushunm oq kerak?» Rasullulloh (s.a.v.) javob berdilar: «Zolim ni zulm qilishdan qaytarishing ham unga qilgan yordam ing b o ‘ladi». - Alloh nafratiga eng loyiq kishi odam lar bilan o ‘ta xusum at va adovatda b o ‘lguchi kishilardir. - Kim ki faro von hayot kechiray va dunyoda yaxshi nom qoldiray desa, qarindosh-urug‘lariga m ehribon b o ‘lsin, ularning ahvolidan doim o boxabar b o ‘lib tursin. - Kimki A lloh va oxirat kuniga ishonsa, faqat yaxshi so ‘zlardan gapirsin, aks holda tilni tiyib yursin, sukut saqlasin. - M usulm on kishiga uch kundan ortiq o ‘z birodaridan arazlab, gina saqlab, gaplashm ay-so'rashm ay yurish mum kin em asdur. U lardan qaysi biri birinchi b o ‘lib salom lashsa, o ‘shanisi yaxshirog‘idir. Hadis ilm ining y ana bir m ashhur vakili Imom at-Term iziydir. Term iziy Im om Buxoriy, Im om Muslim, Abu Dovud kabi m ashhur m uhaddislardan hadis ilmi sirlarini o ‘rganadi va ju d a k o ‘p shogirdlam i ham tayyorlaydi. T erm iziyning yozgan asarlari «Kitob al-ilal» («Illatli hadislar to ‘plam i»), «K itob at-tarix» («Tarix kitobi»), «K itob ash- shamoil an-nabaviyya» («P ayg‘am bam ing axloq-odob va sayru suluklari haqida kitob») kabilardir. Shulardan eng mashhuri «Sunan» nom li hadis lar to ‘plam idir. Quyida ushbu asardan hadis nam unalarini keltiram iz: -O dam larga shukur aytm aydigan kishi A llohga ham shukur qilmaydi. -Ik k i narsa borkim , k o ‘pchilik ularning qadriga etm aydi: biri - so g ‘liq, ikkinchi - b o ‘sh vaqt. -C hinakam sabr-toqatli deb m usulmon kishining m usibat yuz bergandagi chidam liligiga aytiladi. -M arh um otasining d o ‘stlari bilan doimo m uloqotda b o ‘lib turish - eng olijanob ishlardandir. -Q arindosh-urugM ar bilan aloqani uzgan kishi jannatga doxil bo‘Imas. -O dam larga xayrixohliging bu sening sadaqang. Xayrli va yaxshi ishlar qilishga d a ’vat etishing va zulm dan qaytarishing - sening sada qang. A dashgan kishilarga to ‘g ‘ri y o ‘l ko'rsatishing ham - sadaqa. Hatto kam bag'allarga xushm uom alada b o ‘lishing ham - sening sadaqang. Yerda halaqit berib yotgan biror toshni bir chekkaga olib q o ‘yishing 90 ham - sadaqa. 0 ‘z chelagingdagi suvdan boshqalarga berish ham sening sadaqang hisoblanadi. -K im g a oliyhim m atlilik berilgan bo‘lsa, unga ham m a narsa berilgan hisoblanadi. Kim ga u berilm agan b o ‘lsa, unga hech narsa berilm agan b o ‘ladi. Shu o ‘rinda Hazrat Ali (r.a.) nasihatlari va hikm atlaridan nam unalar keltirishni jo iz deb topdik, zéro: har bir m o ‘min kishi hikm at o'rganishga, uning m ag‘zini chaqishga intilishi kerak: -O d o b u lug'vor kiyim-kechak b o is a , fikr tip-tiniq oynakdur. -K im ki kerilib, o ‘zidan m am nunu - m ag‘rur boMib yursa, u o ‘ziga nisbatan boshqalar nafratini ko‘paytiradi. -D ushm aningdan ustun kelsang, uning gunohini kechir, so'ng ra shunday b o ig a n ig a shukur ham qilgin. Sening kechirganing xudoga shukrona bildirganing b o ‘ladi. - 0 ‘ziga d o ‘st topolm agan kishi odam larning eng ojizi sanaladi, bundan ham ojizrog‘i esa oldiniga birorta d o ‘st topadi-yu, keyiniga uni ham y o ‘qotib q o ‘yadi. -Ishonch to ‘rtga bo‘linadi: ziyraklik, hikm atning farqiga borish, bir narsadan ibrat ola bilish, o ‘tm ish donishm andlarining aytganini bajo keltirish. -S ahovatli bo ‘l, lekin isro f qilma, andoza bilan b o ‘l, lekin baxil b o ‘lma. - Yaxshi juftlik bir-biridan rizo kishilardan b o ‘ladi. -E n g z o ‘r boylik - aql, eng katta kam bag‘allik - axmoqlikdir. Eng dahshatli narsa - m anm anlik, eng yaxshi narsa - xushxulqlikdir. Eng yaxshi kishi yaxshi xulq sohibidir. -A q lli kishining tili yuragining ortida b o ‘ladi, axm oqning yuragi tilining orqasida boMadi. -Jo h il kishi yo o ‘ta serharakat bo ‘ladi, yo boMmasa harakatining ketini o ‘ylam aydigan b o ‘ladi. -K im ki odam lar ustidan hukm yuritishga jazm qilar ekan, barcha narsadan oldin u o ‘zini o ‘sha ishga o ‘rgatsin, tilidan oldin siyrati, maslagi u lu g 'v o r boMsin. -U c h narsa halokatga eltadi: baxillik, nafs istagi va xudbinlik. -E h so n qilsang, kerilib bajo keltirma, uni doim o kamtarona, uzr bayon etib qil. - Doim o yaxshilikka intil, albatta uni topmay q o ‘ymaysan. -K ishining eslanishiga uning bilim m a’rifati, aqlu-zakovati sabab b o ‘ladi. 91 -Q a ri nodon kishidan k o ‘ra dono yosh bola yaxshi. -D il quvvati - iym onning salom atligidandur. -D ushm an nasihatidan uzoq b o ‘lganingga shukur qil. - Ilm -fandan so ‘z b o ‘ladigan joy jannat bog ‘laridan sanaladi. - Y um shoq so ‘z k o ‘ngil rishtasidir. «A vesto» ta ’limoti, Q u r’oni Karim saboqlari, buyuk hadisshunoslar m erosi o ‘zbek xalq pedagogikasida o 'z ig a xos o 'rin egallagan. Ushbu m eros orqali o ‘zbek xalqi o ‘z farzandlarini aqlan yetuk, jism onan baquvvat, axloqan pok qilib tarbiyalashga intilgan. Ana shunday ta ’lirn- tarbiya natijasida yosh avlod teran fikrli, olijanob fazilatli, aql-idrokli, yuksak m adaniyatli barkam ol shaxs b o ‘lib voyaga yetm oqda. Shu o ‘rinda yosh avlodni diniy ta ’lim otlar asosida tarbiyalashga salbiy ta ’sir etuvchi turli diniy oqim lar, diniy ekstrem izm , m issionerlik, fanatizm kabi q o ‘poruvchi illatlarning zararli oqibatlarini tushuntirishim iz, buning uchun diniy ta ’limotlarni asosli tarzda to ‘g 'ri tushuntirish zarurligini aytib o ‘tish joizdir. B uning uchun turli diniy oqim lardan farzandlari- m izni asrashim iz, ularni hushyor va ziyraklikka chaqirishim iz, tahdidlar m ohiyatini hayotiy m isollar bilan to ‘g ‘ri tushuntirishim iz, bunda esa xalq pedagogikasining barcha im koniyatlaridan, xususan, diniy ta ’lim otlardan oqilona foydalanishim iz lozim b o ‘ladi. 0 ‘zbek xalqining islom m adaniyati rivojiga q o ‘shgan beqiyos hissasining yuksak e ’tirofi sifatida ta ’lim, fan va m adaniyat m asalalari b o ‘yicha islom tashkiloti - A Y SESK O tom onidan 2007 yil Toshkent shahri «Islom m adaniyati poytaxti» deb e ’lon qilindi. M am lakatim iz hayotidagi bu ulkan m adaniy-m a’naviy voqea haqida yurtboshim iz shunday deydi: «Bugungi kunda islom diniga nisbatan butun dunyoda qiziqish va intilish kuchayib, uning hayrixoli va tarafdorlari k o ‘payib borayotgani hech kim ga sir emas. Buning asosiy sababi - birinchi galda m uqaddas dinim izning haqqoniyligi va pokligi, insonparvarligi va bag‘rikengligi, odam zotni doim o yaxshilik va ezgulikka chorlashi, hayot sinovlarida o ‘zini oqlagan qadriyat va a n ’analam i ajdodlardan avlodlar- ga etkazishdagi buyuk o ‘mi va ahamiyati bilan bogMiq. Ayni paytda bu holat dinim izning um um bashariy m adaniyat va sivilizatsiya, ilmu fan rivojiga q o ‘shgan buyuk hissasi bilan ham izohlanadi». Dem ak, yuksak axloqiy andozalarni o ‘zida m ujassam lashtirgan islom dini m a ’rifat, m a’naviyat, tinchlik, g o'zal xulq-odob ifodachisi sifatida xalq pedagogikasining muhim m anbai, ajralm as bir b o ‘lagi b o ‘lib qolaveradi. 92 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling