Pedagogning kommunnkativ ko‘nikmalarini rivojlantirish reja: Kommunikativ ko‘nikma-muloqot haqida tushuncha


Muloqotning psixologik vositalari


Download 0.94 Mb.
bet3/14
Sana29.10.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1732866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
PYeEfKok1BXVx1mzQNwjvrZn6fA9kAcHV5strFmS

Muloqotning psixologik vositalari. Odamlar bir-birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‘zlagan maqsadlaridan biri – o‘zaro bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish, ya’ni fikr-g‘oyalariga ko‘ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o‘zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir.
Kishilar muloqotga kirishar ekan, savol berish, buyruq, iltimos qilish, biror narsani tushuntirish bilan birga o‘z oldiga boshqalarga ta’sir etish, shu narsani ularga tushuntirish maqsadini qo‘yadi.
Muloqotning maqsadi kishilarning birgalikdagi faoliyatiga ehtiyojini aks ettiradi. Bunda muloqot shaxslararo o‘zaro ta’siri sifatida namoyon bo‘ladi, ya’ni kishilarning birgalikdagi faoliyati jarayonida paydo bo‘luvchi aloqa va o‘zaro ta’sirlar yig‘indisidir. Birgalikdagi faoliyat va muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida ro‘y beradi. Jamiyat ijtimoiy normalar sifatida maxsus hulq-atvor namunalari tuzilishini ishlab chiqqan. Ijtimoiy meyorlar ko‘lami nihoyat keng – mehnat intizomi harbiy burch va vatanparvarlik, xushmuomalalik qoidalari ana shular jumlasidandir. Ijtimoiy psixologiya nuqtai nazaridan muloqotga kirishuvchilar bajaradigan rolning “repertuar”iga mos holda namoyon bo‘ladi.
Muloqatni uzoq davom etishida ziddiyatli xolatlar tez-tez uchrab turadi. Har qanday muloqotning biron-bir maqsadi bo‘ladi. Muloqotga kirishgan xar bir shaxs, muloqotning yakuniy xolatiga qarab turlicha, xulosa chiqarishi mumkin. Muloqat jarayonida obektining maxsus tomonlarini bog‘ligi xam muhum hisoblanadi. Shuni aytish joyizki, ko‘p xollarda bunday shaxslar jamiyatdagi axloqsiz, odobsiz va vijdonsiz kishilardir. Muloqot jarayonida har hil psixologik to‘siqlar mavjud. Ko‘proq ular sun’iy ravishda vujudga keldi.
Motivatsion to‘siqlar shaxslarning muloqotga kirishidan bosh tortishi, muomalani to‘g‘ri, aniq ko‘rinishda olib borilishini xoxlamasligi jarayonida namoyon bo‘ladi.
Aqliy to‘siqlar shaxsni xodimga nisbatan bilim doirasining kengligi, mantiqiy fikrlashining chuqurligi va huquqiy savodxonligi mazmunan boy bo‘lgan taqdirda amalga oshadi.


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling