3.6-rasm. Kamuflet qoziq o‘rnatish chizmasi:
1-quvir; 2-portlovchi modda 3-simlar; 4-suyuq beton; 5-kamuflet kengaytirilgan qism
Temir-beton qoziqlar so‘nggi yillarda poydevor sifatida keng qollanilmoqda. Buning asosiy sababi ularni korxona sharoitida yasalib, tayyor holda ishlatilishidir.
Shu bilan birga temir-beton qoziqlardan sizot suvlari sathidan qat’iy nazar foydalanish mumkin.
Temir-beton qoziqlar ko‘ndalang qirqimi bo‘yicha kvadrat, ko‘pburchak va yumaloq shaklda tayyorlanadi. Ularni tayyorlashda 200-300 navli betondan foydalaniladi. Bo‘ylama temir o‘zaklar asosiy ishni bajaradi, ko‘ndalanglari esa umumiy muvozanatni saqlashga xizmat qiladi.
Temir-beton qoziqlar yahlit va g‘ovak holatda yasalishi mumkin
Yaxlit qoziqlarning o‘lchami 400x400 mm bo‘lib, o‘zagi 100 mm li 4 dona bo‘ylama va ko‘ndalang temir halqachadan tashkil topadi.
Qurilish amaliyotida ko‘ndalang qirqimi 200x200 mm bo‘lgan qoziqlardan ham foydalanish hollari uchrab turadi. Temir-beton qoziqlarning uzunligi 5-20 m oraligida bo‘lishi mumkin.
3.7-rasm. Temir-beton qoziqlar: a-yahlit; b- g‘ovak
Hozirgi kunda oldindan zo‘riqtirilgan o‘zakli temir-beton qoziqlardan ham foydalanish rivojlanib bormoqda. Mazkur qoziqlarga temir kamroq sarflanish bilan birga ular yorilishga ancha chidamlidirlar.
Shuni eslatib o‘tish lozimki, qoziqlardagi o‘zaklar ularni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish va gurzi yordamida qoqish jarayonida mustahkamligini ta’minlaydi. Ammo qoziqni poydevor sifatida ishlashida, ayniqsa, markaziy yuk ta’sirida ular mutlaq ortiqchadir.
Temir-beton qoziqlar qoqib kiritish, suv yordamida titratish va burash usullari yordamida gruntga o‘rnatiladi. Gurzi bilan qoqish jarayonida qoziqning ustki qismi pachoqlanmasligi uchun maxsus boshmoq kiydiriladi.
Quvir shaklidagi temir-beton qoziqlarning (3.7-rasm, b) ko‘ndalang qirqimi 0,3-2,0 m oralig‘ida o‘zgaradi. Ular alohida bo‘laklardan yasalib, o‘rnatilish jarayonida ustma-ust payvandlab uzaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |