Peja: L. Umumiy ma’lumotlar
-rasm. Suv yordamida qoziq o‘rnatish
Download 1.67 Mb.
|
5-6-Mavzu. Qoziqli poydevorlar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Titratib qoziq qoqish
3.9-rasm. Suv yordamida qoziq o‘rnatish:
1-suv yuboriladigan quvur; 2-qoziq; 3-4-bosim ostida suv yuborgichlar; 5-nasos; 6-suv xavzasi. - qoziq qoqish jarayoni cho‘kishning o‘zgarmas miqdori yuzaga kelgunga qadar davom ettiriladi. To‘xtam deb nomlanuvchi bunday miqdor loyihada ko‘rsatilgan boladi. Suv yordamida qoziq o‘rnatisli, asosan, sochiluvchan (qum, tosh, shag‘al v. b.) grunglarda qo‘llaniladi. Sochiluvchan gruntlarning xususiyatidan kelib chiqib, qoziq qoqish jarayonida ularga bosim ostida suv yuborib turilsa, qoziqning ostga tomon siljishi birmuncha yengillashadi. Ma’lumki, bosimli suv ta’sirida sochiluvchan gruntlardagi ishqalanish kuchi oson buzilib gruntni quyqalanish holatga olib keladi. Bunda 35-75 mm o‘lchamli quvurlar orqali suv 5-25 atm bosim ostida yuboriladi (3.9- rasm). Ushbu holatda grunt to‘la namlanib quyqalanishi oqibatida qoziqni o‘z og‘irligi ta’sirida cho‘kishi kuzatiladi. Suv yuborish to‘xtatilgandan so‘ng, gruntning ichki ishqalanish kuchlari tezda tiklanadi. Shuni aytish lozimki, atrofida imoratlar va yer osti inshootlari bo‘lgan maydonlarda bu usulni qo‘llab bo‘lmaydi, chunki bosim ostida yuborilgan suv foydalanishdagi inshootlar ostiga siljib, ularni qo‘shimcha cho‘kishga olib kelishi mumkin. Titratib qoziq qoqish usulini prof. Barkan D. D amaliyotga tadbiq etgan. Ushbu usul o‘zining samaradorligi jihatidan boshqa usullardan farqlanadi. Bunda ustki qismiga titratgich mahkamlangan qoziq o‘z o‘g‘irligi ta’sirida ostga qarab tezlik bilan harakatga keladi (3.10-rasm). Titrash jarayonida grunt zarralariaro bog‘lanish kuchi kamayishi (ba’zi hollarda butunlay yo‘qolishi) natijasida gruntning qoziqqa nisbatan umumiy qarshiligi yo‘qoladi. Bu esa, o‘z navbatida. qoziqning o‘z og‘irligi ta ‘sirida grunt bo‘ylab oson siljishiga olib keiadi. Ushbu usulni qumli gruntlarda qo‘llash yahshi samara berishi amalda e’tirof etilgan. So‘nggi yillarda loyli qumlar va qumli loylarda qoziq o‘rnatishda ham ushbu usuldan foydalanilmoqda. Bunda minutiga 400-600 marta titratish yuqori natijaga olib keladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling