Peja: L. Umumiy ma’lumotlar


Download 1.67 Mb.
bet5/10
Sana03.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1322618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-6-Mavzu. Qoziqli poydevorlar (1)

Ternir qoziqlar sifatida asosan quvirdan foydalaniladi. Ular temirbeton qoziqlar kabi urib, suv yordamida titratib, yoki burab kiritish usullari yordamida o‘rnatiladi. Burab o‘rnatiluvchi qoziqlarning ostki qismiga maxsus parrakchalar kiygiziladi.
Temir qoziqni o‘rnatish jarayonida ichiga kirib qolgan grunt olib tashlanib, o‘rni beton bilan toidiriladi.
3.3 Qoziqli poydevorlarni o‘rnatish
Yuqorida ma’lum qilganimizdek, qoziqlar bir necha usullar orqali o‘rnatilib. ular ichida gurzi yordamida qoqish usuli eng ko‘p tarqalgan.
Bunda kopyor deb nomlanuvchi maxsus uskuna yoki osma qanotli oddiy ko‘targichlardan foydalaniladi.
Kopyor uskunasining zarba kuchi yuqori bo‘lishiga qaramay, uni tiklash ishlari murakkab va ish jarayoni sust bo‘lgani bois amalda ular kam qo‘llaniladi.
Ammo ko‘p xajmli og‘ir qoziqlarni o‘rnatishda ulardan foydalanish maqsadga muvofiqligicha qoladi.
Osma qanotli ko‘chma ko‘targichlarning tez va yengil harakat qilishi ularni amalda keng miqyosda qo‘llashga imkon beradi. Ikkala holda ham asosiy kuch sifatida gurzilardan foydalaniladi, Gurzilar tuzilishi, og‘irligi va zarba kuchi bo‘yicha farqlanadi. Ularning osma, bosimli havo va yoqilg‘i yordamida ishlovchi turlari mavjud.
Osma gurzilar asosan cho‘yandan yasalib, vazni 400-1000 kg atrofida o‘zgaradi. Ular maxsus moslama yordamida qoziq ustidan ko‘tarib tushiriladi
(3.8-rasm).
Osma gurzilar yordamida kichik xajmdagi nisbatan yengil qosiq o‘rnatishga oid ishlar bajariladi.
Bosimli havo yordamida ishlovchi gurzilar harakati uchun 6-8 atm. bosimli
siqilgan havo sarflanadi.
Mazkur gurzilar turli shaklda yasalib, vazni 400-10000 kg.

3.8-rasm. Osma gurzi
1-yo‘g‘on sim; 2-gurzi tashlovchi moslama; 3-qanot; 4-tutqich; 5-gurzi; 6-surgich
Yoqilg‘i yordamida ishlovchi gurzilarning vazni esa 800-3500 kg bo‘lib, qoziq qoqishda uning 450-1800 kg qismi sarflanadi.
Ushbu usul yordamida qoziq qoqish jarayoni quyidagi tartibda olib boriladi:
- kopyor, yoki ko‘targich qoziq qoqiladigan joyga o‘rnatiladi;
- gurzi yuqoriga ko‘tarilib qo‘yiladi; loyihada belgilangan joyda navbatdagi qoziq tiklanib, qo‘zg‘oluvchan holatda mahkamlanadi.
- to‘g‘ri o‘rnatilganligini tekshirish maqsadida gurzi qoziq tepasiga asta tushirib ko‘riladi;
- shundan so‘ng qoziqqa maxsus bo‘shliq kiygizilib, avval yengil, so‘ng esa og‘ir kuch bilan loyihada belgilangan chuqurlikka yetguncha qoqish davom ettiriladi;
- qoziq o‘rnatish jurayoni ketma-ket bosqichlarda olib boriladi. Har bosqichdan so‘ng tanaffus berilib (osma gurzilarda - 20-30 min, bosimli havoda ishlovchi gurzilarda – 10-20 min. va yoqilg‘i yordamida ishlovchilarda esa - 5-10 min), bu vaqtda qoziqning chuqurlashuvi o‘lchab boriladi;


Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling