Peja: L. Umumiy ma’lumotlar
-4-rasm. Yog‘och qoziq qurilmasi
Download 1.67 Mb.
|
5-6-Mavzu. Qoziqli poydevorlar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.5-rasm A. E. Straus qozig‘i a-o‘rnatish jarayoni: b-tayyor qoziq; 1-quvir; 2-gurzi; 3-beton. Yuk ko‘tarish qobiliyatini yanada oshirish maqsadida kamuflet qoziq
3-4-rasm. Yog‘och qoziq qurilmasi
Shu bilan birga o‘zgaruvchan namlik sharoitda ularning tez chirishi bois foydalanish muddatining qisqarishi, yuk ko‘tarish qobiliyatining nisbatan kamligi va yog‘och ashyosining kamyobligi ularni qo‘llash darajasini cheklaydi. Beton qoziqlar qurilish maydonining loyihada belgilangan sathlarida quyma holda tayyorlanadi. Buning uchun ma’lum nuqtalarda qoqish, bosib kiritish yoki burg‘ilash usullaridan biri yordamida chuqurlar kavlanadi. So‘ng bu chuqurlar shibbalash yordamida beton bilan toidiriladi. Beton qoziqlarni dastlab 1899 yilda rus muhandisi Straus A. E. amalda qo‘llagan. U taklif etgan usul bo‘yicha burgilash jarayonida gruntga yahlit quvir tushiriladi. Ma’lum chuqurlikka yetgach, quvirning ichki bo‘shlig‘i oz-ozdan beton qatlami bilan to‘ldiriladi va quvir astasekin sug‘urib olinadi. Beton qatlamining qalinligi 1,0-1,5m atrofida bo‘ladi. Quvir ichiga beton yuborishdan oldin undagi suvni so‘rib olish lozim. Quvirni sug‘urib olish jarayonida undagi beton chuqurni to‘ldirib boradi. Bunda grunt qancha bo‘sh bo‘lsa, beton yotqiziqlari shuncha kengroq joyni egallaydi (3.5-rasm). Quvirni sug‘urish jarayonida uning ichki bo‘shlig‘ida beton bo‘lishiga ahamiyat bermoq darkor. Aks holda bo‘shliqqa grunt tushib qolib, betonlash sifatini va qoziqning yuk ko‘tarish qobiliyatini pasaytirishi mumkin. Beton qoziqlar ichida duvriy shibbalash usuli yordamida o‘rnatiluvchi turlari ham keng tarqalgan. Bunda maxsus cho‘yandan yasalgan uchli quvirlarni urib kiritish yordamida chuqurlar kavlanadi. Belgilangan sathga yetgach. quvirning ichiga kichik qatlamlab beton toidiriladi. Quyilgan beton gurzilar yordamida shibbalanadi va bu jarayonda quvir asta-sekinlik bilan tortib olinadi. Davriy shibbalash usulida o‘rnatilgan beton qoziqlarning yuk ko‘tarish qobiliyati ancha vuqori bo‘ladi. 3.5-rasm A. E. Straus qozig‘i a-o‘rnatish jarayoni: b-tayyor qoziq; 1-quvir; 2-gurzi; 3-beton. Yuk ko‘tarish qobiliyatini yanada oshirish maqsadida kamuflet qoziq deb yuritiluvchi, tag qismi kengaygan qoziqlar o‘rnatish ham so‘nggi vaqtda rivojlanib ketdi. Bunday qoziqlar o‘rnatishda quvirning ostki qismiga portlovchi modda joylashtiriladi. So‘ng quvir ichi suyuq beton bilan toidkrilgach portlatish amalga oshiriladi. Portlash natijasida ajraluvchi gaz bosimi ta’sirida quvirning ostki qismidagi gruntda doirasimon bo‘shliq hosil bo‘ladi (11.6-rasm). Natijada bo‘shliq beton bilan to‘lib ostki qismi kengaygan qoziq shakli hosil qiladi. Beton qoziqlarning afzalligi shundaki, ularni tayyorlashda gruntning muvozanat holati saqlanib, yon atrofdagi binolarga dinamik ta’sir etmaydi. Sbu bilan birga ularni o‘rnatish vaqtida sifatini kuzatish imkoni cheklangan bo‘lib, ba’zan betonning qotishi jarayonida sizot suvlari zararli ta’sir etish hollari ham uchrab turadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling