Передняя сторона обложки


Download 2.19 Mb.
bet2/6
Sana28.10.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1732047
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jahon iqtisod 2


Hozirgi paytda eksport bojlari ancha kam qo’llaniladi. Ulardan deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar voj kechishgan, chunki ularni joriy qilish jahon bozoridagi keskin raqobat sharoitda eksportning qimmatlashishiga olib keladi.
Tranzit bojlar mamlakat hududini kesib o’tuvchi tovarlardan olinadi va tranzit yig’imlar ko’rinishiga ega.
Bojxona bojiga tortishning ikkita asosiy usuli mavjud:
Maxsus, bunda boj miqdori tovarning og’irligi, hajmi miqdori birligidan belgilangan summa sifatida o’rnatiladi.
Advalor (lot. — ad valorem — qiymatdan), bunda bojxona boji sotuvchi tomonidan qayd etilgan tovar qiymatidan foiz ko’rinishida aniqlanadi.
Bundan tashkari tashki savdo amaliyotida bojlarni xisoblashning kombinatsion usuli mavjud. Uning mohiyati shundan iboratki, maьlum bir bojxona tashkiloti vaziyatdan kelib chiqqan xolda maxsus va advalor orasidagi usulni mustaqil ravishda tanlash huquqiga ega bo’ladilar.
Bojxona boji o’rnatishning u yoki bu usulini tanlash tovar guruhi tabiatiga bog’liq Xomashyo tovarlariga odatda birinchi usul qo’llaniladi, eksport bojlariga kelsak, ular ham odatda maxsus usuldan foydalangan xolda o’rnatiladi. Advalor usuldan foydalanish bo’lsa, mashinasozlik mahsulotlari va butlovchi kismlar, ya’ni yukori darajada differentsiatsiyaga ega buyumlar importida qulay xisoblanadi. Hozirgi paytda bu usul hissasiga barcha bojxona yig’imlarining 80 foizidan ko’progi to’g’ri keladi. Savdo aloqalaridagi mamlakatlar bir-biri bilan turli shartnoma munosabatlarida bo’lganligi uchun import bojlari: preferentsial (maxsus imtiyozli) boj, shartnomaviy (minimal) boj va asosiy (jahon bozori uchun maksimal darajada mumkin bulgan) bojlar bo’lishi mumkin.

Задняя сторона обложки


Import bojining milliy iqtisodiyotga ta’siri.
Rasimda import bojining kichik iqtisodiyot (ichki narx jahon narxiga ta’sir ko’rsata olmaydigan iqtisodiyot)ga ta’sirini baholashimiz mumkin. Savdo boshlanmasdan oldin, mamlakatda 100 ta tovar ishlab chiqarilyapti va iste’mol qilinyapti, muvozanat narxi 8 dollarga teng (talab va taklif chiziqlari E nuqtada keshishgan). Agar tovarning jahon narxi ichki narxdan past bo’lsa, mamlakatga jahon narxida (5 dollar) 120 ta tovar kirib keladi, ichki narx jahon narxi darajasigacha tushib ketadi. Buning natijasida milliy ishlab chiqaruvchilar faqatgina 40 ta tovar taklif qiladi, iste’mol esa 160 taga yetadi. Milliy ishlab chiqaruvchilarni himoyalash maqsadida hukumat 2 dollar miqdorida bojxona boji joriy qilsa, eksportyorlar o’z tovarini 7 dollardan sotishga majbur bo’ladi va ichki bozordagi narx ko’tariladi. Buning natijasida ichki ishlab chiqarish 80 ta tovarni tashkil qiladi, import esa 40 tagacha qisqaradi. Iste’molchilar jami 120 ta tovar sotib oladi. Bojxona boji o’rnatilishi natijasida milliy ishlab chiqaruvchilar a trapetsiyaning yuziga teng bo’lgan qo’shimcha foyda ko’radi. C to’g’ri to’rtburchakning yuziga teng bo’lgan summa bojxona boji sifatida davlat byudjetiga tushadi.

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling