Передняя сторона обложки
Yashirin protektsionizm ko’rinishlari
Download 2.19 Mb.
|
Jahon iqtisod 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savdo siyosatining moliyaviy usullari: Subsidiyalar
- Savdo siyosatining moliyaviy usullari: Eksport kreditlari
Yashirin protektsionizm ko’rinishlari
Jahon amaliyotida tashqi savdoni tartibga solishning notarif usullari ichida miqdoriy va moliyaviy usullardan tashqari yashirin protektsionizm usullaridan foydalaniladi. Yashirin protektsionizm usullari mohiyati jihatdan markaziy hukumat va hatto mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tashqi savdo yo’liga bojxona tabiatiga ega bo’lmagan turli tuman to’siqlarni o’rnatishini anglatadi. Yashirin protektsionizm usullarining ko’pchiligi xalqaro savdo muvofiqlashtirilgan tamoyillarini buzishning yaqqol namunasidir. Alohida mamlakat import yoki eksportni bir tomonlama chegaralashida foydalanadigan yashirin protektsionizm usullarining yuzdan oshiq turi mavjud. Bu usullarni to’rtta katta guruhga ajratish mumkin: Texnik to’siqlar; Ichki soliqlar va yig’imlar; Davlat xaridlari doirasidagi siyosat; Mahalliy komponentlarning tovar tarkibida bo’lishligiga talablar. Savdo siyosatining moliyaviy usullari: Subsidiyalar Litsenziyalashga qo’shimcha ravishda, davlat milliy tovar ishlab chiqaruvchilarni bevosita va bilvosita subsidiyalar tizimi, ya’ni mamlakat byudjetidan ayrim korxonalarga va mahalliy hokimiyat organlariga dotatsiyalar berish orqali rag’batlantirishi mumkin. Bundan maqsad arzon import tovarlari raqobatidan himoya qilish, eng asosiysi - milliy sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini xorijga eksport qilishni rag’batlantirishdan iborat. Bu vaziyatda bevosita subsidiyalar pul ko’rinishidagi mablag’ni, bilvosita subsidiyalar esa imtiyozli shartlarda kreditlash, soliqqa tortish, xavfxatarni sug’urtalash bo’yicha davlat tomonidan kafolatlash, davlat xazinasi hisobidan eksport qilinadigan tovarlarni tashqi bozorlarda reklama qilish kabilarni nazarda tutadi Savdo siyosatining moliyaviy usullari: Eksport kreditlari Eksport kreditlari tashqi savdo siyosatining moliyaviy usuli bo’lib, u milliy firmalar eksporti rivojlanishini davlat tomondan moliyaviy rag’batlantirishni nazarda tutadi. Eksport kreditlari quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin: • Milliy eksportyorlarga subsidiyalashgan kreditlar — davlat banklari tomonidan bozor stavkasidan past stavkada kreditlar berilishi; • Xorijiy importyorlarga davlat kreditlarini berilishi, ya’ni kredit bergan mamlakat tovarini sotib olish sharti bilan; • Milliy eksportyorlarni eksport risklaridan sug’urtalash. Eksport kreditlari: qisqa muddatli, o’rta muddatli va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. Eksport kreditlari bo’yicha eng yirik uyushmalardan biri Eksport krediti guruhi – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida eksportni kreditlash bo’yicha hukumat va agentliklar vakillari guruhi hisoblandi. Bu guruh 2 yil va undan ortiq muddatli eksport kreditlarini tartibga soladi. Ikkinchi yirik tashkilot Bern ittifoqi, ya’ni kreditlar va investitsiyalarni sug’urtalash bo’yicha xalqaro ittifoqdir. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling