Передняя сторона обложки


Tashqi savdoni tartibga solishning notarif usullari


Download 2.19 Mb.
bet4/6
Sana28.10.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1732047
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jahon iqtisod 2

Tashqi savdoni tartibga solishning notarif usullari


Jahondagi mamlakatlar va hududlar bo’yicha statistik axborotlar taxdili shuni kursatadiki, tashki savdoni davlat tomonidan boshkarish tarifli va notarif usullarning kombinatsiyasi yordamida amalga oshiriladi. Tarifli usullarning mavqei keyingi paytda pasayib bormokda, bu esa Umumjahon savdo tashkiloti tomonidan a’zo-mamlakatlar oldiga kuyilgan strategik vazifa, ya’ni ular orasidagi o’zaro tovar ayirboshlashda tarifli cheklashlarni boskichma-boskich bartaraf etish vazifasi bilan bog’lik.
Notarif ta’sir kilish vositalariga kvotalash, litsenziyalash, eksportni subsidiyalash, demping, kartel bitimlar va mamlakatlar o’rtasida tovar oqimlari yo’lida texnik to’siqlarni yaratish kabilar kiritiladi.

Litsenzyalash


Kvotalash jarayoni (boshqacha qilib aytganda, kontingentlash), odatda, litsenziyalash, ya’ni maxsus ro’yxatga kiritilgan resurslar va mahsulotlar bilan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishga vakolatga ega bo’lgan davlat tashkilotlari (vazirliklar va mahkamalar) tomonidan ruxsat berish bilan birgalikda kuzatiladi.
Ko’pchilik davlatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatni litsenziyalashni joriy qilish xalqaro huquqiy aktlarga asoslanadi, ularning ichida eng asosiysi 1947 yilda imzolangan Savdo va tariflar bo’yicha Bosh bitim (GATT) hisoblanadi. Keyinchalik GATT doirasida ba’zi bir boshqa shartnomalar imzolangan.
Litsenziyalarni joylashtirishning asosiy usullariga quyidagilarni kiritish mumkin:
 Ochiq konkurs — bunda maksimal narx taklif qilgan firma litsenziyaga ega bo’ladi;
 yaqqol afzallik tizimi - bunda davlat ana shu sohadagi eng obro’li kompaniyalarga litsenziya beradi;
 harajatlar usuli - bu raqobatchilariga nisbatan kattaroq ishlab chiqarish quvvatlariga va boshqa resurslarga ega korxonalarga litsenziya berishni anglatadi.
«Ko’ngilli» eksport cheklashlari
Mutaxassislarning fikricha, eksport kvotalarining muhim turlaridan biri ko’ngilli eksport cheklashlari (Chek) hisoblanadi. Chek holatida eksportyordavlat «ko’ngilli» ravishda boshqa mamlakatga olib chiqadigan mahsuloti hajmini chegaralaydi va hamkor taziyqi ostida minimal import narxlarini o’rnatadi. Bunday amaliyot AQSH va Yevropa Ittifoqida Yaponiya tovarlari (avtomobillar, elektronika, po’lat)ga nisbatan keng qo’llaniladi. Hozirgi paytda jahonda bunday turdagi 100 dan ortiq bitimlar imzolangan, biroq UST a’zo-mamlakatlar oldiga ular o’rtasidagi savdoda XXI asr boshlariga kelib Chekni umumiy bekor qilish vazifasini qo’ymoqda.

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling