Передняя сторона обложки
Tarifning katta mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri
Download 2.19 Mb.
|
Jahon iqtisod 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarifli boshqaruvning afzallik va kamchiliklari
Tarifning katta mamlakat iqtisodiyotiga ta’siriKatta mamlakat uchun import tarifi faqatgina ichki ishlab chiqarishni himoyalash emas, balki tashqi dunyo bilan savdo shartini yaxshilab olish vositasi hamdir. Darhaqiqat, katta mamlakat importni qisqartirsa, bu mamlakat ana shu tovarning asosiy xaridori bo’lganligi sababli eksportyor mamlakat ushbu tovar narxini pasaytirishga majbur bo’ladi. Eksport tovarlari narxi o’zgarmagan holda import tovarlar narxining pasayishi importyor mamlakat uchun savdo shartining yaxshilanishiga olib keladi. lekin katta iqtisodiyotli mamlakat ham import bojini joriy qilishdan sof foyda ko’rmasligi mumkin. Eksport tarifi-Eksport bojlari eksport tovarlari mamlakat chegarasidan chiqib ketayotganda olinadigan majburiy to’lovdir. Tarif kvotasi — o’zgaruvchan bojxona boji ko’rinishi bo’lib, boj stavkasi miqdori import qilinadigan tovar hajmiga bog’liq bo’ladi: ma’lum chegaradagi importga pastroq miqdordagi boj, bu chegaradan oshib ketganda yuqoriroq boj o’rnatiladi. Tarifli boshqaruvning afzallik va kamchiliklariTIF sohasidan cheklashlar siyosatini keng ko’lamda va faol amalga oshirish davlatga qisqa muddatda muvaffaqiyat olib kelishi mumkin. Bu yutuqlarni quyidagi jihatlar bilan bog’lash mumkin: milliy korxonalarda ishlab chiqarish hajmining ortishi, boj, soliq, yig’imlar hisobiga byudjet daromadining ko’payishi, iqtisodiy xavfsizlik va mudofaa qobiliyatining ta’minlanishi. Tarif tizimining afzalliklari: . Yangi tashkil etilgan korxonalarning xorijiy raqobatdan ximoyalanishi; . Raqobatbardosh bo'lmagan «eski» sohalarni qo'llab-quvvatlash; . Raqobatning boshqa nohalol usullari bilan kurashish; . Jahon bozor kon'yunkturasidagi tebranishlarning milliy iqtisodiyotga ta'sirini kamaytirish; . Byudjetning daromad qismini ko'paytirish. Protektsionizmning salbiy oqibatlari: sAholi turmush darajasida sof yo'qotishlarning ortib ketishi; sXalqaro ko'paytiruvchi effektning paydo bo'lishi; sNosamaraviy sohalar va korxonalarning saqlanib qolishi; sKorruptsiya va o'z amalidan foydalanish avj olishi; Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling