Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
To bilurmu sen kabi xurshid tal’at mahliqo,
Kim Masih anfos olam sa’yi royat mahliqo, Shahvor qoqub sen amir saxt dil, Faxri olam voqif asror g‘orat mahliqo, Sen kabi ko‘rganmu afuloj maloik yopiray, Yo ajamdin, yo arab asl banutmi mahliqo 3 . G‘azal a-a-b-a tarzida qofiyalangan. Shoir g‘azal- ida ma’shuqasini “xurshid tal’atli”, “Masih anfos”li ya’ni “jon kirituvchi” – deb alqaydi, keyingi baytda esa ma’shuqasining “dil”ini “saxt” ya’ni “qattiq” ekan- ligini, shunday bo‘lsa ham ma’shuqasi hamma sirlar- dan xabardor, “mahliqo” oshiqni “g‘orat” ya’ni “talon – taroj” (es-hushini o‘g‘irlaganini) etganini aytadi, keyingi baytda esa bunday “maloik”ni butun “afuloj” ya’ni (falakning ko‘pligi), dunyolar “ko‘rganmu” – deya ajablanadi va asl vatani qayer ekanligini taajjub bilan so‘raydi. Qanoat ayla gadolikda ey neku siyrat, Agarchi shohjahon qilma iltijo anga, Omondur elni balo birla ranj va ofatidin, Chu har kimki xudo birla, yo‘q balo anga, Xudo ne der kimga, yo‘l topoy desang bori, Bo‘yunni egri qil, qomating duto anga, Yema jahon g‘amini tortma elni dard sarin, O‘zungni Nozil dilxasta qil, savo anga 4 . Nozil qit’asi a-b-v-b-g-b tarzida qofiyalangan. Qit’ani mazmunan tarbiyaviy-axloqiy deyishimiz mumkin. Ya’ni birinchi misrada “ey neku” (yaxshi in- son), gadolikda ham “qanoat ayla”, ikkinchi misrada agar jahonning shohi bo‘lsa ham unga “iltijo”(ta’ma, laganbardorlik, shaxsga sig‘inish) qilmaslik kerak- ligini, uchinchi misrada shoir yuqoridagi sifatlarga ega bo‘lgan inson elni balo va ofatlaridan“omondur”- deydi. Tabiiyki savol tug‘ilishi mumkin “el” “shohja- hon”dan, uzoq bo‘lish kerak bo‘lsa, kim bilan inson yaqin bo‘lishi kerak? degan savolga, To‘rtinchi misra- da shoir “Chu har kimki xudo birla, yo‘q balo anga”, - deydi. Beshinchi misrada “yo‘l topаy desang”, “Xudo ne der“- deydi, oltinchi misrada endi to‘g‘ri yo‘lni ix- tiyor etgan bo‘lsang, “bo‘yunni egri” qil, “qomating duto” (qomating xam,bukik) bo‘lsin unga - deydi, yet- 3 Nozil Xo‘jandiy devoni. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot instituti Hamid Sulaymon fondida. 505- inventar. – В. 9. 4 Nozil Xo‘jandiy devoni. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot instituti Hamid Sulaymon fondida. 505- inventar. – В. 8. 111 Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature tinchi misrada shoir Nozil o‘ziga “Yema jahon g‘amini tortma elni dard sarin” – deydi, sakkizinchi misrada “O‘zungni Nozil dilxasta qil”, “savo anga”(bor vujud- ing bilan unga qul bo‘l)-deydi. Shunday xulosa qilishimiz mumkinki, shoir Nozil Xo‘jandiy o‘z asarlari bilan tojik va o‘zbek adabiyotida o‘zining munosib hissasini qo‘shgan, ikki tilda ham bir xil ijod etgan zullisonayn shoir hisoblanadi, shoir she’rlarida ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-tarbiyaviy mas- alalar yoritilgan, o‘z davridagi ijtimoiy muammolarni satirik kulgi bilan tanqid qilgan. Resume: Nozil Khojandi, who wrote in Uzbek and Tajik languages, was born in Khojand. Later he went to Kokan and lived and created. Poet: created in ghazal, rubai, qita, mukhammas and other poetic genres. The poet’s divans preserved in Tajikistan and Uzbekistan have reached us. Poet Nozil’s collection contains moral-educational, socio-political and satirical poems. This article provides information about Nozil Khojandi’s life and work. Резюме: Нозил Ходжанди, писавший на узбекском и таджикском языках, родился в Ходженте. Поз- же он отправился в Кокан и жил и творил. Поэт: создан в газели, рубаи, кыте, мухаммасе и других поэтических жанрах. До нас дошли сохранившиеся в Таджикистане и Узбекистане диваны поэта. В сборнике поэта Нозиля собраны нравоучительные, общественно-политические и сатирические стихи. В этой статье представлена информaтся о жизни и творчестве Нозила Ходжанди. Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, та’lim. 2023; 5 ISNN: 2181-1741 (Print) ISNN: 2181-1725 Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling