Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

Izlangiz, ey ahli oh
Qayda deb ahli vafo.
Izlangiz, ey ahli dil.
Qayda deb sohib ko‘ngil.
Izlangiz, ey ahli xos, 
Qayda deb ahli niyoz...
3
- V - - / - V -
Foilotun foilun
Ramali murabba’i mahzuf
Iste’dodli shoir Asqar Mahkamning 18 bayt-
li “Izlangiz” nomli orifona she’rining 14 baytida shu 
shakl davom etadi: “ahli roh”, “ahli xok”, “ahli g‘am”, 
“ahli shum”, “ahli bad”, “ahli sharr”, “ahli jon”, “ahli 
xob”, “ahli xayr”, “ahli shom”, “ahli joh”. Izofali jumla, 
birinchidan, vazn talabi bilan qo‘llangan. Ikkinchidan 
esa, she’rga chindan ham tasavvufona, mumtozona 
ruh bergan. Bu she’rning yana bir eng muhim jihati 
shuki, masnaviy zamonaviy o‘zbek she’riyatida. Bino-
barin, mumtoz lirikamizda ham juda kam uchraydigan 
vaznda yozilgan. Kam hijoli vazn she’rga favqulodda 
shiddat bag‘ishlagan. Lekin ba’zida izofaning mo-
hiyatini, ya’ni uning aniqlovchi/aniqlanmish tipidagi 
birikma ekani, faqat bunda teskarisi (aniqlanmish/
aniqlovchi) ekanini bilmasdan ishlatish mazmunning 
qo‘pol tarzda buzilishiga ham olib keladi:
Qatra-qatra nur to‘kib, boshimda yondi yulduzi,
 O‘pdim ilhom qatrasini g‘unchayi titrog‘ida.
4
– V - - / – V - - / – V - - / – V - -

G‘azal g‘izoli. – Toshkent: Adabiyot, 2021. – B. 107.

Mahkam A. Vahdat kuyi. – Toshkent: Nurafshon business, 
2021. – B. 146 .

G‘azal g‘izoli. – Toshkent: Adabiyot, 2021. – B. 12.


106
Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature 
Foilotun foilotun foilotun foilun
Ramali musammani mahzuf 
Mazkur baytning ikkinchi misrasida shoir “g‘un-
chaning titrog‘i” demoqchi. Agar izofali shaklga kirit-
sak, “titrog‘i g‘uncha” bo‘ladi. Shoir, birinchidan izo-
fani noto‘g‘ri ishlatgan. Ikkinchidan, o‘zbek tili mod-
elidagi aniqlovchi/aniqlanmishni hamma vaqt ham 
izofaga aylantirish kutilgan natijani bermasligi ko‘rinib 
turibdi. To‘g‘ri, nazariy jihatdan “titrog‘i g‘uncha” dey-
ish mumkin. Lekin bu xuddi azaga qizil kiyib kelgan 
ayoldek o‘xshovsiz bo‘lib qoladi. 
Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy 
aruzning leksik va morfologik sathida an’anaviylik 
fonetik sathdan ko‘ra kuchliroq ekan. YA’ni misra-
ni vaznga moslashtirish ehtiyoji tufayli, ba’zan esa 
shunday ehtiyojsiz ham – shunchaki badiiylikni os-
hirish uchun, aruz ruhini kuchaytirish uchun eski 
o‘zbek tiliga xos arxaik, tarixiy so‘zlar, jumla qolip-
lari juda quyuq ishlatilganini ko‘rishimiz mumkin. Bu 
hamma vaqt ham kerakli natijani bergan, aruziy bayt-
ga uzukka ko‘z qo‘ygandek yarashib tushgan deya 
olmaymiz. 
Nuqul mumtoz adabiyot unsurlariga ruju qo‘ymas-
dan ham, aruzda poetik yuksak asarlar yaratish 
mumkinligini Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Asqar 
Mahkam, Sirojiddin Sayyid, Jamol Kamol kabi shoir-
larimiz yozgan aruziy she’rlarda ko‘ra olamiz. Ayni 
vaqtda aruziy she’rni faqat nazmbozlik, san’atpardo-
zlik, o‘z iqtidorini namoyish qilishgina deya tushunish 
natijasida pafossiz, sxematik, o‘quvchiga estetik zavq 
tug‘dirmaydigan she’rlarning ko‘plab yaratilayotgani 
ham bor gap. Bizningcha, adabiyotshunoslitda bu 
borada o‘z so‘zini aytishi, tanqid ruhini kuchaytirishi, 
aruzning tor manfaatlar maydoniga aylanib qolishiga 
yo‘l qo‘ymasligi darkor. 
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy o‘zbek aruzi-
da o‘zidan oldingi davrga nisbatan tasavvuf ruhida-
gi g‘azallar ko‘paydi. Zamonaviy shoirlar imkonlari 
yetgan darajada tilning barcha imkoniyatlarini ishga 
solyaptilar. Bizningcha, mustaqillik davrida iste’dodli 
shoirlar tomonidan aruzning mukammal, go‘zal na-
munalari yaratilmoqda-yu, ikkinchi tomondan bosh-
qa turli shoirlar misolida aruzni mukammal o‘zlasht-
irish jarayoni kechmoqda. Bu jarayon an’ananing 
kuchli ta’siri (ayniqsa, leksik va morfologik, obrazlilik 
sathida), ba’zan zo‘rma-zo‘rakilik, hatto grammatik 
xatolarga yo‘l qo‘yish, she’rlarning asl san’at asa-
ri bo‘lmay, quruq nazm namunasiga aylanib qolishi 
kabilardan namoyon bo‘lmoqda.
Resume. This article is about creating perfect, beautiful samples of modern aruz, as well as at the lexical, 
morphological, phonetic level, sometimes forced, even making grammatical errors, turning poems into a 
sample of dry verse instead of being an original work. art.
Резюме. В данной статье речь идет о создании совершенных, красивых образцов современного 
аруза, а также на лексическом, морфологическом, фонетическом уровне, иногда вынужденных, даже 
допускающих грамматические ошибки, превращающих стихотворения в образец сухого стиха вместо 
того, чтобы быть самобытным произведением искусства.


107
Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature
Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, та’lim. 2023; 5
ISNN: 2181-1741 (Print)
ISNN: 2181-1725 

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling