Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

(Tanim kuzda ruhim bahorda qoldi) 
Shafaqlar botdi Botu qonlarina,
Hech kim qiyo boqmas Cho‘lponlarina,
Kim turar Qodiriyning yonlarinda,
Fitrat Usmonlarim qay torda qoldi.
(Fitrat Usmonlarim qay torda qoldi)”.
2

Muhammad B. Ohangsiz qo‘shiqlar. – Toshkent, Akadem-
nashr, 2022. – B. 52-53. 


105
Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature
Bu she’r aruz va barmoqning aralash kelishi bi-
lan XX asr boshlarida yaratilgan she’rlarni eslatadi. 
Jadid she’riyati vaznlarini tadqiq qilgan N.Afoqova 
bu aralashlikni davr she’riyatining qonuniy xususiyati 
sifatida baholaydi, aruzdan barmoq va sarbast vazni-
ga o‘tish jarayonining xos xususiyati sifatida qaraydi. 
Bunday hol hozirgi davrda ijod qilgan va qilayotgan 
boshqa shoirlarda ham ko‘rinadi. Mustaqillik davri 
shoirlari, jumladan, Benazir Muhammad she’rlarida 
ham aruzga barmoqning aralashishi bilan saktali-
kni yuzaga kelishi ham, bizningcha, davr aruzining 
qonuniy xususiyati. Faqatgina bunda, XX asr bosh-
laridagidan farqli o‘laroq, subyektiv omil rol o‘ynay-
di. YA’ni bu holni she’rni barmoqda idrok qilgan ijod-
korlarning aruzni qo‘llashdagi mashaqqatlari, ba’zan 
esa e’tiborsizlik sifatida baholasak to‘g‘ri bo‘ladi. 
Mustaqillik davri o‘zbek aruzini fonetik sathda 
kuzatish shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy shoirlarim-
iz o‘zbek tili fonetikasining xilma-xil imkoniyatlarini 
yetarlicha angladilar va ishga soldilar. Ayni vaqtda 
aruzning murakkabligi, undan uzoqlashilganlik o‘z 
ta’sirini ham ko‘rsatdi. Vaznni benuqson qo‘llash 
uchun ba’zan zo‘rma-zo‘rakilikka, ba’zan esa xatoga 
yo‘l qo‘yildi. 
Bu davr aruziga xos bo‘lgan yana bir holni qayd 
etish lozim. Bu – qo‘shimchalar, so‘z shakllari, vari-
antlarining qo‘llanishi bilan bog‘liq. Gap shundaki, de-
yarli barcha shoirlar ko‘p hollarda qo‘shimchalar, so‘z 
shakllarining eski ko‘rinishlarini xush ko‘radilar. Bun-
day qo‘llash hatto vazn va qofiyaga ta’sir etmaydigan 
o‘rinlarda ham kuzatiladi. –gin/-gil, -dan/-din, -ga/-g‘a, 
-sin/-sun, -dir/-dur, -gay/--g‘ay, -gan/--g‘on (-qon), ol-
lida/ oldida, qora/qaro, ko‘ngil/ko‘ngul, endi/emdi, 
gulzor/gul’uzor, tilla/tillo, menga/manga, yashirmoq/
yoshurmoq, yolvormoq/yolbormoq, uni/ani, yomg‘ir/
yog‘mur (yag‘mur), bo‘lmoq/o‘lmoq, ikki/iki, hamma/
hama, yolg‘on/yalg‘on, qovoq/qaboq, keladi/kelodir 
va hokazo. Vazn va qofiya talabi bo‘lmagan o‘rinlar-
da, bizningcha, bu xil qo‘llashda ikki holatni farqlam-
oq lozim. Birinchisi shuki, aruz zamonaviy shoir ong 
ostida o‘qilgan mumtoz adabiyot namunalari bois 
so‘z va qo‘shimchalarning shu xil shakllarida o‘rnash-
gan; bu shakllar ijod jarayonida o‘z-o‘zidan badiiy 
matn sathiga chiqadi va u tabiiyligi bilan she’rga husn 
bag‘ishlaydi:
Shul ismdan yurt aro yuz ming umid,
Shul ismdan nurlanur davronimiz.
(S.Sayyid, “To Navoiy bor...”)
1
– V - - / – V - - /– V - -
Foilotun foilotun foilun
Ramali musaddasi mahzuf 
Bu baytda shu/shul, nurlanar/nurlanur almashinu-
vi bag‘oyat tabiiy bo‘lib, quloqqa yoqimli eshitiladi. 

G‘azal g‘izoli. – Toshkent: Adabiyot, 2021. – B. 70.
Ikkinchi bir holatlarda, aruznavis she’riga aruz 
ruhini berish yoki kuchaytirish uchun ataydan so‘z yo 
qo‘shimchaning zamonaviy shaklidan voz kechadi. 
Bunday holda zo‘rma-zo‘rakilik sezilib qoladi, she’r 
ritmi tabiiy ohangini yo‘qotadi:
Manim boshima yog‘dirdi malomat-la qaro 
yag‘mur, 
Biravlar nag‘masiga lol o‘lg‘on jo‘r tilim qursin.
2
V - - - \ V - - - \ V - - - \ V - - - \
Mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun
Hazaji musammani solim
Mazkur baytda boshima, yag‘mur, biravlar so‘zlari 
atayin “boshqachalashtirilgani” sezilib turibdi. Vahol-
anki, boshimga, yomg‘ir, birovlar shakllari ham hech 
bir vazn, qofiya xatoligiga olib kelmas edi. 
Zamonaviy aruzning yana bir xususiyati izofali 
birikmalarning mo‘l-ko‘l ishlatilishida ko‘rinadi. Albat-
ta, o‘rnida qo‘llangan izofali birikmalar she’riy matn-
ning badiiyatini oshiribgina qolmay, vazn mukammal-
ligiga erishishda o‘zbek tilining noyob imkoniyatlari-
dan biridir. 

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling