Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.
REZYUME: Ushbu maqola ingliz tilida gapirishni o‘rgatish nima ekanligini va chet tili sifatida ingliz tili
o‘qituvchilari va talabalari duch keladigan muammolarni tasvirlashga qaratilgan. O‘qituvchilar o‘quvchilarning nutq qobiliyatini rivojlantirish uchun rolli o‘yinlar, muhokamalar yoki boshqa turdagi o‘yinlarga asoslangan mashg‘ulotlarni bajarish orqali nutq o‘stirish ishlarini yanada qiziqarli tashkil etishi mumkin. РЕЗЮМЕ: Целью этой статьи является описание того, что такое обучение английскому языку и проблемы, с которыми сталкиваются преподаватели и изучающие английский язык как иностранный. Учителя могут создать более увлекательный разговорный класс, выполняя некоторые виды деятель- ности, такие как ролевые игры, обсуждения или некоторые виды игр, чтобы развивать разговорные способности учащихся. (Footnotes) 1 Жумабаева Ж.Ш. Ўзбек ва инглиз тилларида лексик градуонимия: Филол. фан. докт. ... дисс. – Тошкент, 2016. – Б. 131. 115 BOLALAR MAVSUMIY MAROSIM QO‘SHIQLARIDA TASVIRIY VOSITALAR VA SHE’RIY SAN’ATLARNING QO‘LLANISHI Esanov Alijon Mengbayevich, Termiz davlat universiteti O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi tadqiqotchisi “Poetik ko‘chimlar... “maxsus badiiy tas- vir vositalari” va mumtoz adabiyotimiz tarix- ida “majozlar” va xalqaro atamashunoslikda “troplar” deb yuritilgan 1 . Albatta, bunday ba- diiy tasvir vositalarining nutq jozibadorligini oshirishdagi ahamiyati katta. Ifodadagi ix- chamlikni ta’minlashda, birgina so‘z orqali estetik ta’sirchanlikni oshirishda ham qo‘l keladi. Masalan: Barot keldi, bildingizmi? Subhidamda turdingizmi? 2 Yoki Ramazon aytib keldik eshigingizga, Xudoyim o‘g‘il bersin beshigingizga 3 . Avvalgi misralardagi “Barot keldi” ibora- si islomiy qarashlarimiz negizida vujudga kelgan Baroat kechasi bilan bog‘liq. Aslida, Barot keldi emas, Baroat oyi keldi ma’nosi- da tushunilishi lozim. Keyingi keltirgan ikki misrada ham “Ra- mazon aytib keldik eshigingizga” misrasida Ramazon qo‘shig‘ini aytib keldik, ma’nosida ishlatilgan. Yoki: Ro‘zaning uchini tutib keldik sizga, Ro‘zaning zakotini bering bizga 4 . Misralarida ham uchini uch kunini ma’nos- ida anglanishi lozim. Ya’ni, har uchala misol- da ham metonimiya qo‘llangan. “Metonimi- ya(yun. Metonymiaa – qayta nomlash) – 1 Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2002. – B. 324. 2 M.Alaviya. O’zbek xalq marosim qo’shiqlari. – Тoshkent: Fan. 1974. – B. 126. 3 Aytuvchi: Toshqol Hamidova, 1952 yil tug‘ilgan. Surxandaryo viloyati, Oltinsoy tumani, Qurama-1 mahallasi. Yozib oluvchi: Alijon Esanov. Yozib olindi: 2021 yil. 4 Aytuvchi: Sharofat Sobirova. 1967 yilda tug‘ilgan. Surxandaryo viloyati, Termiz shahar Alpomish mahallasi. Yozib oluvchi: Esanov Alijon. Yozib olindi: 2019 yil. majoz-kinoya – ikki tushuncha o‘rtasidagi yaqinlikka asoslanadigan ko‘chimlardan. Bir predmet yoki hodisa nomini ichki bog‘lanish (tushunchadagi yaqinlik asosida) yo‘li ila boshqa so‘z yoki ibora bilan o‘rin almashtir- ish orqali metonimiya paydo bo‘ladi” 5 . Chumchuq, chumchuq. chumchuq deng, Labingda uchuq, uchuq deng. Chirillab uchsa tomlardan, Burning puchuq, puchuq deng. Chittigul-chittigul, Hay-yu chittigul. Etagingga gul bosay, Hay-yu chittigul. qo‘ling qo‘lqopda bo‘lsin, Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling