Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
boshi qora, Xudoyim o‘g‘il bersin qoshi
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Boshi”, “qoshi”, “eshigingga”, “beshigingga”
boshi qora,
Xudoyim o‘g‘il bersin qoshi qora, Rabiban aytib keldik eshigingga, Xudoyim o‘g‘il bersin beshigingga. Yo ramazon! 4 “Xudoyim o‘g‘il ber”ishini tilayotgan lirik “men”ning niyatini amalga oshirishi uchun bir qancha vositalardan unumli foydala- nilgan. “Boshi”, “qoshi”, “eshigingga”, “beshigingga” kabi qofiyadosh so‘zlar she’riy matn badiiyatini yuksaltirgan. Ro‘za tut, namoz o‘qi, joning uchun, Ro‘zaga zakot bergin moling uchun, Rabiban aytar edi Usmon, Ali, Qoldi bizga Yodgor Ali. Yo ramazon! 5 Ushbu misralar bir tomondan musulm- on insonning qarzlarini ado etishiga isho- ra bo‘lsa, ikkinchidan qo‘shiq matnidagi talmehlar an’ananing qadimiyligidan dalo- 1 Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2002. – B. 434. 2 Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. –T.: Akademnashr, 2018. – B. 225. 3 Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2002. – B. 377. 4 Habibulla G‘ofur. Xalq o‘yinlari, qo‘shiqlar va an’analarga bir nazar. – Toshkent: Kamalak, 1992. – B. 54-55. 5 Habibulla G‘ofur. Xalq o‘yinlari, qo‘shiqlar va an’analarga bir nazar. – Toshkent: Kamalak, 1992. – B. 54-55. lat beradi. Shu qo‘shiqning “Shoh Yusufni ovga olib chiqdilar” yoki “Rabiban aytar edi Usmon, Ali” misralaridagi “Yusuf, Usmon, Ali” kabi payg‘ambar alayhissalom, sahobai kiromlarning muborak nomlari bilan bog‘liq talmehlar ramazonning qadim tarixidan vo- qif qilish bilan birga, qo‘shiq poetikasida alo- hida ahamiyat kasb etadi. Adabiyotshunos- lik lug‘atida “Talmeh (ar.- chaqmoq chaqishi, ko‘z qirini tashlash, nazar solmoq)-mumtoz adabiyotdagi she’riy san’at, she’rda mash- hur tarixiy voqea, shaxslar, badiiy asarlarga ishora qilish” 6 , deya keltiriladi. Ramazon aytib keldik eshigingizga, Qo‘chqordek o‘g‘il bersin beshigingizga Misralaridagi Ramazon so‘zi metonimi- ya sifatida qo‘llangan. Aslida, Ramazon qo‘shig‘ini aytib keldik ifodasi nazarda tuti- ladi va shunday anglanadi. Osmondagi yulduzlar oy bo‘laman deydi-yo, Bo‘yga yetgan qizlari to‘y bo‘laman deydi-yo. Unga oshiq yigitlar boy bo‘laman deydi-yo! Yo ramazon, Olloh-Olloh, may ramazon 7 Bir-biriga hamohang misralarda betakror xalq qo‘shig‘ining o‘ziga xos xususiyatlari- dan biri - qisqa satrlarda katta hayot falsa- fasini, hikmatini ifoda eta olishini ko‘rishimiz mumkin. Osmon, yulduzlar va oy - koinot jismlari, ushbu matnda tanosib san’ati si- fatida qo‘llanib, qo‘shiq poetikasi go‘zalligi uchun xizmat qilgan. “Tanosib...daxldorlik, aloqadorlik – mumtoz adabiyotdagi she’riy san’at; fikrni bir-biriga aloqador, ma’no ji- hatidan yaqin va o‘zaro mutanosib tushun- chalarni bildiruvchi so‘zlar orqali ifodalash” 8 . Bundan tashqari shu o‘rinda “Osmonda- gi yulduzlar oy bo‘laman, deydi-yo, Bo‘yga 6 Quronov D. Adabiyotshunoslik lug‘ati / D.Quronov, Z.Mamajonov, M.SHeraliyeva. – Toshkent: Akademnashr, 2013. – B. 307. 7 Aytuvchi: Bo‘rixol Jonnazarova 1945 yilda tug’igan. Surxandaryo viloyati, Quqo‘rg‘on tumani, Navbahor mahallasi. Yozib oluvchi Esanov Alijon. Yozib olindi: 2019 yil. 8 Quronov D. Adabiyotshunoslik lug‘ati/D.Quronov, Z.Mamajonov, M.Sheraliyeva. – Toshkent: Akademnashr, 2013. – B. 311. 119 yetgan qizlari to‘y bo‘laman, deydi-yo” misralari orqali parallelizm vujudga kel- gan.”Parallelizm... yonma-yon turuvchi – xalq og‘zaki poetik ijodida, mumtoz va hozirgi she’riyatimizda faol qo‘llanilgan ba- diiy san’at – poetik tasvir usullaridan biri. Bu usulda bir-biriga teng bo‘lgan ikki va undan ortiq narsa-hodisa yoxud xususiyat yonma-yon qo‘yilib, qiyosiy tahlil yo‘li bilan poetik mazmun ochiladi. Parallelizm asarda yagona poetik obraz yaratishga xizmat qildi- riladi” 1 . Poetik ifodadagi ”yulduzlar”ning “oy bo‘l”ishiga o‘xshatish mubolag‘asi “Bo‘yga yetgan qizlar”ning “to‘y bo‘l”ishiga o‘xshatil- ib, izohlangan. Boychechakday ochilib gulli bo‘ling, Kelasi oy-yillar biz kelganda, Qo‘sh kokili qo‘shilgan ulli bo‘ling, Yo rayban, yo rayban, yo ramazon 2 . “Boychechakday ochilib”, “Qo‘sh kokili qo‘shilgan” epitetlari matn uchun bebaho zi- ynat sifatida qimmatlilik kasb etgan. “Epitet ...ilova etilgan, izohlovchi – badiiy sifatlash, narsa-hodisaning belgisini obrazli ifodalay- digan badiiy aniqlovchi” 3 . Xalq og‘zaki ijodi- da eng ko‘p uchraydigan san’atlar sifatida e’tirof etiladi. Ifodaning jonliligini va estetik ta’sirchanligini oshiradi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling