Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Boybichcha momom bo‘g‘chasidan to‘n beraman deydi-yo, Shu boy
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boybichcha”, “boy”
- , “jon yan- ga”
Boybichcha momom bo‘g‘chasidan to‘n
beraman deydi-yo, Shu boy bobom qo‘tonidan qo‘y bera- man deydi-yo! Yoki: Oq tanga, ko‘k tanga, Chiqa qoling, jon yanga 4 . Kuzatishimizcha, yuqoridagi misralarda “ Boybichcha”, “boy” so‘zlari orqali mo- 1 Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2002. – B. 447. 2 Jo‘rayev M, Shomusarov Sh. Ulug‘ oy udumlari. – Toshkent: Movarounnahr, 2001. – B. 3. 3 Quronov D. Adabiyotshunoslik lug‘ati/D.Quronov, Z.Mamajonov, M.SHeraliyeva. – Toshkent: Akademnashr, 2013. – B. 369. 4 Aytuvchi: Yusuf Tangirov. 1949 yilda tug‘ilgan. Surxandaryo viloyati, Oltinsoy tumani, Obod turmush mahallasi. Yozib oluvchi: Esanov Alijon. Yozib olindi: 2019 yil. moning boybichchaligi, boboning boyligini ta’riflayotgan epitetlar aynan shu o‘rinda, bir o‘zakdan tashkil topgan so‘zlar sifatida ishtiqoq san’atini vujudga keltirgan. Oq tanga, ko‘k tanga, Chiqa qoling, jon yanga. misralarida tangalarning “oq” va “ko‘klik” belgisi va yanganing yaqinligini bildiruvchi “jon” so‘zlari epitetlarni hosil qilgan bo‘lsa, ikkinchi misrada inversiya (o‘zgargan tartib) hodisasi ro‘y bergan. Shuningdek , “jon yan- ga” undalmasi orqali nido san’ati qo‘llan- gan. Nido san’ati haqida nazariy manbalar- da шундай yozilgan: “SHe’riyatimizda juda keng qo‘llangan nido usuli lirik qahramon- ning boshqa shaxslarga, narsalarga xitob qilishi, ularga murojaat etgan holda o‘zining ichki kechinmalari, tuyg‘ulari, tilaklari, mulo- hazalarini bayon qilishini nazarda tutadi. Bu xil tasvir asardagi timsollarning ma’naviy qi- yofalarini jonliroq, ta’sirchanroq ifodalashga xizmat qiladi” 5 . Dunyoga kelib ketgan payg‘ambarmi, Otasi, onasidan to‘ygan bormi. Otangiz onangizni aziz tuting, Har bosgan izlarini ko‘zga surting 6 . Ramazon qo‘shiqlarining lirik qahramo- ni nasihatgo‘y inson obrazida gavdalana- di. Lirik syujetning asosiy g‘oyasida axlo- qiy-insoniy, islomiy-ma’rifiy tushunchalar aks ettirilgan. “Otangiz onangizni aziz tut- ing, Har bosgan izlarini ko‘zga surting” kabi Sharqona axloq g‘oyalari aks etgan mis- ralar fikrimizning yaqqol dalili bo‘la oladi. Ota-onaning inson kamolotidagi o‘rni beqi- yosligini, qolaversa, ularni e’zozlash har bir farzandning muqaddas burchi ekanligini an- glash mumkin. Hatto, Alisher Navoiy haz- ratlari ota-onaning muqaddas zotlar ekanligi borasida shunday yozgan edi: 5 Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. –Toshkent: Sharq, 1998. 6 Aytuvchi: Xursan Mamatqulova 1945 yilda tug‘ilgan. Surxandaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani, Yangiyer mahallasi. Yozib oluvchi: Esanov Alijon. Yozib olindi: 2019 yil. 120 Таълим • Образование • Education Boshni fido qilg‘il ato qoshig‘a Jismni qil sadqa ano boshig‘a. Kun tuningga aylagali nurfosh Birisin oy angla, birisin quyosh 1 . Quyidagi misralarda ham “So‘m-so‘m til- lo, so‘m tillo” takrorining badiiy inkishofdagi go‘zal vositalardan biri ekanligini kuzatish mumkin: So‘m-so‘m tillo, so‘m tillo, Suvga solsa botmasin. Xudo bergan keng davlat, Tepkilasa ketmasin 2 . Ushbu parchadan “Tillo”ning “Suvga solsa botmas”ligi, “Xudo bergan keng dav- lat”ing “Tepkilasa ketmas”ligini tilash borasi- da yuzaga chiqayotgan parallelizm va un- dan unumli foydalanilganligini, qolaversa, uning xalq og‘zaki poetik ijodiga xos boy va keng qamrovli xususiyat ekanligini anglash mumkin. Manav uyning to‘baragi Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling