Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.
Hay-yu chittigul.
Beling belvog‘da bo‘lsin, Hay-yu chittigul 6 . Yuqoridagi misralarda qo‘llangan chum- chuq, chittigul obrazlariga qilinayotgan murojaatlar apostrofani yuzaga keltirgan. Ko‘rib o‘tganimizdek, har ikki misrada tak- rorlanib kelayotgan chittigul apostrofasi musiqiylikni, ohangdorlikni ta’minlashga xi- zmat qilgan. Apostrofa (yunon. apostrophe - og‘ish) – jonlantirishning bir ko‘rinishi bo‘lib, jonsiz narsa yoxud hodisalarga xuddi jonli narsa-hodisalardek murojaat qilinadi yoki o‘zi yo‘q shaxsga xuddi bordek qaraladi 7 . Qolaversa, dastlabki to‘rt misradagi badiiyat haqida so‘zlaydigan bo‘lsak, a-a-b-a shak- lidagi qofiyalanishga ega matn chumchuq, 5 Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2002. – B. 341. 6 Aytuvchi: O‘g‘iloy Ashurova, 1970 yilda tug‘ilgan. Surxandaryo viloyati, Boysun tumani Avlod mahallasi. Yozib oluvchi: Alijon Esanov. Yozib olindi: 2021 yil. 7 Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2002. – B. 336. 116 Таълим • Образование • Education uchuq, puchuq qofiyadosh so‘zlari orqali to‘q qofiyalarni maydonga keltirgan. Yuqori- da ta’kidlagan fikrimizning isboti sifatida o‘zi yo‘q shaxsga xuddi bordek qaral”gan misol- ni kuzatamiz: Barot keldi, bildingizmi? Subhidamda turdingizmi? Subhidamda tura solib, Idish-tovoq yuvdingizmi? Barot keldi, bildingizmi? Bizga chalpak qo‘ydingizmi ? 1 Bu o‘rinda o‘zgaga nisbatan aytilayotgan fikrlar apostrofani vujudga keltirgan. Echki, qo‘y, podaga botgan boylar, Echki, qo‘y, podani kiming haydar, Yelkalari yalpillab quling haydar, Qattiq yerdan qaqrab chiqqan boy- chechak, boychechak, Yumshoq yerdan yugurib chiqqan boy- chechak, boychechak 2 . Bu o‘rinda ham boychechak apostrofasi- ga duch kelish mumkin. Echki, qo‘y, poda so‘zlari tanosib san’atini vujudga keltirgan. Yelkalari yalpillab quling haydar” misrasida esa Yelkalari yalpillagan qul ma’nosidagi sifatlash qo‘llanganiga gu- voh bo‘lish mumkin. Tog‘dagi uch och bo‘rini endirdilar, Ont ichib Kalom tepadi bo‘rilar. Yo ramazon! 3 . Birinchi misralardagi bo‘rilarning sanog‘i va holatini bildirayotgan sifatlashlar ifodan- ing jonliligini, faktlarning aniqligini ifoda- layotgan bo‘lsa, Ont ichib Kalom tepadi bo‘rilar. misrasida intoq san’atining go‘zal na- munasi yaratilganini ko‘rish mumkin. Ya’ni, 1 Aytuvchi: Rahima Xolmurodov, 1956 yilda tug‘ilgan. Surxandaryo viloyati, Boysun tumani Toqchi mahallasi. Yozib oluvchi: Alijon Esanov. Yozib olindi: 2018 yil. 2 Jo‘rayev M. Navro‘z qo’shiqlari. –Тoshkent: Аlisher Navoi nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007. – B. 164. 3 Aytuvchi: Abdulla Abdurasulov. 1956 yilda tug‘ilgan. Surxandaryo viloyati, SHerobod tumani, G‘ambur mahallasi. Yozib oluvchi: Alijon Esanov. Yozib olindi: 2018 yil. bo‘rilar xuddi inson singari “ont ichib, Kalom tepadi”. Intoq san’ati (nutq bilan bog‘liq) – nutqsiz narsalarni nutq egasi sifatida tasvir- lash 4 . Ma’lumki, xalq og‘zaki ijodi namunalari har bir xalqning yashash tarzi, e’tiqodi, muqadd- as tushunchalari, milliy an’analarining in’iko- sidir. Shu jihatdan “O‘zbek bolalar qo‘shiqlari butun bir tizimdan iborat poetik folklor tarzida shakllangan va hamon taraqqiy etmoqda” 5 . Mamlakatimizning barcha viloyatlarida jum- ladan, Surxondaryo vohasida bolalar to- monidan ijro etilib kelinayotgan “Yo ramazon” qo‘shiqlari ham uzoq tarixga ega. Ramazon oyida ro‘za tutish - Payg‘ambarimiz Muham- mad (sollallohu alayhi vasallam) yashagan saodat asrida vujudga kelgan -musulmon in- sonning bajarishi lozim bo‘lgan besh farzning biri hisoblanadi. Keyinchalik, xalqning duo- lar mustajob oylarda bir-birlariga ramazon qo‘shiqlari orqali ko‘ngil rozlarini aytishi - milliy an’ana tarzida xalqimizning nomoddiy boyligi sifatida asrdan-asrga, og‘izdan-og‘iz- ga o‘tib saqlanib kelmoqda: Rabiban, yo rabiban, yo ramazon, Rabiban ollohumma hu ramazon, Avval boshlab xudoni yod etaylik, Payg‘ambarlar ruhini shod etaylik, Yo ramazon! 6 Ko‘rib turganimizdek, ushbu she’riy matn mumtoz asarlarimizga xos Alloh(azza va jal- la)ga hamd, Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam)ga salovat bilan boshlanadi. She’riy matnning davomi Qur’oniy qissal- ar bilan ziynatlangan. Bundan bilish mum- kinki, islomiy tushunchalar xalqimiz fitratiga mosligi tufayli uning ongu shuuriga muhr- lanib, yashovchanlik kasb etgan: Ey payg‘ambar, ey payg‘ambar, ey payg‘ambar, 4 Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2002. – B. 334. 5 Safarov O. O‘zbek bolalar folklori. Toshkent, 2008. 6 Habibulla G‘ofur. Xalq o‘yinlari, qo‘shiqlar va an’analarga bir nazar. – Toshkent: Kamalak, 1992. – B. 54-55. 117 Ota va onasidan to‘ymaganlar, Payg‘ambarning o‘n bir o‘g‘li bor edi, Hammasidan shoh Yusuf gulzor edi. Yo ramazon! 1 Mana shu o‘rinda muqaddas kitobimiz Qur’oni karimning “Yusuf” surasi haqidagi tafsirni eslash kifoya: ”Bir yuz o‘n bir oyat- dan iborat bu sura Makkada nozil bo‘lgan va payg‘ambarlar hayotidan hikoya qiluvchi suralardan biridir. Unda asosan Ollohning payg‘ambarlaridan Yusuf alayhissalom ibn Ya’qubning hayoti zikr qilinib, u zotning boshiga tushgan balolar, og‘a-inilari va be- gonalardan ko‘rgan kulfatlari-chohga tash- langanlari; tuhmatga yo‘liqqanlari; zindon- band bo‘lganlari... haqida va bunday og‘ir ko‘rgiliklarga sabr-toqat qilishlari natijasida oxir-oqibat zindon azobidan xalos qilinib, butun Misr zaminining mulku xazinasiga ega bo‘lganlari xususida so‘z boradi” 2 . Shuning- dek, aynan qissa tarixini she’rga solish va ro‘zadorga aytish o‘z-o‘zidan dunyoga kel- gan emas, bir tomondan ro‘zador eshitguv- chi ibratomuz qissani tinglashi, “Har qanday ham tashvishga botgan mahzun kishi Yusuf surasini eshitishi bilan orom-osoyish to- pur” 3 deyilganiga ishora bo‘lsa, ikkinchidan eshituvchi bu ibratdan ruhiy madad, ilohiy quvvat olgan. Ya’ni, payg‘ambarki shunday taqdirga sabr qilibdi, men ro‘zaning ochlik va chanqog‘iga sabr qilishim joiz, degan fikrga kelishi tayin. Shoh Yusufni ovga olib chiqdilar, Chohga tashlab bo‘ri yedi, dedilar, Tog‘dagi uch och bo‘rini endirdilar, Ont ichib Kalon tepadi bo‘rilar. Yo ramazon! 4 . 1 O‘sha manba. B.54-55. 2 Shayx Alouddin Mansur.Qur’oni azim muxtasar tafsiri. – Toshkent: Movarounnahr, 2019. – B. 329-330. 3 Shayx Alouddin Mansur.Qur’oni azim muxtasar tafsiri. – Toshkent: Movarounnahr, 2019. – B. 330. 4 Habibulla G‘ofur. Xalq o‘yinlari, qo‘shiqlar va an’analarga bir nazar. – Toshkent: Kamalak, 1992. – B. 54-55. Ayni shu o‘rinda qo‘shiq matnidagi ifoda- lar adabiyotshunos olim D.Quronov ta’biri bi- lan aytganda, “lirik kechinma egasiga ko‘ra: ...ijroviy lirika” hisoblansa, “...lirikaning lirik kechinma egasi obyekti nuqtayi nazaridan farqlanuvchi ...tavsifiy lirika” ga xos xususi- yatdir 5 . Bundan tashqari xalq qo‘shig‘ining badiiyati yetukligini ta’minlovchi badiiy tas- vir vositalaridan unumli foydalanilganligini e’tirof etish lozim. Xalq og‘zaki ijodiga xos ix- cham bitikda katta hayot voqeligi gavdalan- tiriladi. So‘z san’atiga xos estetik ta’sirchan- lik quyma satrlarda o‘z inkishofini topadi. “Rabiban, yo rabiban”, “Ey payg‘ambar, ey payg‘ambar, ey payg‘ambar” kabi takrorlar qo‘shiqning estetik ta’sirchanligini oshirish- ga va musiqiyligini ta’minlashga xizmat qilgan. Atoulloh Mahmud Husayniy takror haqida shunday yozadi: ”Takror. Ani takror ham derlar va ul ma’noning takrori, ya’ni ani muqarraru muhaqqaq qilmoq yanglig‘ nuqta uchun lafzni takrorlamaktin iborattur” 6 . Makkada bir machit bor qirq daricha, Sahobalar so‘ylaydilar kunda kecha. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling