Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.
matik rivoyat deya janr qaydi bilan drama sifatida
berilgan. Ikki asar syujet va kompozitsiyasida ham ba’zi o‘zgarishlar ro‘y bergan. Bu asar keyingi yillar o‘zbek dramaturgiyasida chinakam hodisa bo‘ldi. Bir necha viloyat sahnalarida namoyish qilinib, poytaxt- da o‘tgan “Seni kuylaymiz, zamondosh!” nomli nufu- zli teatr festivalida oliy o‘ringa munosib deb topildi. Asar o‘zining yuksak badiiyati va dramatizmi bilan ham zamonaviy, ham ijtimoiy-falsafiy mavzudagi asarlarga rosmana ehtiyoj sezayotgan teatrlarimizni uyg‘otib yubordi. Asar bosh qahramoni Orol bobo umri bir joyga borganida, keksalik huzur-halovatidan voz kechib, atrofiga ovuldagi uch-to‘rt yosh-yalangni yig‘ib, Orolga suv keltirish harakatida yuribdi, chol va un- ing shogirdlari qayiq yasab uylarning tomlariga joy- lashtirishadi, suvdan esa darak yo‘q. Aql bilan o‘ylab qarasangiz haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ertakna- mo bir vaziyat, ehtimol rivoyat deyilishiga ham shu sababdir?! Axir dunyoning ne-ne olimlari, notiqlari, rahbarlari, siyosatchilari katta-katta anjumanlarda chiqishlar qilib, Orolni qutqarish haqida bong urma- sin, bu fojia ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘layotgan bir pallada yolg‘iz qariya va bir necha yosh yigitning qo‘lidan ne ham kelardi? Biroq bu ham asar haqida- gi yuzaki paydo bo‘lgan taassurot, xolos. Asli Orolga suv kelmasligini Orol boboning o‘zi ham fahmlaydi. Bu yerda Orol dengizining haqiqatda qurib borishi insonlar boshiga olib kelgan foijialar bilan birgalikda yana bir gap – insonlarning ma’nan qurib borayotgan botiniy “Orol”i haqida ketayotir, buni sinchkov kitobx- on darhol fahmlaydi. Ha, adib Orol dengizining qu- rib borishi bilan birgalikda inson ruhiyatidagi g‘oyat murakkab masalalarga javob izlaydi, umrini ro‘yoga sarflayotgan chol timsolida vijdoni uyg‘oq, e’tiqodi mustahkam qahramonni yaratadi. Erkin A’zamning deyarli barcha kinoqissalari tas- malarga ko‘chib, kino mulkiga aylangan bo‘lsada, baribir rejissyorlar ekranda bu asarlarni tom ma’no- da yozuvchi istagandek aks ettira olmagani, badi- iy mohiyati, estetik olami, poetikasiga chuqur kirib borolmaganini qayd etish lozim. Bu haqida adibning o‘zi shunday deydi: “…nomi qayd etilgan o‘sha o‘n filmning birortasidan oxirigacha ko‘nglim to‘lmagan, - deb yozadi Erkin A’zam. – Shunday bo‘lishini old- indan bilganim uchun ham men ularga oz-moz kino tusini berib, dangal kinoqissa atab, ammo-lekin boshidanoq kitobga mo‘ljallab yozaman: kino qilinsa qilinar, bo‘lmasa o‘qilar-ku”. 2 Biz bu bilan adib asar- larini ekranlashtirgan kinorejissyorlar ijodini inkor etmoqchi emasiz, aslo. Zotan, Yusuf Roziqov, Ja- 2 Аъзам Э. Танҳо қайиқ: киноқиссалар. –Тошкент: Шарқ НМАК, 2017. – Б. 5. 102 Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature hongir Qosimov, Bahodir Odilov, Ayyub Shahobiddi- nov kabi turli avlodga mansub kinorejissyorlar milliy kinematografiyamizda Erkin A’zam fenomeni kashf etilishiga ozmi-ko‘pmi hissa qo‘shishdi. Ayniqsa, ustoz adibimiz kino san’atiga kirib kelishi va muvaf- faqiyatlarga erishmog‘ida atoqli kinorejissyor Yusuf Roziqovning xizmatlari beqiyos bo‘lganini ko‘p bor ta’kidlaydi. Bularning barini nazarda tutgan holda aytamizki, filmlar alohida mavzu, biroq mutolaadan olinadigan taassurot, tuyg‘ular bo‘lak. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling