Pirls-2006 tadqiqot topshiriqlarini baholash uchun topshiriqlarga javoblar va mezonlar kichik lo‘y bo‘lagi, vazifa
Download 491.34 Kb. Pdf ko'rish
|
3- daftar baholash
- Bu sahifa navigatsiya:
- KICHIK LO‘Y BO‘LAGI, 10 - VAZIFA (DAVOMI) 2 – Yetarli darajada tushunish
3 – Chuqur to‘g‘ri tushunish Ushbu ja voblar siz o‘qigan narsalaringizni chuqur va aniq tushunishingizni namoyish etadi. Matndan olingan ma’lumot umumlashtirilar ekan, o‘quvchi nima uchun loy bo‘lagining his-tuyg‘ulari hikoyaning oxirida o‘zgarganligi haqidagi tushunchasini asoslaydi. Javob mazmuni Javobda hikoyaning boshida va oxirida loy bo‘lagining hissiyotlari to‘g‘ri tasvirlab beriladi. Javobda uning his- tuyg‘ulari nega o‘zgarganligi haqida tushuntirish berilgan. Bundan tashqari, loy bo‘lagining his-tuyg‘ularini tasvirlashda yoki ularning nima uchun o‘zgarganligini tushuntirishda, javobda hikoyaning oxirida loy bo‘lagining o‘ziga bo‘lgan munosabati jihatlaridan birini tushunishni namoyish etadi: nimanidir o‘zgartirish / mamnunlik, foyda yoki go‘zallik / estetika ( quyidagi jadvalga qarang). Misollar: - Hik oyaning boshida loy bo‘lagi gamg‘in edi. Oxirida u mamnunlik tuyg‘usini his qildi chunki u chashkaga aylangan edi. - - Avvaliga u yolg‘iz edi va uning ishi yo‘q edi. Ammo hikoyaning oxirida u ish topgani uchun baxtli edi. [Izoh: boshida ishning yetishmasligi haqidagi ma’lumot hikoya oxirida qoniqish hissiga aylanadi.] - Boshida u xafa edi. Ammo oxirida u baxtli edi, chunki qiz uni chashkaga aylantirdi. [Izoh: “uni chashkaga aylantirdi”, kabi his-tuyg‘ularni, masalan, biror narsa bo‘lish istagi yoki foyda keltira olish istagi kabi tushunchalarni eslatib o‘tish mumkin.] PIRLS-2006 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR VA MEZONLAR 7 KICHIK LO‘Y BO‘LAGI, 10 - VAZIFA (DAVOMI) 2 – Yetarli darajada tushunish Ushbu javoblar o‘qigan narsalarini yetarli darajada tushunish imkonini beradi. Matnda keltirilgan so‘zlar va faktlarni umumlashtirib, o‘quvchi hikoyaning oxirida nima uchun loy bo‘lagining his-tuyg‘ulari o‘zgarganligini bilib oladi. Javob mazmuni Javobda hikoyaning boshida va oxiri da loy bo‘lagining hissiyotlari to‘g‘ri tasvirlab beriladi. Nima uchun ular o‘zgarganligini tushuntirish uchun, bu hikoyadan olingan ma’lumotlar javob sifatida kiritilgan. Biroq, loy bo‘lagining his-tuyg‘ularining ta’rifi yoki ular nima uchun o‘zgarganligini tushuntirish, hikoyaning oxirida loy bo‘lagining o‘ziga nisbatan his- tuyg‘ularining o‘zgar‘ganligiga oid birgina jihatni ham tushunmaydi: biror narsaga / qoniqish hissi, foyda yoki go‘zallik / estetikaga aylantirish. Misollar: - Hikoyaning boshida loy bo‘lagi gamg‘in edi. Ammo u qizchaning qilgan ishlari tufayli hikoya oxirida xursand bo‘ldi. - Boshida gamg‘in va so‘ngida baxtli edi, chunki qiz uni uyiga olib ketdi. Yoki javobda uning his- tuyg‘ulari faqat boshida yoki faqat hikoyaning oxirida tushuntiriladi va ayni paytda loyning o‘ziga nisbatan his-tuyg‘ularining quyidagi jihatlaridan birini tushunish namoyon etiladi: biror narsaga / qoniqish hissi, foyda yoki go‘zallik / estetikaga aylantirish (quyidagi jadvalga qarang). Misollar: - U baxtli, chunki undan biror narsa tayyorlashdi, u o‘zini shakli bilan fahrlanadi, u boshqa krujkalar bilan bir qatorda javonda to‘rganligidan fahrlanadi. - -U baxtli edi, chunki u foydali buyumga aylandi. - U hikoya boshida o‘ziga yoqmas edi lekin keyin qiz uni chiroyli narsaga aylantirdi. [Izoh. Javobda hikoyaning so‘ngida loy bo‘lagining his-tuygulari haqida hech narsa deyilmaydi.] Download 491.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling