PIRLS-2006 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA
JAVOBLAR VA MEZONLAR
8
KICHIK LO‘Y BO‘LAGI, 10 - VAZIFA (DAVOMI)
1
– Qisman tushunish
Ushbu javoblarda hikoyadagi
loy bo
‘lagining his-tuyg‘ulari qanday o‘zgarganligi
to
‘g‘risida cheklangan tushunchani ko‘rsatadi.
Javob mazmuni
Javobda hikoyaning boshida yoki so
‘ngida loy bo‘lagiining his-tuyg‘ulari
tasvirlanadi,
ammo hikoyadan bu his-tuyg
‘ular nima uchun o‘zgarganligini
tushuntiruvchi ma
‘lumotlar keltirilmaydi.
Misollar:
-
U hikoya b
oshida gamg‘in edi. Ammo u so‘ngida baxtli bo‘lgan edi.
-
Boshida u uni yaxshi ko‘rishlarini his qilmagan. Ammo so‘ngida his qildi.
-
U boshida xafa edi lekin so‘ngida mag‘rur. [Izoh. Hikoya so‘ngida loy
bo‘lagining nima uchun mag‘ruruligi to‘g‘risida javob mavjud emas.]
-
U yangi uyga o‘tganidan so‘ng o‘zini baxtli his qildi.
-
U boshida gamg‘in edi chunku uni yog‘och qutidan olishmagan edi.
-
U
hikoya so‘ngida baxtli bo‘ldi.
-
U boshida xafa bo‘ldi.
Yoki javobda loy bo‘lagi bilan sodir bo‘lgan o‘zgarishlar
haqida izoh beradi, bu
uning his-
tuyg‘ularini aks ettiradi: biror narsaga aylanish/qoniqish hissi,
foyda yoki go
‘zallik/estetika, lekin hikoyaning boshida yoki so‘ngida his-tuyg‘ular
haqida aytilmaydi.
Misollar:
-
U foydali narsaga aylandi.
0-Noto
‘
g‘
ri tushunish
Bu javoblarda hikoyada loy bo‘lagining his-tuyg‘ulari qanday o‘zgarganini
tushunmaslikni ko‘rsatadi.
Javob mazmuni
Javob
da hikoyaning boshida yoki so‘ngida loy bo‘lagining his tuygulari haqida
noto‘g‘ri yoki aniq bo‘lmagan tavsif beriladi. Ushbu his-tuyg‘ularning matnga
asoslangan izohi yo‘q.
Misollar:
-
U hikoya boshida xursand v
a so‘ngida xafa edi.
-
U qurib qolishdan qo
‘
rqardi. [Izoh. Bu tuyguni loy bo‘lagi
hikoyani
o‘rtasida his qilgan edi.]
-
U baxtli bo‘ldi. [Izoh. U bu tuyg‘uni qachon
boshdan kechirganligi -
voqeaning boshida yoki so‘ngida ko‘rsatilmagan.]
Do'stlaringiz bilan baham: