Nazorat savollari
1. Qanday materiallardan ekstruder yordamida buyumlar olinadi?
2. Polimerlam i ekstruziyalash jarayonining asosiy mohiyati nim adan
iborat?
3. Ekstruziyalashda qanday jarayonlar kechadi?
4. «Yeng» puflash usuli bilan plyonka olish texnologik sxem asini
tushuntirib bering.
5. Quvur olish uchun q oilaniladigan qolipning tuzilishini tu shu n
tirib bering.
6. Ikki shnekli ekstruder qanday ishlaydi va u qanday qo‘llaniladi?
7. T o ‘g‘ri va teskari oqim , siljish oqim lari deb qanday oqim larga
aytiladi?
8. Siqish darajasi deb nimaga aytiladi?
50
7-BUB. BOSIM OSTIDA QUYISH TEXNOLOGIYASI
7.1. Bosim ostida quyish haqida tushuncha
B o sim o stid a quyish u su li, asosan , term o p la stik p o li-
merlardan buyumlar olishda q o ‘llaniladi. Bu usul bilan buyum
olishda a w a lo polim er harorat ta ’sirida qovushqoq-oquvchan
holatga keltiriladi va uni yopiq quyish qolipiga uzatiladi. Qolipda
buyum qolip shaklini oladi va sovitish tufayli qotadi.
Bu usul bilan og'irligi bir n ech a gram m dan bir n ech a
qilogrammgacha bo‘Igan, devorining qalinligi 1—20 m m boMgan
buyumlar olish mumkin.
Bosim ostida quyish usuli maxsus avtomatlashtirilgan shnekli
quyish mashinalarida amalga oshiriladi. Quyish mashinalariga har
xil konstruksiyaga ega b o‘lgan maxsus quyish qoliplari o ‘rnatiladi.
Quyish mashinasining silindriga (12-rasm) bunkerdan granula
holidagi polim er tushadi. Silindr doim isitib turilganligi uchun
polim er aw a l yumshab, so ‘ngra qovushqoq-oquvchan suyuqlikka
aylanadi. Shneklar yordamida bosim tufayli soplodan (konussimon
naycha) o ‘tib, sovitilib turadigan qolipga keladi. Qolip ichidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |