Poetika (nafis san’a tlar haqida) axloqi kabir
Download 88.99 Kb.
|
POETIKA
ho» bu yerda «Hammaga tanish» ma’nosida kelyapti.
(9). Ba’zi (anglashilmovchiliklar) satr ustidagi zer-za- barlar o‘rni almashganidan kelib chiqadi. Fasoslik Gip- piy so‘zlarida shunday kilgan edi. (10). Ba’zi anglashilmovchiliklar tinish belgilarining o‘zgarib qolganligidan kelib chiqadi. «Boqiy zotlar endi o‘tkinchi, pok bo‘lganlar, avval nopokdir». (11). Ba’zi e’tirozlar so‘zning boshqa ma’nosini tushun- maslikdan kelib chikadi. Masalan, «tunning ikkidan ko‘p ulushi o‘tdi» jumlasida «ko‘p» so‘zi «to‘liq» ma’nosini bil- diradi. (12). Ba’zi e’tirozlar tilimizdagi qonuniyatlar bilan bog‘liq. Chunonchi, biz vinoga suv qo‘shilsa xam vino deymiz. Quyidagi misol xuddi shu ma’noda: «Qo‘rg‘oshin oyog‘ingni almashtirsang ham, yangini hadya etsang ham yurib ko‘raman». Temirchi ustalarni ham misgarlar deymiz. Shu ma’noda, «xudolar» vino ichmasa ham Ganimedni Zevsning «soqiysi» deyaveramiz. Ehtimol, bu so‘z ko‘chma ma’noda qo‘llanilgandir. Har holda biror so‘zda mantiqqa zidlik borday tuyulsa, mazkur gapda shu so‘z nechta ma’no anglatishi mumkinligini o‘ylab ko‘rish kerak. «Nayzani xuddi shu ushlab qoldi» degan gapdagi «ushlab qoldi» so‘zi nechta ma’noda keladi? Menimcha, shunday yo‘l tutish to‘g‘riroqdir. Ba’zilar esa teskari yo‘l tutishadi. Ba’zilar Glavkon aytganiday, o‘zlari (asar ^aqida) notugri tasavvurga borishadi, o‘zlari o‘sha tasavvur qilgan nar- salarini qoralashadi. so‘ngra ma’lum xulosa chikarishadi va o‘sha xulosa o‘zlarining fikriga to‘g‘ri kelmasa, shoirga ta’na qilib, falon-falon (yomon) fikrni aytibdi, deyi- shadi. Holbuki, bu o‘zlarining fikri bo‘ladi. Ikariy ^aqida ^am shunday (noto‘g‘ri) fikrga borishgan. Uni go‘yo lakoniyalik deb o‘ylashib, shu asosda nega u Lakademonga kel- ganida Telemax bilan uchrashmadiykin, deb ajablanishgan. Lekin voqea kefalleniyaliklar aytganiday bo‘lishi ham mumkin: Odisseyning xotini Kefalleniyadan bo‘lib (Penelopa- ning) otasi Ikariy emas, balki Ikadiy bo‘lishi ham mumkin. Chamasi shu xato tufayli e’tiroz kelib chiqqan. Ugmuman olganda, poeziyadagi mumkin bo‘lmaydigan narsani «hayotdagidan yaxshiroq» degan ma’noda yoki «hayot haqida odamlar shunday o‘ylashadi», degan ma’noda tushunish kerak. Chunki poeziyada mumkin bo‘ladigan narsani odam ishonmay- digan qilib tasvirlashdan kura, mumkin bulmaydigan narsani shdonarli qilib tasvirlash yaxshiroqdir. Chunonchi Zev- ksid tasvirlaganday odamlar hayotda bo‘lishi mumkin emas, ammo shunday bo‘lgani yaxshi, negaki, san’at asari ^ayotdagi nusxadan ko‘ra a’loroq bo‘lishi zarur. Poeziyada aql bovar qilmaydigan narsalarni esa «odamlar shunday deyishadi» degan ma’noda tushunmoq lozim. Yana shu ma’noda tushunish kerakki, aqlga to‘g‘ri kelmaydigan narsa xamisha ham aqlga nomuvofiq bo‘lavermaydi: axir «mumkin bo‘lmagan narsalar ham ko‘p sodir bo‘lishi mumkin». Mantiqqa zid gaplarni ham odamlarning o‘zicha o‘ylashlarini rad etganimizday tushun- tirish mumkin. Ya’ni, bir narsaning xuddi o‘zi aytilganmi, xuddi shu narsa haqida aytilganmi, xuddi shu yo‘l bilan ay- tilganmi — mana shular shoir o‘ziga qarshi chiqayaptimi, o‘z- o‘ziga qarama-qarshi chiqyaptimi — hammasiga javob beradi. Lekin agar shoir ^yech bir zaruriyatsiz ma’noga zid (Ev- ripidda Egeyning paydo bo‘lishiday) narsani yoxud axloqqa zid («Orest»dagi Menelayning tubanligi kabi) narsani tasvirlasa. uni chindan xam shunday narsalarni tasvirlagan deb ayblash asosli bo‘ladi. Demak, shoirga bildiriladigan e’tirozlar to‘rt xil buladi: (1) mumkin bo‘lmagan narsalarni tasvirlagani uchun; (2) aqlga zid narsalarni tasvirlagani uchun; (3) o‘z fikriga zid narsalarni tasvirlagani uchun; (4) san’at qoidalariga zid tasvirlagani uchun. Bu e’tirozlarni yuqorida aytilgan o‘n ikki jihatdan inkor etish mumkin. XXVI. TRAGEDIYaNING EPOSDAN USTUNLIGI Epik tasvir yaxshimi yoki tragik tasvirmi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Unchalik og‘ir bo‘lmagan asar, albatta yaxshi, u eng yaxshi tomoshabinlarga mo‘ljallangan. Hamma narsani aks ettiruvchi poeziya hamisha vazminroq bo‘ladi. Chunonchi, ba’zi ijrochilar, agar o‘zlaridan biron narsa qo‘shmasa, disk otayotganini ko‘rsatmokchi bo‘lib, pirillab aylanadigan «Ssilla» tragediyasini ijro etayotganida ko- rifeyga yopishib oladigan ba’zi bemaza naychilarga o‘xshab, mumkin qadar ko‘p harakat qilishmasa, tomoshabin tushun- may qoladi, deb o‘ylashadi. Ilgarigi aktyorlar keyingi aktyorlar avlodi xaqida shunday fikr bildirishadi. Masalan, avvalgi aktyor (Minnisk) keyingi davr aktyori Kalli- pidni ijroda oshirib yuborgani uchun maymun deb atagan edi. (Aktyor) Pindar hahida xam shunday fikr bor edi. (Epos tarafdorlari) tragediya haqida ham shu kabi fikrlarni ay- tishadi. Kallipid va Pindar kabi aktyorlar keyingi avlod- ga mansub bo‘lganiday, butun tragediya san’ati eposga nisbatan yengilroqdir, deyishadi epos tarafdorlari. Epos tarafdorlari, — olijanob odamlarga mo‘ljallangan. Epos aktyorlarning masxarabozlarcha imo va harakatlariga zor emas, tragediya san’ati esa avom uchun chiqarilgan, deyishadi. Ammo, birinchidan, bu tanqid poeziyaga emas, aktyorlik san’atiga daxldordir. Oshiqcha qiliqlar rapsodda ham uch- rashi mumkin. Masalan, Sosistrat shunday bo‘lgan. Yarash- magan qiliqlarni lirik qo‘shiqlar ijrochisi opuntlik Mnasifey ham qilar edi. So‘ngra, (ikkinchidan) umuman gavda harakatlarini inkor qilish to‘g‘ri emas. Aks holda raqsni ham rad etish kerak bo‘ladi. Biroq iste’dodsiz aktyorlarning gavda harakatlarini inkor etish kerak, albatta. (Il- gariroq) Kallipidni ham, boshqa aktyorlarni ham erkin ayol- larni o‘xshatib o‘ynayolmagani uchun tanqid qilingan va hozir xam tanqid qilinmoqda. (Uchinchidan) tragediya ^ar kanaqa (ortiqcha) harakatlar- siz xam o‘z vazifasini epopeyaday bajara oladi. Tragediya- ni o‘qiganda ham uning qandayligini bilish mumkin. Shuning uchun ham tragediya barcha jihatlardan ustun ekan, bu tanqidni rad etish mumkin. Qolgan barcha sohalarda tragediya yuqori mavqega ega. (Birinchidan) Epopeyada bor xamma narsa tragediyada ham bor: u epopeyaning vaznidan foydala- nishi mumkin; muzika va teatr jihozlari ham uning bir- muncha qismini tashkil etadi. Shu tufayli odamlar juda katta lazzat oladilar. (Ikkinchidan) tragediya o‘qilganda ham, (saxnada) qo‘yilganda ham chukur taassurot qoldiradi. (Uchinchidan) tragediya o‘z maqsadiga ancha kichik hajm bilan erisha oladi — uzoq vaqtga cho‘zilgan barcha narsalardan ko‘ra muayyan bir joyga yig‘ilgan narsalar yoqimliroq taassurot koldiradi. Aytaylik, mabodo kimdir Sofoklning «Edip»ini xuddi «Iliada» kabi qo‘shiqlarga (boblarga) solib yozib chiqsa nima bo‘lar edi? Nihoyat, (to‘rtinchidan) epopeya tasvirlarida yaxlitlik kam bo‘ladi (buning isboti shuki, har qanday poemadan bir necha tragediya chiqarsa buladi), shuning uchun agar epik shoirlar faqat bir rivoyat bilan cheklansalar, ularning asarlari yo vohealar bayonining ixchamligi tufayli nisbatan qisqa, yoki vazni cho‘zilib ket- sa — sersuv bo‘lib koladi... Agar (poema) «Iliada» va «Odisseya» kabi, bir necha voqealardan tashkil topsa, ular bir necha qismlardan tashkil topadiki. bularning har biri o‘ziga yarasha hajmga ega bo‘ladi. To‘g‘ri, bu ikkala poema iloji boricha go‘zal yozilgan va yagona voqeaning a’lo daraja- dagi tasviri bo‘la oladi. Shunday qilib, agar tragediya yuqorida aytilgan barcha ji^atlardan a’lo ekan, buning ustiga o‘z san’ati bilan ham ta’sir etar ekan, tragediya ham, epos ham ^ar kanday emas, balki biz aytganday lazzat bag‘ishlar ekan, demak, o‘z-o‘zi- dan ravshanki, tragediya epopeyaga nisbatan maqsadga muvo- fiqroq bo‘lgani uchun ham undan a’loroqdir. Download 88.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling