esa yuqoridagi harflar bilan, shuningdek, (A), N, (R) Ye bilan
tugaydi.
XXP. SUZ TANLASh
Tuban bo‘lmagan, tushunarli nutq qimmatli nutqdir. Eng
tushunarlisi hamma ishlatadigan so‘zlardan tuzilgan nutq-
dir. Ammo bunday nutq tuban bo‘ladi. Masalan, Kleofont
va Sfenel poeziyasi shunday. Munosib va ko‘p ishlatilma-
gan ifoda kutilmagan, g‘alati so‘zlardan foydalanish orqa-
li kelib chiqadi. Men ko‘p qo‘llaniladigan xamma so‘zlardan
boshqasini; noyob so‘zlar, metafora, cho‘zilgan va boshqa
so‘zlarni g‘alati deb atayman. Lekin kimdir butun nutqni
shunday asosda tuzsa yo topishmoq. yo varvarizm kelib chikadi.
Ko‘chma so‘zlar, metaforalardan tashkil topsa, topish-
moq, noyob so‘zlardan tashkil topsa, varvarizm yuzaga keladi.
Amalda topishmoqning moxiyati xaqiqatan mavjud
bo‘lgan narsa to‘g‘risida so‘zlash, shu bilan birga, butunlay
mumkin bo‘lmagan narsalarni birlashtiriщdir. Bunga (ko‘p
qo‘llaniladigan) so‘zlar vositasida erishib bo‘lmasa, meta-
foralar orqali mumkin, masalan:
«Qalqon bilan insonni olov-la biriktirgan
Erni kurdim men».
Va boiщalar. Noyob so‘zlardan esa varvarizm paydo buladi.
Shunday ekan, bu ifodalarni kanday bo‘lmasin, qorish-
tirish lozim: bir tomondan noyob, ko‘chma ma’nodagi, bezak
va boshqa qayd qilingan so‘zlar nutqni siyqa va tuban
bo‘lishdan saqlasa, boiщa tomondan ko‘p qo‘llanadigan so‘zlar
(unga) aniqlik beradi. Ifodaning aniq, ravshan va ajo-
yib bo‘lishini ta’minlashda uzaygan, qisqargan va o‘zgar-
gan so‘zlar xam samarali ta’sir qiladi. Bunday so‘zlar, ko‘p
qo‘llaniladigan so‘zlar, nisbatan, odatdagidan o‘zgacharoq
bo‘lib, boshhacharoq eshitiladi va shuning uchun nutqni siy-
qalashtirmaydi, odatdagi so‘zlar bilan mushtarak bo‘lgani
uchun unga aniqlik kiritadi.
Shu ma’noda ba’zilarning e’tiroz bildirib, bunday so‘z
ko‘llashni tanqid qilishlari va komediyalarda shoirlar ustidan
kulishlari adolatdan emas. Katta Evklid unli to-
vushlarni o‘z xohishimcha uzaytirishga ruxsat etsalar, she’r
yozish uncha qiyin ish emas, deb shoirlarni tahqir qilgan
edi. Bu ifoda usulini tahqir etib, u o‘zi topgan bo‘g‘inlar-
da she’rlar ham yozdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |