Poetika (nafis san’a tlar haqida) axloqi kabir
E — epixarni men Ma-arafon yo‘lida ko‘rdim
Download 88.99 Kb.
|
POETIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Oyogim suyagin yara yeydi abadiy»
- «Nima Meni arzimas taviya, arzimas kiish...»
E — epixarni men Ma-arafon yo‘lida ko‘rdim...
U — uning popu k guli me-yenga yoqmaydi... Har ^olda bunday ifoda usulidan beme’yor foydalanish kulgili, zero, xamma vakt ifodaning turlarida meyor bo‘li- shi lozim. Haqikatan metafora, noyob so‘zlar va boshqa so‘zlardan kulgi qo‘zg‘atish maqsadida, didsiz va ataylab foy- dalangan kishi Evklidsek ta’sirchanlikka erishgan bo‘lur edi. Lekin (bu ifodalarning) o‘rinli qo‘llanilishi butunlay bosh^a masala. Epik poeziyada vaznga solingan noyob so‘zlar, metafora va ifodaning boshqa shakllarini ko‘p ko‘llaniladigan so‘zlar bilan almashtirib ko‘rgan har qan- day kishi bizning so‘zlarimizning adolatli ekanligiga ishonadi. Masalan, Esxilda xam, Evripidda ham yambda bi- tilgan bir xil she’rlar bor. Ammo shu she’rdagi birgina ko‘p qo‘llaniladigan so‘z o‘rniga noyob so‘z almapggirib qo‘yilsa, bir shoirning she’ri go‘zal, boshqasiniki dag‘al ko‘rinadi. Esxil «Filoktet»ida: «Oyogim suyagin yara yeydi abadiy», — deydi. Evripid esa «yeydi» o‘rniga «maza qilib yeydi»ni qo‘yadi. Xuddi shuningdek: «Nima? Meni pakana, taviya, zaif odamcha...» misrasi o‘rniga kimdir ko‘p ho‘llaniladigan so‘zlar bilan: «Nima? Meni arzimas taviya, arzimas kiish...» deyishi yoki: «Unga ko‘rimsiz kursы va mitti stolpi surib» misrasi o‘rniga kimdir: «Unga xunuk kursы va kichik stolni surib» deyishi mumkin. Yoki «qirg‘oq uvlaydi» birikmasi o‘rniga «qirg‘oq qich- qiradi» desa ifoda o‘zgaradi. Arifrad xech kim tomonidan suhbatda ham qo‘llanmaydigan... kabi ifodalardan foyda- langanliklari uchun tragiklarni masxara qiladi. Aslida shunga o‘xshash ifodalar kam qo‘llanilgani uchun nutqdagi sayqallik yo‘qoladi. Mazaxchi esa buni bilmaydi. Ko‘rsa- tilgan (ifoda usullarining) hammasidan, murakkab va noyob so‘zlardan, ayniqsa, ko‘chma so‘zlardan o‘rinli foydalanish- ning a^amiyati katta: faqat boshqalardan ko‘chirib ishla- tish yaramaydi. Ko‘chimlarni mohirona ishlatish iste’dod belgisi, yaxshi metaforalar kashf etish uchun narsalardagi o‘xshashlikni payqash zarur. Murakkab so‘zlar ko‘proq difiramba uchun, noyob so‘zlar qahramonlik she’rlariga, metaforalar esa yamb she’rlariga mos keladi. Darvoqe, yuqorida sanab o‘tilgan so‘zlarning hammasini qahramonlik haqidagi she’rlarda qo‘llansa bo‘ladi. Jonli tilda foydalaniladigan ^amma so‘zlar yambdagi she’rlarga mosdir, chunki bu (she’rlar) xu- susan (jonli) tilga taqlid etadi, ko‘p qo‘llaniladigan so‘zlar, metaforalar va bezovchi sifatlashlar shundaydir. Shunday qilib, tragediya to‘g‘risida va xarakat orqali aks ettirish x4aqida aytilganlar bilan chegaralanamiz. Download 88.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling