Poetika (nafis san’a tlar haqida) axloqi kabir


Download 88.99 Kb.
bet12/19
Sana24.12.2022
Hajmi88.99 Kb.
#1059340
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
POETIKA

Tragediyaning turlari
Tragediyaning turlari to‘rtta (qismlari ham shuncha deb
ko‘rsatilgan edi): 1) murakkab to‘qimali tragediya, bunda
hamma narsa keskin o‘zgarish va bilib qolishga asoslanadi;
2) iztiroblar tragediyasi. Ayant va Iksion haqidagi asar
kabi; 3) xarakterlar tragediyasi. «Ftiotidalar», «Peley»
kabi; 4) ajoyibotlar tragediyasi. «Forkidalar», «Prometey
» va voqealari Aidda yuz beradigan barcha tragediyalar
ham shu turga kiradi. Eng yaxshisi, mana shu xususiyatlar-
ning hammasini biriktirishdir, agar buning iloji bo‘lma-
sa, ayniksa, shoirlarga nohaq hujum boshlangan ^ozirgi
paytda bu xususiyatlarning ko‘prog‘i va muhimrog‘ini tan-
lash kerak. Ilgarilari tragediyaning har qanday sohasi
bo‘yicha (ustod) shoirlar bor edi, xozir esa bir shoirdan
ularning hammasini orqada qoldirishni talab etishyapti.
Yana tugun va yechim ha^ida
Biz tragediyalarni rivoyat (tuzilishi)ga qarab turli xil
yoki bir xil deyishga haqlimiz. Ya’ni tugun va yechim bir xil
bo‘lgandagina tragediyalarda ham birxillik yuzaga keladi.
Ba’zi (shoir)lar tugunni yaxshi tugishadp. biroq yechimni
udsalay olishmaydi, xolbuki, ikkalasiga xam mohir bo‘lish
kerak.
Bir va kup fabulali tragediyalar
Avval ham necha qayta ta’kidlanganidek, epik tarkibli
(ya’ni ko‘p rivoyatlardan tashkil topgan) tragediyalar yozish
kerak emasligini unutmaslik kerak. Masalan, biron-bir
shoir tomonidan tragediya uchun «Iliada» rivoyatini yaxlit-
ligicha qamrab olish o‘rinsizdir. Eposda umumiy kenglik
bo‘lgani uchun xar bir kiem o‘ziga yarasha xajmga ega bo‘ladi.
Dramalarda esa shoir o‘ylaganiday bo‘lmaydi. Qanchadan-
qancha shoirlar «Ilionning qulashi»ni yoki «Nioba»ni to‘li-
g‘icha ko‘rsatishga intilib, muvaffakiyatsizlikka uchrashi,
musobaqalarda yengilishi buning isbotidir. Hatto Agafon
ham faqat shu sababdan muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Fa-
qat Evripid «Ilionning qulashn»ni. Esxil esa «Nioba»-
ni qism-qism qilib ko‘rsatganlari uchun muvaffaqiyat
qozondilar va musobaqalarda yengib chiqdilar. Holbuki ana
shu (tragik shoir)lar fojiiylikni va (hech bo‘lmasa) oda-
miylikni keskin o‘zgarishlar — peripetiyalar va oddiy vo-
qealar orkali a’lo darajada ko‘rsata olar edilar. (Oda-
miylik deganda Sizif kabi aqlli, lekin nuqsonli odamning
aldanishi yoki jasur, lekin adolatsiz kishining yengilishi
ko‘zda tutiladi. Chunki unisi ham, bunisi ham ehti-
mollikdan uzoq emas. Agafon aytganday, «ko‘pgina g‘ayri-
tabiiy narsalarning xam yuz berishi tabiiydir».)

Download 88.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling