Poetika (nafis san’a tlar haqida) axloqi kabir
Xarakterlarning izchilligi .ha^ida
Download 88.99 Kb.
|
POETIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xarakterlarning ^ayotiyligi xasida
Xarakterlarning izchilligi .ha^ida
Xarakterlarda ham, voqealar tarkibida ham doimo zarur yoki ehtimollikni izlash kerak, ya’ni kimdir qaysidir gapni, yo ishni zaruriyat tufayli, yoki ehtimol tutilgani- day gapirsin, yo bajarsin xamda qandaydir voqea boiщa voqea tufayli zaruriyat taqozosi bilan yoxud ehtimol tu- tilganiday sodir bo‘lsin. Binobarin, tabiiyki, rivoyat yechimi ham asar voqealarining o‘zidan kelib chiqishi kerak. «Medeya» va ba’zi asarlardagiday yoxud «Iliada» asaridagi qirg‘oqdan suzib ketish kabi asar yechimi texnika yordamida ^al qilinmasin. Fakat dramadan tashqarida sodir bo‘ladigan voqealar- da, avval yuz bergan voqealarni yoki odamzod bilishi lozim bo‘lmagan voqealarni, yoxud keyinroq yuz beradigan va (xu- dolar tomonidan) bashorat qilinishiga, vahiy keltirili- shiga bog‘liq narsalarni ko‘rsatishdagina texnikadan foydalanish mumkin, chunki biz xudolar hamma narsadan ogoh, deb ishonamiz. Zotan, voqealarda xarakterlardagi kabi mantiqqa zid hech narsa bo‘lmasligi kerak, aksincha, mantiqqa zid voqealar chindan ham tragediyadan tashqariga ko‘chirila- di, masalan, Sofoklning «Edip»ida shunday. Xarakterlarning ^ayotiyligi xasida Modomiki, tragediya bizdan ko‘ra yaxshiroq odamlarni gavdalantirar ekan, demak, biz odamlarning o‘ziga xos xu- susiyatlarini tasvirlashda mavjud kishilarga monand va ayni vaktda chiroyliroq qilib ishlaydigan yaxshi portret ustalaridan o‘rnak olishimiz kerak. Shoir ham xarakteri- da jahli tezlik, beg‘amlik va shu kabi kamchiliklari bo‘lgan odamlarni tasvirlar ekan, ularni qanday bo‘lsa shunday (ja^ldor, beg‘am qilib) va ayni chog‘da go‘zal odam qilib ko‘rsatadi. Xarakterdagi shafqatsizlik xislatiga Agafon va Homer yaratgan Ahill misol bo‘la oladi. Demak, (xarakter tasvirida) barcha aytilganlarga amal qilish zarur. Bundan tashqari, poeziyadagi noto‘g‘ri taassurot qoldiruvchi qusurlar haqida ham o‘ylab ko‘rish kerak, chunki bu masalada ham shoir ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Ammo bu xildagi xatolar haqida asarlarimizda yetarli fikr aytgan- miz. Bilib qolish nimaligi xususida oldin to‘xtalgan edik. Bilib qolishning turlari esa tubandagilardir. Birinchi va eng oddiysi — shoir yetarli badiiy vositalarga muh- tojligidan (tashqi) belgilardan foydalanadi. Bular ba’zan tabiiy belgilar buladi. (Karkin «Fiest» asarida tas- virlagan «Yer farzandlarining nayzasi» yoki u qo‘llagan «yulduzlar» shunday. ‘ Go^o bunday belgilar tabiiy, tug‘ma bo‘lmaydi. ba’zilari odamning o‘zida (masalan, chandiqlar), ba’zilari odam bilan birga (masalan, marvarid shodasi yoki «Tiro»dagi kabi tog‘oracha bo‘lishi mumkin). Ammo bunday vositalardan yaxshiroq ham, yomonroq ham foydalanish mumkin. Chunonchi, bir o‘rinda enagasi Odissey oyog‘ini yuvayotga- nida chandig‘idan bilib qoladi, boshqa o‘rinda esa cho‘chqabo- qarlarga Odissey o‘zini tanitish uchun chandiqni o‘zi ko‘rsa- tadi. (Oxirgi misoldagiday). Belgilar fakat odamning kim- ligini aniqlash uchun yoki shunga o‘xshash holatlar uchun ish- latilsa badiiyligi kamroq bo‘ladi. Ular keskin o‘zgarish jarayonida (oyoq yuvishi saxnasidagiday) o‘z-o‘zidan zohir bo‘lsa, badiiyligi ziyodroq bo‘ladi. Bilib qolishning ikkinchi ko‘rinishi shoir tomonidan to‘qib chiqarilgan, shuning uchun badiiylikdan yiroqdir. «Ifigeniya»da Orest o‘zini xuddi shunday usul bilan bildirib qo‘yadi: Ifigeniya bu o‘rinda o‘zini xat yordamida tanitadi. Orest esa rivoyat voqeasidan kelib chiqib gapirmay, shoir istagi bilan ga- piradi. Shuning uchun bunday bilib qolish muvaffaqiyat- siz bo‘lib, yuqorida aytilganlardan farq kilmaydi. Xuddi shuningdek, Orest o‘zida belgisi bo‘lganida xam xuddi shunday holatda badiiy zaif bo‘lur edi (Sofoklning «Terey»i- dagi «to‘quvchi mokisining ovozi»ga taqqoslab ko‘ring)/ Uchinchisi — xotiralar orqali bilib qolishdir. Odam biror manzarani ko‘rganida nimadir esiga tushib, ^ayajon- lanib ketadi. Dikeogenning «Kipriyaliklar» asarida (qa^ramon) bir suratni ko‘rib yig‘lab yuboradi. «Alkinoy huzuridagi xikoya»da esa qahramon kifarachining kuyini tinglab, (boshidan kechgan) vo^yealar esiga tushib, ho‘ngrab yig‘lab yuboradi. Shu orkali ikkisi bilib qolinadi. To‘rtinchi xil bilib qolish xulosa chiqarish orqali sodir buladi. «Xoeforalar»da shunday: «(Menga) o‘xshash kim- dir keldi, menga faqat Orest o‘xshar edi, demak, Orest kelgan ». Sofist Poliid asarida ham shunday, unda Orest sing- lisi qurbonlikka berilganiday, uzi ham shu qismatga uch- rayajagi haqida tabiiy ravishda o‘ylaydi. Feodektning «Ti- dey»ida ham (qahramon) «o‘g‘limni izlab kelgan edim, mana o‘zim o‘lyapman», deb o‘ylaydi. «Finey qizlari»da ham ayol- lar bir joyni ko‘rganlarida, shu joyda kemadan tushiril- gan edik, shu joyda o‘lib ketsak kerak, deb o‘z qismatlari haqida xulosa chiqarishadi. Yana (beshinchi xil) murakkab bilib qolish ham bo‘ladi, unda qahramon suxbatdoshining yolg‘on xulosasi orqali o‘zini tanitib qo‘yadi. «Odissey — soxta xabarchi»da bir odam (o‘zi ko‘rmagan) yoyni taniyman, deydi. Boshqasi «suxbatdoshim yoyni (ko‘rgan ekan) taniy- di», degan yolg‘on xulosa chikaradi. Ammo eng yaxshi bilib qolish voqealarning o‘zidan kelib chiquvchi va tabiiyligi bilan hayratga soluvchi (oltin- chi xil) Sofoklning «Edip»i va «Ifigeniya»dagiday holat- dir. Voqea shu qadar ishonarliki, Ifigeniya maktubni (uyi- ga) berib yubormokchi bo‘ladi. Faqat ana shunday bilib qolishlar turli to‘qib-chatilgan belgilarga va marjonlar- ga muxdoj bo‘lmaydi, ikkinchi o‘rinda esa xulosa yordamida bilib qolish turadi. XVII. JONLI TASAVVUR Shoir fabulani tartibga solib va uni so‘z bilan ifo- dalayotganida, iloji boricha, voqealarni ko‘z o‘ngida jonli tasavvur qilishi kerak; ana shunda shoir go‘yo voqealarda o‘zi qatnashganday bo‘ladi, barcha zarur tasvirlarni izlab to- padi va xech qanday mantiqsizlikka yo‘l qo‘ymaydi. Bunga isbot sifatida Karkin asaridagi kamchilikni ko‘rsatish mumkin. Asarda Amfiaray ibodatxonadan chikadi, biroq bu uni ibodatxonaga kirganini ko‘rmagan tomoshabin uchun mantiqsiz bo‘lib qoladi, shuning uchun tomoshabinlar no- rozi bo‘lishdi, drama esa muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Hatto imo-ishoralar ham iloji boricha ifodalashga xizmat qilishi kerak. Ehtiroslarining tabiati bir xil bo‘lgan qahramonlarni tasvirlagan shoirlar ko‘proq ishonchga sa- zovor. O‘zi hayajonlana oladigan shoir tomoshabinlarni hayajonlantira oladi, o‘zi g‘azablana oladigan kishi tomoshabinlarni ham g‘azablantira oladi. Shuning uchun poeziya — iste’dodli yoki majnunsifat insonning qismatidir. Iste’dodli odamlar ruxan juda ta’sirchan, majnunsifat- lari esa jazavaga moyil bo‘ladilar. Download 88.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling