Poetika (nafis san’a tlar haqida) axloqi kabir
Fabula va uning mu^imligi
Download 88.99 Kb.
|
POETIKA
Fabula va uning mu^imligi
Biroq bu qismlardan eng muxim i — voqealar oqimi- dir. Chunki aslida tragediya, kishilarni tasvirlash emas, balki harakat va hayot, baxtlilik va baxtsizlikni tasvir- lashdir, baxt va baxtsizlik esa, doimo inson (xarakteri) va qilmishidan bo‘ladi. Tragediyada aks ettirishning maq- sadi ham qandaydir fazilatni emas, biror voqeani talkin etishdir. Xarakter kishilarga fazilat baxsh etadi, fakat biror voqea oqibatidagina ular baxtli va baxtsiz bo‘lish- lari mumkin. Tragediyada harakat faqat xarakterlarni tasvirlash uchungina amalga oshirilmaydi, ular (xarakterlar) xatti-harakat orqali ko‘rsatiladi xolos. Shunday kilib, tragediyaning asosiy maqsadini fabula, voqea tashkil etadi, maqsad esa hammasidan muhimdir. Bundan tashqari, tragediya voqeasiz yashay olmaydi, xarakterlarsiz esa yashay oli- shi mumkin. Masalan, yangi t^agediyalarning ko‘pchiligida xarakterlar tasvirlanmaydi. Umuman rassomlardan Zevk- sid va Polignot bir-biridan qanday tafovut qilsa, ko‘pchi- lik shoirlar xam o‘zaro shunday farqlanadilar. Polignot haqiqatan ham xarakterlarni a’lo darajada chizguvchi e^i. Zevksid asarlarida esa xarakterlar mutla’; uchramaydi/ So‘ngra, kimki ataylab ko‘plab xarakterli, o‘zgacha iboralar, ajoyib ifoda va fikrlarni qalashtirib tashlasa, u tragediya oldiga qo‘yiladigan vazifani bajara olmaydi, ammo shulardan oz darajada foydalangan, birok rivoyat va voqealar oqimiga ega bo‘lgan tragediya o‘z vazifasini nisbatan yaxshiroq amalga oshiradi. Tragediyaning ruxni maf- tun etuvchi qismlari — peripetiyalar, ya’ni burilish nuq- talari va rivoyat-voqea qismlaridadir. Yana bir dalil. Tragediya yozmoqchi bo‘lgan ijodkor eng avvalo til, nutq va xa- rakterlarda muvaffaqiyat qozonishi mumkin (voqeada esa — keyin). Qadimgi shoirlarning deyarli barchasi shunday/ Shunday qilib, tragediyaning boshlanishi, uning qalbi voqea bo‘lib, xarakterlar esa ikkinchi o‘rinda keladi. Ras- somlikda ^am xuddi shunga o‘xshash holni ko‘ramiz. Kimdir eng yaxshi bo‘yoqlarni chaplashtirib tashlagani bilan kishiga oddiy suratchalik zavq bera olmaydi. Buning ustiga tragediyaning inson qalbini musaffolantirishiga qaraganda ham eng zaruri voqea qismining mohiyati — kutilmagan xolat- lar va sirning ochilishidir. Tragediyaning uchinchi qismi fikr teranligidir. Bu siyo- sat va notiqlik san’atidagi kabi, ishning mohiyati va sha- roitlariga taalluqli bo‘lgan narsani so‘zlay olish mahora- tidir. Qadimgi shoirlarda shaxslar siyosatdonlardek gapir- sa,^ozirgilarda esa notiklar sifatida tasavvur qilina- di.” Inson maylining nimadadir namoyon bo‘lishi, kimning nimanidir afzal deb hisoblashi yo nimanidir yoqtirmagani — xarakterdir; yoki gapiruvchining nimani ma’hullashi, yoki yoqtirmagani aniq ifodalanmagan nutqda xarakter gavda- lanmaydi. Roya esa nimaningdir borligi yoki yo‘qligini is- botlash, yoxud umuman nimaningdir ifodalanishidir. So‘z bilan ifodalashning go‘rtinchi qismi nutq, ya’ni so‘z vosi- tasida mulohaza yuritishdir. Bu, yuqorida aytilganidek, vazndagina emas, nasriy nutqda ham bir xil ahamiyatga ega bo‘lgan so‘z orqali tushuntirishdir. Kolgan beshinchi, muzi- kali qism bezaklarning asosiysidir. Sa^naning jihozla- nishi — dekoratsiya esa qalbga ta’sir etsa ^am, biroq u poeziya san’atidan mutlaq tashqarida turadi va poeziyaga kam- ros taalluqlidir, chunki tragediyaning kuchi dekaratsiyasiz xam, aktyor (urni bezalmasa) xam seziladi. Buning ustiga yashs sahnani bezashda shoirlarga qaraganda dekorator san’ati” ko‘proq ahamiyatga molikdir. VII. TRAGEDIYaNING YaXLITLIGI Bu xususiyatlarni e’tirof etgach, voqealarning uyg‘un- lashuvi qanday bo‘lishi kerak, degan masalaga to‘xtalamiz, chunki bu tragediyada birinchi va eng zaruriy qismdir. Tragediya muayyan hajmga ega bo‘lgan, tugal va bir butun voqea- ning tasviri ekanligini e’tirof^,etdik.“ Chunki (ru^iyat- da) hajmsiz yaxlitlik ham bo‘ladiL Yaxlit narsa ibtidosi, o‘rtasi va intihosi bo‘lgan narsadir. Ibtido boshqa narsa- ning ketidan kelishi zarur bo‘lmagan, aksincha, tabiat qonu- niga ko‘ra, orqasidan nimadir keluvchi yoxud sodir bo‘luvchi narsadir; aksincha, intiho zaruriyat tufayli yoxud odatga ko‘ra, albatta, boshqa narsa ketidan keluvchi narsadir; undan keyin esa hech narsa bo‘lmaydi; o‘rta esa o‘zi boshqa nar- saning ketidan keluvchi va uning ketidan ham boshqa narsa- ning kelishiga asoslangan. Shunday qilib, yaxshi tuzilgan rivoyatlar duch kelgan joydan boshlanib, yana duch kelgan joyda tugamasligi, balki ko‘rsatilgan qoidalar asosida bo‘lishi lozim. Download 88.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling