Poetika (nafis san’a tlar haqida) axloqi kabir
Download 88.99 Kb.
|
POETIKA
Mahkam Mahmud Andijoniy,
Mirzo Ulugbek nomidagi O‘zbekiston Miumiu universitetы, falsafa kulliyotining mu darrisi SAN’AT VA ADAB NAZARIYaSINING ILK DURDONALARI Arastuning «Poetika» (Nafis san’atlar hahida) kito- bi jahonda yuzaga kelgan eng birinchi adabiyot nazariyasi- dir. Bu asar o‘z davrigacha shu sohada qilingan ishlarning eng mukammali hisoblanadi. Arastu barcha san’at turlari- ni poeziya deb atagan; poeziyaning drama, epos, lirika kabi turlari va ularning ko‘rinishlarini tushuntirgan. Uning- cha, poeziya asosida hayot turadi; shoir bo‘lib o‘tgan, bo‘layot- gan va bo‘lishi mumkin bulgan ^odisalarni aks ettiradi. Shoir hodisalarning o‘xshashini ijod etadi yoki hodisalar- ni qaytadan gavdalantiradi. Arastu poetik san’atning ijtimoiy-ma’rifiy moxiyatini to‘g‘ri angladi. U poeziya san’atining estetik-emotsional kuchini qadrladi. Estetik qarashlar keyinchalik mislsiz o‘sdi. Shuning uchun Arastu «Poetika»sidan adabiyotshunoslikka oid bo‘lgan hozirgi zamon qarashlarining hammasini ham qidiraverish to‘g‘ri emas. Hozir turli janrlarda yozilgan asarlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ham, tuzilishini ham, tor ma’noda, «Poetika » deb atalmoqda. Aslida poetika adabiyot nazariyasi darsliklarining bir qismi, bobi yoki masalasi emas. Hozir «Poetika» so‘zi o‘rniga «adabiyot nazariyasi» termini qo‘lla- nilayotir, poetika, keng ma’noda, nafis san’atlar nazariyasi demakdir. «Poetika» IX asrda suryoniy tiliga, 930-yilga yakin suryoniy tilidan arab tiliga tarjima qilingan edi. Abu Nasr Muhammad al-Forobiy (873-950) Arastu «Po- etika»si ta’sirida «Shoirlar san’ati qonunlari haqida risola» asarini yozdi. Bundan tashqari, Forobiyning «Po- etika»ga yozgan sharhlari ham uni tushunishda qimmatli ahamiyatga ega. Arastu «Poetika»si XII asrda Ibn Rushd (Averroes) tomonidan arab tilida bayon qilingan edi. Ayrim taniqli fors-tojik va o‘zbek klassik shoirlari al-Forobiy riso- lasi bilan, shuningdek, Arastu «Poetika»sining arabcha tarjimasi bilan tanish bo‘lishlari mumkin. Buni Alisher Navoiyning «Xamsa» va boshqa asarlaridagi poetika, qofiya, she’riy nutqning ohangdorligi. ta’sir kuchi, o‘lchov- dorligiga doyr bo‘lgan mulohazalaridan ham sezsa buladi. «Poetika»ni 1256 yilda Ibn Rushd bayonidagi arabcha tar- jimadan G. Alleman lotin tiliga, 1508 yilda venesiyalik G.Valla yunonchadan lotin tiliga tarjima k;ilib, nashr et- dilar. Arastuning «Poetika» asarini rus tiliga turli vaqtlarda V.K.Trediakovskiy, S.P.Sh yevыrev, B.I .O r- dinskiy. V.G.Appelrot, M.JI.Gasparov va boshqalar tarjima qilganlar. «Poetika»ning rus tilidagi namunalari ichida V.G.Ap- pelrotning 1893 yili kilgan tarjimasi o‘z aniqligi bilan mashhurdir. Moskvadagi GIXL nashriyoti 1957 yili bu tarjimani e’lon qildi. 1978 yilda Moskvadagi «Nauka» nashriyoti tomonidan asar M. L .G asparov tarjimasida qayta nashr etildi. Antik dunyoning buyuk olimi Arastuning era- mizgacha 336-332 yillarda yozgan bu ajoyib kitobi V.G.Appelrot hamda M.L.Gasparov tarjimalari asosida rus tilidan uzbek tiliga tarjima qilindi. Izoxlarni F.A.Pet- rovskiy, T.A.M iller. M .L.Gasparov, M .M .M axmudov, U.To‘ychievlar tuzgan. Oddiy kavslar tekst mazmuniga tegishli, burchakli havslar ilgari «Poetika» tekstidan tushib qolgan deb taxmin kilingan to‘ldirishlarni uz ichiga oladi, kvadrat qavslar ruscha tarjimaning ravshan bo‘lishi uchun tarjimon tomonidan kiritilgan so‘zlarni anglatadi. Qadimgi yunonchadan rus tiliga qilingan keyingi tarjima muallifi M.L.Gasparov asarning tushunilishini osonlash- tirish maqsadida bo‘limlar va boblarga shartli nom qo‘ygan. O‘zbekcha tarjima mualliflari ham ana shu nomlardan foy- dalanishgan. Arastuning Sharq mutafakkirlari, xususan Forobiy ijodiga ta’siri haqida qimmatli ma’lumotlar bergan us- toz sharqshunos Abdusodiq Irisovni minnatdorchilik bilan eslaymiz. Asarning I-XVII boblarini Markam Maxmudov, XVIII-XXVI boblarini Ummat To‘ychiev tarjima qil- gan. Najmiddin K O M I L O V , ____ ____________ filologiya fanlari doktori Download 88.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling