Poetika (nafis san’a tlar haqida) axloqi kabir


Poeziyaning tarak^iyoti va bo‘linishi


Download 88.99 Kb.
bet5/19
Sana24.12.2022
Hajmi88.99 Kb.
#1059340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
POETIKA

Poeziyaning tarak^iyoti va bo‘linishi
Poeziya shoirlarning shaxeiy xarakteriga muvofik ikki
turga bo‘linadi: chunonchi, jiddiyroq shoirlar go‘zal qiliq-
lar va unga monand kishilarni tasvir etadilar. Xuddi ol-
dingilari gimn va madh qo‘shiqlar yaratganidyok, keyingila-
ri dastlab hajviy qo‘shiqlar to‘qiydilar. Shoirlar Homer-
gacha ham ko‘p bo‘lgan bo‘lsa-da, biz Homerning «Margit»i va
shu xildagi asarlariga monand biron asarni ta’kidlay
olmaymiz. Mana shu she’rlarda eng qulay yamb o‘lchovi paydo
bo‘ldiki, u hozirgacha yambik (istex%zoli) vazn, deb ataladi,
chunki uning vositasida kishilar bir-birlariga istexzo
qilganlar. Natijada, qadimgi shoirlarning ba’zilari
qahramonlik vazni va ba’zilari yamblarning ijodkorlari
bo‘lib qoldilar.
Homer poeziyaning murakkab turida ham shu t^adar buyuk
ediki, u mukammal she’r ijod qilibgina qolmay, balki dramatik
tasvirlarni ^am yarata oldi. U masxaralashga emas,
kulgili narsaga dramatik pardoz berib, birinchi marta
komediyaning asosiy shakllarini ham bunyod qildi, binobarin,
«Iliada» va «Odisseya» tragediyaga qanchalik taalluq-
li bo‘lsa, uning «Margit»i komediyaga shunchalik monand-
dir. Tragediya va komediyalar vujudga kelganida esa, tabiatan
poeziyaning shu turlariga moyil bo‘lgan yambchilar endi
komik shoirlar, epiklar esa tragiklar bo‘lib qoldilar, chunki
mazkur shakllar avvalgilariga nisbatan ahamiyatliroq
va munosibroq edi.
Tragediyaning kamoloti
Tragediya uzining hamma ko‘rinishlarida, o‘z holicha va
teatr tomoshasi sifatida yetarli taraqqiyotga erishdimi
yoki yo‘kmi, hozir bu haqda to‘xtab o‘tirishning o‘rni emas.
Ilk paytlarda badihago‘ylik (improvizatsiya) yo‘li bilan
— difirambani boshlab berish va xozir ham ko‘p p щ ar -
larda yana qo‘llanilayotgan fall qo‘shiklarni boshlab berishdan
kelib chiqqan tragediya va komediya xos xususiyatla-
rini asta-sekin rivojlantirish yo‘li bilan bir oz o‘sdi.
Xullas tragediya ko‘p o‘zgarishlarni kechirgach, o‘ziga xos
tabiiy xususiyatlarini kashf etgan holda yetilib koldi.
Aktyorlar ishtiroki masalasiga kelganda, Esxil bitta aktyor
o‘rniga ikkita kiritdi, xor qismini ozaytirdi va
dialogni birinchi o‘ringa qo‘ydi, Sofokl esa aktyorlarni
uchtaga yetkazdi va dekoratsiyalar kiritdi. Kamolot masalasiga
kelganda shuni aytish kerakki, kichik afsonalar va
kulgili ifoda usulidan boshlanib, satirik tomoshalar
yo‘lini bosib o‘tgan tragediya allaqachon o‘zining ulug‘vor-
lik bosqichiga erishdi; uning vazni ham (troxaik) tetra-
metrdan yambga aylandi (dastlab tetrametrdan foydala-
nilgan vaqtlarda, poeziya asarlari satirik ruhda va
ko‘proq raqsga moyil edi, dialog tez rivojlangandan so‘ng
esa, bu xususiyat unga muvofiq keluvchi vaznni kashf etdi,
chunki yamb hamma vaznlar ichida jonli so‘zlashuv tiliga
eng yaqin bo‘lib qoldi. Biz bir-birimiz bilan qilgan su^-
batda juda ko‘p vaqt yamb bilan so‘zlashishimiz buning is-
botidir, gekzametr esa ba’zan nutq uyg‘unligi buzilgan-
dagina juda siyrak uchraydigan hodisadir). Nihoyat,
qo‘shimcha qismlarning ko‘pligi va tragediyaga zarur bo‘lgan
boshqa maxsus bezaklar haqida, biz yuqorida aytilganlar
bilan cheklanamiz, chunki xammasini batafsil tushuntirish
haddan tashqari mushkuldir.
V. KOMEDIYaNING MOHIYaTI VA TAKOMILL AShUVI
Komediya esa ta’kidlaganimizdek, yomon kishilarni butunlay
badnom qilish ma’nosida bo‘lmasa-da, gavdalanti-
rishdir, zero, kulgili holat xunuklikning bir qismi xolos.
Aslida, kulgili narsa — bu hech kimning dilini og‘-
ritmaydigan va xech kimga zarar keltirmaydigan ba’zi bir
nuqson va majruhlikdir. Misol izlab uzoqqa bormaslik
uchun shuni aytish kerakki, kulgili niqob azob (ifodasi)
siz, xunuklik va ayniganlikni tasvirlashdir.
Shunday qilib, tragediya sohasidagi o‘zgarishlar va ularning
aybdorlari bizga ayon, komediyadagi o‘zgarishlar esa
bizga noma’lum, chunki unga boshdanok e’tibor bermagan-
lar; xatto komiklar uchun xorni endigina arxont teatri
nisbatan kechikib bera boshladi, dastlab u havaskorlardan
tashkil topgan edi. “ U muayyan shaklga ega bo‘lgandan keyin
esa, uning ijodkorlarining nomlari eslana boshlandi.
Ammo niqobni, prologni kim kiritgan, aktyorlar miqdo-
rini kim orttirgan va boshka qator masalalar noma’lum
bo‘lib qolmoqda. Kulgili rivoyatlarni Epixarm va For-
miy yoza boshladilar. Bu kashfiyot dastavval Gresiyaga Si-
siliyadan o‘tdi, biroq Afina komiklaridan Kratet birinchi
bo‘lib yamb bilan she’r yozishni tashlab, nut^ (dialog) va
umumiy ruzdagi rivoyatlarni yarata boshladi.

Download 88.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling