Poetika (nafis san’a tlar haqida) axloqi kabir


Tragediyaning eposdan far^i


Download 88.99 Kb.
bet6/19
Sana24.12.2022
Hajmi88.99 Kb.
#1059340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
POETIKA

Tragediyaning eposdan far^i
Epopeya mu^im voqealar (shaxslar va xatti-harakatlar)-
ni aks ettirishga intilib, dabdabali vazndan tashkari barcha
sohalarda tragediyaga ergashdi. Epopeya tragediyadan vazn-
ning bir xilligi va bayon uslubi bilan, shuningdek, hajmi
bilan farqlanar edi. Zero, tragediya iloji boricha bir kun-
lik (yoki undan sal oshiqroq) vaqt doirasiga joylashishga
intiladi, epopeya esa vaqt jihatdan cheklanmagan, asosiy
farq mana shunda; darvo^ye, dastlab bu xususiyat tragediya va
eposlarda bir xil edi. Tragediyaning ba’zi qismlari epo-
peyaga mushtarak, ba’zi qismlari esa faqat o‘ziga xos xusu-
siyatlarga ega. Shuning uchun yaxshi bilan yomon tragediyani
farqlay oladigan kimsa eposlarning yaxshi-yomonini ham
ajrata oladi. Chunki epopeyada nima bo‘lsa, u tragediyada ham
mavjud, ammo tragediyada nima bo‘lsa, hammasi xam epopeyada
mavjud bo‘lavermaydi.
VI. TRAGEDIYa. UNING MOHIYaTI
Geksametrlarda tasvirlash san’ati va komediya haqida
keyinroq to‘xtalamiz. Hozir esa yuqorida aytilganlardan
muayyan mohiyati anglashiluvchi tragediya ^aqida mulohaza-
lar yuritamiz. (Mana bu ta’rif:) Tragediya m u ayyan h a j m -
li, t u r l i qismlari tu r l i ch a saysallangan t i l yordamida, bayon
v o s i ta s i d a emas, balki x a t t i - h a r a k a t orqali k o‘ r s a ti l a -
digan va i z t i r o b bilan inson r uhini poklovchi m u h i m va t u gaya
voqea tasviridir.
«Sayqallangan til» deganda men ritm, garmoniya va mu-
siqiylikka ega bulgan tilni nazarda tutaman. «Turli qism-
lari turlicha saykallangan» deganda esa, ba’zi qismlari
faqat vazn bilan, boshqa qismlari xwaM vazn, ham musiqiy-
lik bilan bezalgan nutq anglashiladi.
Tragediya. Uning unsurlari
Tasvirlash harakat orqali ifodalangani uchun zaruriy-
lik nuqtai nazaridan tragediyaning birinchi unsuri (yoki
qismi) manzara, ko‘rinish orastaligi bo‘ladi, undan keyin
ikkinchisi muzika qismi va uchinchisi tildir. Faqat ana
shu vositalar orqaligina aks ettirish sodir bo‘ladi. Til
deganda men asarning vazn qurilishini ko‘zda tutaman. Musina
qismi nimani anglatishi esa izohsiz ham ravshan-
dir.Shunday qilib, tragediya qilmish tasviri bo‘lib, u esa
muayyan xarakter va fikrlash tarziga ega bo‘lgan qahramon-
lar tomonidan amalga oshiriladi. (Xuddi shunga muvofiq
biz ularni qandaydir qilmishlar deb ataymiz). Tabiiyki,
bundan xatti-^arakatning ikki sababi — xarakter (tragediyaning
to‘rtinchi unsuri) va fikr — goya (beshinchi unsuri)
kelib chiqadi. Ana shu fikr va xarakterga muvofiq faol
shaxslar muvaffaqiyatga yoki muvaffaqiyatsizlikka uchray-
di. 17 Qilmish tasvirining o‘zi esa (oltinchi unsur) fabula
— voqeadir. Aslida rivoyat (mifos) deb men voqealar oqimi-
ni, xarakter deb esa, biz unday yoki bunday (fe’l-atvorni)
deb ataydigan ishtirok etuvchi shaxslarni nazarda tutaman.
Fikr (g‘oya) deganda ishtirok etuvchilarning nimanidir is-
bot qilishlari yoki o‘ziga xos muloxaza (xukm)lari angla-
shiladi.
Shunday qilib, har qanday tragediyada olti unsur mavjud
bo‘lishi kerak. Shunga muvofik tragediya unday yoki bunday
buladi. Bular — fabula, xarakterlar. til, fikr — g‘oya,
tomosha va muzika qismlari. Bu qismlardan ikkitasi (til
va muzika) tasvirlash vositalariga, bittasi (tomosha) —
tasvirlash usuliga, uchtasi (rivoyat, xarakterlar, g‘oya) tasvirlash
mazmuniga kiradi.

Download 88.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling