Poetika (nafis san’a tlar haqida) axloqi kabir


Download 88.99 Kb.
bet8/19
Sana24.12.2022
Hajmi88.99 Kb.
#1059340
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
POETIKA

Tragediya hajmi
So‘ngra, muayyan bo‘laklardan tarkib topgan, tartibli va
ayni chog‘da har kanday hajmga emas, balki muayyan hajmga
ega bo‘lgan mavjudot, ^ar qanday narsa go‘zaldir; go‘zallik
^ajm va tartibdan kelib chiqadi, haddan tashqari kichkina
bo‘lgan mavjudot go‘zal emas, chunki sezilar-sezilmas oz vaqt
ichida qaralganda uning barcha xususiyatlari aralashib ketadi.
Haddan tashqari katta narsa ham go‘zal emas, masalan.
o‘n ming stadiyali narsani bir nigohda qamrab olish mumkin
emas; ko‘ruvchilar uchun narsaning butunligi va yaxlit-
ligi yo‘qoladi. Shunday qilib, jonli va jonsiz go‘zal nar-
salar bir qarashda sezib olinadigan hajmga ega bo‘lishi
kerak, bas, shunday ekan, rivoyatlar ham oson esda qoladi-
gan xajmga ega bo‘lishi lozim. Rivoyatning uzunligini teatr
musobaqasi va (tomoshabinlarning) hissiy idrok eti-
shi nuqtan nazaridan ta’riflash poeziya san’atining ishi
emas. Agar o‘zishuvda yuzta tragediya ko‘rsatish lozim topil-
gan bo‘lsa, suv v akta asosida musobaqalashgan bo‘lur edilar,
ilgarnlari xaqiqatan xam shunday bo‘lgan deyishadi. Hajm
asarning moxiyatidan kelib chikadi. Har doim yaxshirok tu-
shuniladigan narsa hajman ham go‘zalroq bo‘ladi. Shu tarifa
oddiy ta’rif bersak, shunday hajm qoniqarliki,
uning ichida voqealar ham extimoliyat, ham zaruriyatga ko‘ra
to‘xtovsiz davom etadi, baxtsizlikdan baxtga yoki baxtdan
baxtsizlikka tomon keskin o‘zgarish bo‘lib turadi, deb ayta
olamiz.
VIII. VOQEA BIRLIGI
Rivoyat, ba’zilar o‘ylaganidek, bitta qahramon atrofi-
da aylansagina bir butun bo‘lavermaydi: chunki bir (shaxe)
bilan aloqador bo‘lgan cheksiz, son-sanoqsiz hodisalar yuz
berishi, xatto, ularning ba’zilari hech qanday butunlikka
ega bo‘lmasligi mumkin. Bir shaxe xatti-harakati xam xuddi
shunday ko‘p mikdorlidir. ulardan xech kanday yagona vokea
yaratib bo‘lmaydi.' Shuning uchun «Herakleida», «Feseida»
va shunga o‘xshash poemalarni yozgan shoirlar yanglishayotgan-
ga o‘xshaydi.' Ular Herakl bitta edi, (u haqda) rivoyat xam
bitta bo‘lishi darkor, deb o‘ylash mo^a. Homer, (o‘zga shoir-
lardan boshqa barcha sohalarda farqlanganiday) chamasi,
badiiy maxorati yoki tabiiy iste’dodi tufayli bu masala-
ga xam to‘g‘ri qaragan. U «Odisseya»ni ijod etganida,
qahramon nimalarni boshidan kechirgan bo‘lsa, xammasini,
masalan, u Parnasda kanday yarador bo‘lganini, urushga yordam
to‘plash vaqtida kanday qilib o‘zini jinnilikka solganli-
gini ko‘rsatmadi, chunki bu vokealardan birining orkasi-
dan boshqasi ro‘y berishi uchun hech kanday zarurat (yoki) ehti-
mollik yo‘q edi; ^a. u «Odisseya»ni, shuningdek. «Iliada»ni
ham biz aytgan ma’noda bir voqea doirasida yaratdi. Binobarin,
aks ettirishning uzi, boshqa muqallid san’atlarda-
gi singari, bitta (narsa)ga o‘xshatuvdir, shuningdek, rivoyat
ham bitta va ayni vaqtda yagona va yaxlit voqeaning tas-
viri bo‘lishi lozim. So‘ngra voqealarning qismlari shunday
joylashtirilishi zarurki, biron qism almashtiril-
ganda yo olib tashlanganda yaxlit narsa o‘zgarib ketsin, yo
^arakatga kelsin, chunki mavjudligi yo mavjud emasligi se-
zilmayoggan narsa butunning uzviy qismi bo‘la olmaydi.
IX. VOQEADA O‘ZIGA XOSLIK VA UMUMLAShMA
Aytilganlardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, shoirning
vazifasi ^aqiqatan bo‘lib o‘tgan voqea haqida emas, balki
sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan, demak, bo‘lishi taxmin etilgan
yo bo‘lishi zarur bulgan voqea haqida so‘zlashdir. Zero,
tarixchi va shoir bir-biridan biri vazn — nazmda, boshqa-
si esa nasrda yozishi bilan farqlanmaydi. (Axir Gerodot
asarlarini ham she’rga solish mumkin. Birok uning asarlari
xoh nazmda, xoh nasrda bo‘lsin, baribir tarixligicha
qolaveradi.) Ta ri xchi va sh oir sh u bilan t a fovu p i a n a diki,

Download 88.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling