Poetika (nafis san’a tlar haqida) axloqi kabir
Download 88.99 Kb.
|
POETIKA
ularning biri h a q i q a t a n bulgan, ikkinchisi esa bulishi m u m kin
bulgan voqea hatsida so‘zlaydi. Sh u n i n g uchun poeziya t a - r i x g a q a r a g a n d a f a l sa f i y r o s va j i d d i y r o q d i r : poeziya ko‘proq u m um iy, t a r i x esa alohida voqealarni tasvirlaydi. Poeziyada qandaydir xarakter e^timol yo zaruriyat tufayli bunday, yoki unday so‘zlashi, xarakat qilishi kerak. Mana shuni umumlashuv deyiladi. Poeziya qahramonlarga ism qo‘yish orqali umumiylikka intiladi. Endi, masalan, Al- kiviadning nima qilgani, unga nima bo‘lgani esa — bu yakka, alo^ida hodisadir. Komediyada shundayligi hech kanday shubha tug‘dirmaydi. Unda shoirlar ehtimollik qonunlari asosida voqea tuzib, qa^ramonlarga xo^lagan ismlarni qo‘yadi- lar, ular yambdan foydalanuvchi shoirlarga o‘xshab, ayrim shaxslar uchungina (hajv) yozishmaydi. Tragediyada nomlarni o‘tmishdan olishga rioya etiladi, buning sababi shuki, (fa- qat) sodir bo‘lish imkoniyati bor, ehtimol tutilgan voqea- largina ishonchli bo‘ladi. Ehtimolligi, yuz berish imkoniyati yo‘k voqealarga esa ishonmaymiz, yuz bergan narsa, shak- siz ishonchlidir, chunki u agar yuz berish imkoni bo‘lmagan- da sodir bo‘lmagan bo‘lur edi. Shunday bo‘lsa-da, ba’zi tra- gediyalarda bitta yo ikkita ism mashhur, qolganlari esa o‘ylab topilgan, ba’zilarida esa hgtto bitta xam mashxur nom yo‘q. Masalan, Agafonning «Gul»ida voqealar ham, nomlar ham bir yo‘sinda to‘qimaligiga qaramay, bu asar baribir shuh- rat qozonmoqda. Shunday ekan, tragediyaga asos bo‘ladigan an’anaviy rivoyatlarga markam yopishib olish shart emas. Bunga intilish haqiqatan kulgilidir, chunki hatto ayon bo‘lgan voqea oz kishilargagina tushunarli bo‘lsa-da, biroq xammaga bir xilda yoqadi. Demak, bundan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, shoir faqat vaznlarni emas, ko‘proq rivoyatlarni ijod etishi lozim, chunki u tasvir vositasida harakat- ni gavdalantira olgani uchun ham shoirdir. Hatto unga haqiqatan bo‘lib o‘tgan voqeani tasvirlashga to‘g‘ri kelganda ham u ozmi-ko‘pmi shoir bo‘lib qoladi. Chunki haqiqatan bo‘lib o‘tgan ‘ voqealardan ayrimlarining ehtimollik va imkoniyat tufayli qanday sodir bo‘la oladigan bo‘lsa, o‘shan- day sodir bo‘lishiga ^yech narsa xalaqit etmaydi. Bu jihat- dan shoir ularning ijodkoridir. Oddiy rivoyat va vo^yealardan eng yomoni epizodiklari- dir. Epizodik rivoyat, deganda men rivoyatdagi epizodlar- ning har qanday ehtimolsiz va zaruriyatsiz birin-ketin kelishini nazarda tutaman. Bunday tragediyalar yomon shoirlar tomonidan, iqtidorsizliklari natijasida, yaxshi shoirlar tomonidan aktyorlarni nazarda tutib yoziladi. Ular musobaqalarda aktyorning imkoniyatlarini ko‘rsatish uchun ichki mazmunga zid tarzda, ko‘pincha voqeaning tabiiy tartibini buzishga majbur bo‘ladilar. (Tragediya) faqat tugal voqeanigina emas, balki qo‘rqinch va hamdardlik uyg‘otuvchi voqealarni ham tasvirlashdir. Oxirgisi, ayniqsa, kutilmagan voqea sodir bo‘lgan paytda, qolaversa, bir voqea ortidan kutilmaganda boshqa voqea yoki shu yo‘sinda, hayron qoldiradigan hodisa o‘z-o‘zidan va tasodifan ro‘y bergandagina yuzaga keladi. Chunki tasodif- lar orasida ko‘pincha, atayin qilinganday tasavvur ^osil qiluvchi voqealar nisbatan ^ayron qolarlidir. Bunga Ar- gsyudagi voqea misol bo‘la oladi. Mitiy o‘limining ayb- dori uning (Mitiyning) haykaliga qarab turganida, hay- kal qulab tushib, uni halok etadi. Shunga o‘xshash narsalar tasodifiy ko‘rinmaydi. Shunday ekan, shunga monand rivo- yatlar zarur va eng yaxshidir. X. MURAKKAB VA SODDA FABULALAR Asar voqeasi — fabulalarning ayrimlari oddiy, bosh- qalari esa o‘zaro chirmashib ketgan bo‘ladi. Chunki rivoyat- larda aks etgan voqealar ham xudsi shundaydir. Men, shunday to‘xtovsiz va yagona voqeani sodda deb ataymanki, unday voqea davomida (yuqorida aytilganidek) taqdir o‘zgarishi keskin burilishsiz va to‘satdan anglashsiz sodir bo‘ladi, chirmashgan fabulada esa vokealar keskin burilish va to‘sat- dan anglash yoki ularning har ikkisi vositasida sodir buladi. Buning ^ammasi voqea mantiqidan, avvalgi voqeaning zaruriyat yo ehtimollik asosidagi davomi tarzida kelib chi- qishi kerak. Chunki biron narsa sababli boshqa narsaning kelib chiqishi bilan bir narsadan keyin boshqa narsaning yuz berishi o‘rtasida katta farq bor. XI. TRAGEDIYaNING IChKI BO‘LINIShI: MUShKULOT, TUSATDAN BILISh, EHTIROS Keskin burilish (peripetiya), ta’kidlanganidek, voqea- ning qarama-qarshi tomonga o‘zgarishidir. Ayni vaqtda, bu e^timoli kutilgan yoki zaruriy o‘zgarishdir. Chunonchi, «Edip»da shoh Edipning aslida kimligini aytib, xursand qilish uchun, shohni onasidan qo‘rqish tuyg‘usidan qutqazish uchun kelgan xabarchi amalda mutlaq zid natijaga erishadi; «Linkey»da~ ^am shunday, birovni o‘limga olib ketishadi. Danay esa uni o‘ldirish uchun orqasidan boradi. Ammo vo- qealar davomida buning teskarisi bo‘ladi, birinchi odam omon koladi, keyingisi esa o‘limga uchraydi/ To‘satdan ang- lash, nomidan ham ko‘rinib turganidek, bilmaslikdan bilishga tomon, baxtiyorlik yoki baxtsizlikka mahkum etilgan shaxslarning do‘stlik yoki dushmanlik tomon o‘tishidir. Tusatdan bilishning eng yaxshi namunasi xuddi «Edip»da yuz bergani singari, mushkul ahvol davomida sodir buladi. Albatta, o‘zgacha bilib qolishlar ^am buladi; chunonchi, ta’- kidlanganidek, jonsiz va umuman xar qanday tasodifiy narsalarni ham, shuningdek, kimningdir nimadir qilgani yoki qilmaganini xam anglash mumkin. Biroq fabula uchun eng zaruri va vokea uchun nisbatan ahamiyatlisi, yuqorida aytilgan, tusatdan anglashdir, chunki bunday anglash keskin burilish — mushkul ahvol bilan birgalikda achinish yoki qo‘rquvni yuzaga keltiradi, tragediya esa xuddi shunday voqealarni aks ettiradi, baxt va baxtsizlik ham xuddi shunday tusatdan anglash bilan birga sodir buladi. Tusatdan anglash kimnidir bilish bo‘lgani uchun ham goho bir shaxe faqat bir kishini bilishi mumkin (agar ikkinchisiga birinchisi ma’lum bulsa), goxo ikki kishi bir-bi- rini tusatdan anglashi mumkin. Masalan, Orest Ifigeni- yani xat tufayli biladi, lekin Ifigeniyaning Orestni ta- nishi uchun o‘zgacha tusatdan anglash holati talab qilina- 36 * di. Shunday kilib. fabulaning ikki qismi. avval ta’kid- langanidek, mushkul axvol muipsulot va tusatdan bilishdir, uchinchn qismini esa pafos — ehtiros tashkil etadi. Bu kism- lardan mushkulot va tusatdan bilish haqida kjorida ay- tildi. Extiros esa xalokat yoki iztirob keltiruvchi hara- katdir. Masalan, sa^nadagi o‘lim, kuchli iztiroblar, yara- dor bo‘lish va boshka shunga o‘xshashlar... XII. TRAGEDIYaNING TAShQI BO‘LINIShI Tragediyaning qismlari, uning tashkil etuvchi asoslarini yuhorida aytib o‘tdik. Uning hajm ji^atdan bo‘linish- lari quyidagicha: prolog, episodiy (epizod), eksod va o‘z navbatida parod va stasimga bulinuvchi xor kiem; oxirgi knemlar xamma xor qo‘shiqlariga xos, ayrimlarining o‘ziga xos xususiyatlari sahnadan aytiladigan qo‘shiq va kommos- lardan iborat. Prolog — tragediyaning xor paydo bo‘lgun- gayaa davrdagi yaxlit bir kiem i. Episodiy — tragediyaning barcha xor qo‘shiqlari orasidagi yaxlit bir qismi. Eksod — tragediyaning o‘zidan so‘ng xor qo‘shig‘i aytilmaydigan yaxlit qismi. Xorning paroli — xorning birinchi yaxlit nut^ qismn; stasim— anapestsiz va traxeysiz bo‘lgan xor qo‘shig‘i. Kommos esa xor va aktyorlarning alamli yig‘i qo‘shig‘i. Shunday qilib, tragediyaning foydalanishi zarur bo‘lgan tashkiliy qismlari to‘g‘risida biz avval aytgan edik, uning hajm jihatidan bo‘linishlarini esa ta’kidladik. XSh. TRAGEDIYaNING TARKIBI Hozir aytilganlardan keyin, tartibli ravishda rivoyatlarni ijod kilishda nimaga intilish va nimadan saqla- nish lozimligi, tragediya vazifasi qanday bajarilishi to‘g‘risida gapirishimizga to‘g‘ri keladi. Chunki eng yaxshi tragediyaning tarkibi oddiy emas, balki murakkab bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, u qo‘rqinch va xamdardlik uyg‘otuv- chi vokeani aks ettirishi kerak. (Chunki bu xususiyat badiiy tasvirlashning o‘ziga xos qonuniyatidir.) Unday taqdirda (birinchidan), shu narsa ayonki, obro‘li kishilarni baxtiyor- likdan baxtsizlikka o‘tuvchi tarzida aks ettirish to‘g‘ri emas, chunki bu qo‘rqinchli va ayanchli bo‘lmasa-da, biroq nafrat- lidir, (ikkinchidan), tentak odamlarning baxtsizlikdan bax- tiyorlikka o‘tishi to‘g‘ri emas, chunki bu tragediyaga xammadan ko‘ra ham ko‘proq yotdir, chunki u tragediya uchun zarur bo‘lgan na insonga muhabbatni, na achinishni, na qo‘rqinchni qo‘zg‘ay- di. Nihoyat (uchinchidan), butunlay layokagsiz odam baxtiyor- likdan baxtsizlikka tushmasligi darkor, chunki (voqealar- ning) bunday kechishi insonga mehr uyg‘otsa-da, ammo ham- dardlik va dahshat qo‘zg‘ata olmaydi. Chunki biz begunoh iz- tirob chekkan odam uchun qayg‘uramiz, o‘zimizga o‘xshash baxtsiz inson taqsiri uchun esa ko‘rqamiz/ Shunday ekan, butunlay layoqatsiz kishidagi o‘zgarish bnzda na mehr-shafqat uyg‘otadi, na ko‘rquv. Demak, ana shu ikki chegara o‘rtasida turgan inson qolyap- ti. Bunday odam na yaxshiligi va na to‘g‘ri suxtigi bilan aj- ralib turadi. U layoqatsizligi va nuqsoni tufayli emas, balki qandaydir xatosi tufayli baxtsizlikka tushgan. Masalan, Edip, Fiest va shunga o‘xshash, avvallari shon-sharaf- li va baxtiyorlikda bulgan kishilar shular jumlasidandir. Yaxshi tuzilgan rivoyat, ba’zilar aytganidek, ikki qatlamli bo‘lgandan ko‘ra, nisbatan sodda bo‘lishi va taqdir unda baxt- sizlikdan baxtga emas, aksincha, baxtdan baxtsizlikka qarab, gunoh natijasida emas, balki yuqoridata’kidlanganidek yoki yomondan ko‘ra yaxshi shaxe yo‘l qo‘ygan katta xato tufayli o‘zga- rishi darkor. Buni tarix ham tasdiq etadi. Shoirlar dastlab ilk duch kelgan har bir mifni birin-ketin ishlayver- ganlar. Hozir esa eng yaxshi tragediyalar ham ozroq urug‘lar doirasida, masalan, dahshatli taadirga uchragan yoki daxshat- ni yuzaga keltirgan Alkmeon, Edip, Orest, Meleagr, Fiest, Telef va boshqalar doirasida yaratilmooda. Shunday qilib, san’at qonunlariga binoan yaratilgan eng yaxshi tragediya xuddi shunday tartib berilgan tragedi- yadir. O‘z tragediyalarida bunga rioya qilayotgan va tragediya- larning ko‘pchiligi baxtsizlik bilan xotimalanayotgan Ev- ripidni koyiyotganlar xato qiladilar. Bunday xotimalash, ta’kidlaganimizdek, to‘g‘ridir. Bunga eng yaxshi isbot shuki, sa^na va munozaralarda (agar ular yaxshi qo‘yilsa) shu xildagi tragediyalar eng fojiaviydir. Evripidning hatto boshka soxada nuqsonlari bo‘lsa-da, har holda u eng tragik sho- irlardan biri bo‘lib qolaveradi. Tragediyaning ba’zilar birinchi deb atagan ikkinchi turi «Odisseya»ga o‘xshab, ikki qatlamli tarkibga ega bo‘lgani- dir, ham yaxshi, ham yomon kishilar uchun yoqimli (ya’ni, yaxshi- lik bilan) tugallanadi. U tomoshabinlarning ojizligi tufayli birinchi o‘ringa chiqib qolganga o‘xshaydi. Axir shoirlar tomoshabinlarning ko‘nglini olish uchun ularga moslab shunday qiladilar. Ammo bundan olingan zavq tra- gediyaga emas, balki ko‘proq komediyaga xosdir. Darhaqiqat, bunda Orest va Egisf kabi ashaddiy dushman bo‘lganlar oxir- da do‘st bo‘lib ketadilar va ularning birontasi ham bosh- qasining qo‘lida o‘lmaydi. Dahshatlilik va ayanchlilik sa^na jihozlari orqali kelib chiqishi mumkin, biroq voqealar tarkibining o‘zidan ham paydo bo‘ladiki, bu aksariyat o‘rinlarda asar mualli- fining yaxshi shoirligiga dalildir. Aslida asar shunday yozilishi kerakki, u sahnada ko‘rilmaganida xam bo‘lib o‘ta- digan voqeani tinglovchi har bir kishi, xuddi Edip haqidagi rivoyatni tinglaganday, ^odisalarning o‘sib borishidan g‘am chekuvchiga nisbatan o‘zida hamdardlik sezsin va vujudi ji- virlab seskansin. Bunga teatr jihozi vositasida erishish san’atning ishi emas. balki saxnaga qo‘yuvchining ishidir. Sahna tomoshasi orqali qo‘rqinchli emas. balki faqat g‘aroyib vokeani tasvi^ etadigan asarlarning tragediyaga ^yech qanday aloqasi yo‘k," chunki tragediyadan ^ar kanday zavq- lanishni emas, faqat unga xos bo‘lgan muayyan xususiyatni izlash darkor. Chunki tragediyada shoir badiiy tasvir yordamida berishi lozim bo‘lgan zavk raxmdillik va qo‘rqinchdan kelib chikadi, shunisi ravshanki, u bu tuyg‘ularni voqea- larning o‘zida gavdalantirishi kerak. Shuning uchun xodi- salardan qaysilari qo‘rqinchli va qaysilari ayanchli ekan- ligini tekshirib ko‘ramiz. Qo‘rqinchli va ayanchli voqealar, albatta, bir-biriga do‘st yoki bir-biriga dushman bo‘lgan odamlar, yoki bir-biriga do‘st xam, dushman ham bo‘lmagan odamlar o‘rtasida sodir bo‘lishi lozim. Agar raqib raqib- ni azob chekishga majbur etsa, u o‘z xatti-harakati bilan xam. shunday harakat qilish niyati bilan xam achinish qo‘zg‘a- ta olmaydi; bir-biriga befarq shaxslar ^arakat qilgani- da ham shunday hol sodir bo‘ladi. Biroq bu azoblanishlar do‘stlar o‘rtasida paydo bo‘lsa, masalan, aka-ukalardan biri ikkinchisini yoki o‘g‘il otasini, yoki ona o‘g‘lini. yoki o‘g‘il onasini o‘ldirsa, yoinki o‘ldirishni niyat kilsa, yoki shunga o‘xshash biron-bir harakat qilsa — shoirning izlashi kerak bo‘lgan holatlar xuddi mana shulardir. Rivoyat tarzidasaqlanib qolgan (Men Klitemnestraning Orest qo‘lida va Erifilaning Altsmeon qo‘lida o‘lishi ka- bilarni nazarda tutaman) miflarni buzib talqin qilish yaramaydi. Lekin shoirning o‘zi kashf etuvchi bo‘lishi va ri- voyatlardan ^am moxirona foydalana olishi lozim. Mohi- rona degani nimani anglatishini xozir izox%layman. Voqe- ani ongli ravishda, bilib, tushunib harakat qiluvchilar amalga oshiradi. Qadimgi shoirlarning asarlarida shunday. Evripid ham o‘z bolalarini o‘ldiruvchi Medeyani shunday gavdalantirgan. Shunday bo‘lishi ham mumkinki, biror odam dahshatli ishni o‘zi bilmay turib kilib qo‘yadi-da, keyin qurboni uzining yaqin odami ekanligini bilib qoladi (Sofoklning Edipi singari). Bu yerda dahshatli ish drama- dan tashqarida sodir bo‘ladi; biroq ba’zan dahshatli ish tragediyaning o‘zida sodir bo‘lishi mumkin. Astidamant asa- ridagi Alkmeon yoki «Yarador Odisseya»dagi Telegonlarning fojiasi esa tragediyaning o‘zida amalga oshadi. Bundan tashqari yana uchinchi holat xam borki, bunda be- xabarlik oqibatida qandaydir tuzatib bo‘lmaydigan ji- noyat qilish maksadiga tushgan kishi bu ishni amalga oshi- rishdan oldin xatosini bilib koladi. Bundan boshkacha holatlarda fojia kelib chiqmaydi, chunki biror ishni ongli yoki ongsiz amalga oshirish, yoki oshirmaslik kerak. Bu holatlarning eng yomoni nimadir qilishni maksad kilib, uni amalga oshirmaslikdir. Bu jirkanch xolat, ammo fojia emas, chunki unda ehtiros yo‘q. Shuning uchun ayrim holat- lardan tashkari (masalan, «Antixona»da Gemon Kreontni o‘ldirishni niyat qiladi, ammo uni o‘l^irmaydi) shoirlar- dan xech kim bunday talqin kilmaydi. Asarda nimanidir qilishning o‘zi asarni kuchaytiradi. Eng yaxshisi, xodisani amalga oshirishgacha bexabar bo‘lish, voqeaning yuz berishi- dan so‘nggina bilishdir, chunki bunday holatda jirkanchlik bo‘lmaydi, to‘satdan bilish esa kishiga zavk beradi. Eng kuchli ta’sir etadigani oxirgi (yuqorida aytib o‘til- gan) xolatdir; men bu o‘rinda, masalan, «Kresfont»dagi Meropa o‘z o‘g‘lini o‘ldirishga qasd kilishi, o‘ldirmasligi va tanib qolishi, «Ifigeniya»da singil akani, «Gella»da onasiga xoinlik qilmoqchi bo‘lgan o‘g‘ilning onasini tanib qolishini nazarda tutaman. Shuning uchun ^am, ta’kidlan- ganidek. tragediyalar ba’zi urug‘lar xususidagina yoziladi, xolos. Albatta, shoirlar o‘z rivoyatlarini shunday usulda ishlashni san’at yo‘li bilan emas, balki tasodifan kashf etadilar. Shuning uchun ular faqat shu yo‘sindagi baxtsiz- lik ro‘y bergan oilalarga murojaat qilishlari kerak bulib qoladi. Shunday qilib, hodisalar oqimi va rivoyatlar qan- day bo‘lishi kerakligi haqida yetarli so‘zlandi. XV. XARAKTERLAR Xarakterlarga kelsak, ulardan to‘rt maqsad ko‘zda tuti- ladi. Birinchi va asosiysi: qahramon olijanob bo‘lishi kerak. Avval aytganimizday, shaxe agar o‘zining gaplari va ishlarida qandaydir maqsadga amal qilsa, xarakterga ega bo‘ladi. Agar shaxe yaxshi maqsadlarni ko‘zlasa, xarakteri ^am yaxshi bo‘ladi. Bu har bir odamda mavjud bo‘lishi mumkin: ayol ham, ^atto qul ham yaxshi bo‘lishi ehtimol, birin- chisi (erkakdan) yomonroq, suya esa undan ham yomonroq bo‘li- shi ham mumkin. Ikkinchidan, xarakterlar o‘ziga xos bo‘li- shi kerak: xarakter mardona bo‘lishi mumkin, ammo ayol ki- shiga mardlik bilan kuchlilik yarashmaydi. Uchinchidan, xarakterlar (hayotiy) haqqoniy bo‘lishi kerak: bu yuqorida ay- tilgandan mutlaq boshqacha bo‘lib, ularni yaxshi yoki yarashiq- li qilib tasvirlash kerak degan ran emas. To‘rtinchidan, xarakterlar izchil bo‘lishi kerak: hatto, tasvirlangan shaxe noizchil bo‘lishi, shu xarakterning barcha ishlariga noiz- chillik xos bo‘lishi mumkin. Ammo xarakterning mana shu noizchilligi ham izchil bo‘lishi zarur. Zarurat tufayli emas, balki o‘zicha tuban bo‘lgan kishining xarakteriga «Orest»dagi Menelayni, nomunosib va yarashmagan qiliqli xarakterga «Ssilla»dagi Odisseyning yig‘isini va Mela- nippaning nutqini, noizchil xarakterga «Ifigeniya Avli- da^a» asaridagi Ifigeniyani misol qilib keltirsa buladi. Chunki iltijo qilayotgan Ifigeniyaga shundan keyingi epizoddagi Ifigeniya mutlaq o‘xshamaydi. Download 88.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling