Poetika (nafis san’a tlar haqida) axloqi kabir
Asarning umumiy va xususiy tomonlari
Download 88.99 Kb.
|
POETIKA
Asarning umumiy va xususiy tomonlari
Shoir asar yozayotganida (rivoyatlar yoki to‘qima voqealar- ga asoslangan) dramalarning mazmunini (avvalo) umumiy tarzda tasavvur qilishi kerak, so‘ngra esa, unga tafsilot- lar qo‘shib kengaytirishi zarur. «Umumiy tarzda ko‘rib chi- qish» nima ekanligini «Ifigeniya» misolida ko‘rsataman. Bir kizni qurbonlikka olib kelishadi, ammo u qiz qur- bonlikka keltiruvchilarga sezdirmay g‘oyib bo‘ladi. Boshqa bir o‘lkaga borib, ibodatxonada ko^inlik xizmatini ado eta boshlaydi. Bu o‘lkaning odatlariga ko‘ra fahat muso- firlar qurbonlik qilinar ekan... Ma’lum vaqt o‘tgach, bu yerga shu qohina qizning akasi kelib koladi (xudo uni qan- day sabab bilan bu yoqqa yuborgani, uning nima ish bilan kelgani asar uchun ahamiyatli emas). Yigit bu yoqqa kelgach, uni tutib, qurbonlikka tayinlashadi. Ammo u o‘zini tani- tib qo‘yadi (Evripidda tabiiy ravishda yigit «singlim ham qurbon qilingan edi, mening ham qismatim shu ekan», deb o‘zini tanitib qo‘yadi) hamda shu bilan qurbonlikdan qutu- lib koladi. Shundan so‘nggina hahramonlarning ismini qo‘yib, qo‘shimcha tafsilotlar (yozish)ga kirishish kerak. Ammo, bu qo‘shimchalar (tafsilotlar) o‘z o‘rniga tushishi lozim. Masalan, Orestning jinni bo‘lib qolib, tutilishi, uning poklanish yo‘li bilan xalos bo‘lishi o‘rinli tafsi- lotlardir. Demak, dramalarda tafsilotlar qisqa bo‘ladi, epos aksincha, cho‘ziq tafsilotlar bilan kengayib ketadi. «Odisseya»ning asosiy mazmuni uncha keng emas. Bir odam ko‘p yillar begona yurtlarda sarson bo‘lib kezadi, uni Po- seydon ta’kib kiladi, u yolg‘iz. Uyida esa kuyovlar mol-mul- kini talon-taroj qilishadi va o‘g‘lini o‘ldirish payiga tu- shishadi. Qahramon bo‘rondan qutulib, safardan qaytib keladi, ba’zilarga o‘zini tanitadi, dushmanlariga hujum qilib, ularni kirib tashlaydi. «Odisseya» asarida asosiy mazmunning bor-yo‘g‘i shu. Kolgan voqealar esa tafsilot- lardir. XVHI. TUGUN VA YeChIM Har qanday tragediyada tugun va yechim bo‘lishi zarur. Dramadan tashkaridagi barcha voqealar, shuningdek, ba’zan dramaning ichidagi ayrim voqealar — tugun, qolganla- ri esa — yechimdir. Men tragediyaning boshlanishidan to (qahramonning) baxtsizlikdan baxtiyorlikka yoki baxtiyor- likdan baxtsizlikka tomon o‘tish harakati boshlangan che- garagacha bo‘lgan qismni tugun deb atayman. Ana shu o‘tish boshlangan joydan (asarning) oxirigacha bo‘lgan qism — yechimdir. Chunonchi, Feodektning «Linkey»ida barcha avvalgi voqealar, chaqaloqning so‘ngra ota-onalarning qo‘lga oli- nishi — tugun, qotillikda ayblanish boshlangan joydan asarning oxirigacha — yechimdir. Download 88.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling