Poetika (nafis san’a tlar haqida) axloqi kabir


XXIII. EPOS, UNING RIVOYaT JIHATID AN


Download 88.99 Kb.
bet16/19
Sana24.12.2022
Hajmi88.99 Kb.
#1059340
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
POETIKA

XXIII. EPOS, UNING RIVOYaT JIHATID AN
TRAGEDIYaGA O‘XShAShLIGI
Vazn vositasida tasvirlovchi hikoya qilish san’ati
haqida gapirsak, shunisi ravshanki, bunday poeziyani (xam)
dramatikroq ruhda — yaxlit va tugal, ya’ni boshlanishi,
o‘rtasi va oxiri bo‘lgan, mukammal xamda jonli mavjudot
kabi zavq beruvchi muayyan bir voqea atrofida qurish kerak.
Epos asarlari oddiy tarixlarga o‘xshamasligi kerak.
Oddiy tarixlarda birgina vokea tavsiflanmaydi, ularda
bir vaqtning o‘zida yuz bergan, gox o bir-biri bilan faqat
tasodifiy bog‘lanishga ega bulgan, bir odamning yoki ko‘p
odamlarning boshidan o‘tgan barcha vokealar tavsiflanave-
radi. Masalan, Salamin yonidagi dengiz jangi hamda Sitsi-
liada karfagenliklar bilan bo‘lgan jang bir vaqtda yuz ber-
ganiga qaramay, ular zamirida hech qanday umumiy maksad
yo‘q edi. Voqealar turli vaqtlarda yuz berganida ham hech
kanday yagona, umumiy maqsad bilan bog‘lanmagan bo‘lur edi.
Ammo shunga karamay, deyarli barcha shoirlar xuddi shunday
(tarixchilarday) ishtutishadi. Avval aytganimizday, Homer
bu yerda ham boshqalarga taqqoslaganda arshi-a’loda turadi,
u butun urush haqida asar yozmadi, holbuki, urushning
boshi va oxiri bor edi. (Negaki, (o‘n yillik) urush juda
maxobatli. kamrab olishga noqulay. o‘rtacha hajmda esa (ni-
hoyatda) kuroq va shu tufayli chalkash edi.) Yo‘q, Homer urushning
(faqat) bir qismini oldi, qolgan qismlaridan esa
asarni bo‘laklarga bo‘lish uchun qo‘shimcha tafsilotlar sifatida
foydalandi, xolos. Masalan, kemalarni sanab ko‘rsa-
tish, shuningdek, boshka tafsilotlar. Qolgan epik shoirlar
bir qahramon, bir zamon ^aqida yozishdi, bir vokeani
tasvirlaganda esa «Kipriyaliklar» va «Kichik Iliada» kabi
ko‘p qismln qilib yozishdi. Shuning uchun ham «Iliada» va
«Odisseya»ning xar biridan bir-ikkitadan tragediya to‘qil-
gani holda «Kipriyaliklar»dan ko‘plab tragediyalar chikdi,
«Kichik Iliada»dan esa sakkizdan oshiq — «Qurol baxsi»,
«Filoktet», «Neoptolem», «Evripid», «Tilanchilik», «Lakonika
ayollari», «Ilionning qulashi», «Suzib ketish»,
shuningdek, «Sinon» hamda «Troya ayollari».
XXIV. TURL AR VA TARKIBIY QISMLARDAGI
O‘XShAShLIK
Bundan tashqari, epopeya turlari xuddi tragediya turla-
riday (yo oddiy, yo murakkab to‘qimali, yo xarakterlar epope-
yasi, yo ehtiroslar epopeyasi), qismlari ham tragediya qism-
lariday (musiqa va tomosha bezagidan tashqari) bo‘ladi.
Chunki epopeyada ham keskin o‘zgarish (peripetiya)lar, tusatdan
bilib qolishlar. iztiroblar, fikr va til yaxshi bo‘li-
shi kerak. Homer shularning ^ammasidan birinchi marta va
a’lo darajada foydalandi. Uning ikkala poemasidan biri
«Iliada» kuchli extiroslar epopeyasi, «Odisseya» esa murakkab
to‘qimali (butun poema tusatdan bilib qolishlardan
iborat) bulib, xarakterlar epopeyasidir. Til va fikr jixatidan
xam ular ^amma dostonlardan ustun turadi.
Epopeya tragediyadan tarkibi uzunligi hamda vazni bilan
farqlanadi. Bu uzunlikning chegarasi (me’yori) haqida
quyida aytiladigan gaplar yetarlidir: epopeyada bir nazar
bilan voqeaning boshi va oxirini qamrab olish kerak; epo-
peyalar tarkibi qadimgilardan qisqaroq bo‘lib, bir tomosha
vaqtida ko‘rsatiluvchi tragediyalar hajmiga yaqinlashsa-
gina bu mumkin bo‘ladi. Ammo epopeya hajmining (xuddi shu)
cho‘ziqligi tufayli u muhim bir xususiyatga ega bo‘ladi. Tragediyada
bir vaqtda yuz berayotgan voqealarning ko‘pgina
qismlarini tasvirlab bo‘lmaydi, (tragediya) voqeaning fa-
qat sahnada aktyorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan qismini-
gina tasvirlashi mumkin. Epopeya esa hikoya qilish bo‘lgani
uchun bir vaqtda yuz berayotgan ko‘pgina qismlarni (voqea-
larni) tasvirlashi mumkin. Xuddi ana shu voqealardan (agar
ular o‘rinli bo‘lsa) poemaning hajmi kengayadi. Xuddi shu
tufayli epopeya ulug‘vorroq bo‘ladi, tinglovchilarga har xil
ta’sir ko‘rsatadi, qo‘shimcha tafsilotlari xilma-xil buladi.
Tragediyalar esa tez g‘ashga tegadigan bir xilligi tufayli
goho muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Eposda tajriba natijasida qahramonlik vazni (gekzametr)
asoslanib qoldi. Chindan ham agar biror shoir boshka
vaznda yoki ko‘pgina vaznlarda hikoya qilsa, u (asar) no-
mutanosib ko‘rinadi. Haqiqatan, qahramonlik vazni eng
barqaror va asosli vazn bo‘lib qoldi, chunki unga hammadan
ko‘ra noyob va ko‘chma so‘zlardan foydalanish mos tushadi, bu
esa hikoyachilik tasvirining o‘ziga xos fazilatidir. Yamb
(trimetr) va tetrametr esa — xarakatchan vaznlar bo‘lib,
biri sahna tasvirlari uchun, ikkinchisi rщs uchun kulay-
dir. Xeremondagidek turli vaznlarning qorishuvi esa, yana-
da o‘rinsizdir. Xuddi shuning uchun epik asarlarni hech kim
qa^ramonlik vaznidan boshkasida yozmagan. Ta’kidlagani-
mizdek, tabiatning o‘zi bunday asarlarga yarasha vazn tan-
lashni o‘rgatib qo‘ygan.
Homer boshqa fazilatlaridan tashqari yana shu bilan har
qanday maqtovga sazovorki, shoirlar ichida birgina u (shoir)
poema yaratish uchun nima qilish zarurligini yaxshi bilgan.
Shoir (poemada) iloji boricha o‘zi kamroq gapirishi kerak,
chunki uning tasvirlashi bunga mutlak bog‘liq emas. Boshqa
shoirlar esa (o‘z hikoya usulida) hamma sohada o‘zini ko‘rsa-
tishga intilishadi, faqat kichik, ozgina narsalarnigina aks
ettirishadi. Homer esa kichik bag‘ishlov tugashi bilanoq
qahramon (yigit yoki ayol)ning muayyan xarakternыy ocha boshlaydi,
u qahramonlarini, albatta, xarakteri bilan ko‘rsa-
tadi va hech kimni xaraktersiz ko‘rsatmaydi!
Tragediyalarda ajoyibotlarni yozish kerak, biroq epopeyada
yana ham ko‘proq akl bovar qilmas narsalarga yo‘l ko‘yi-
ladi, xuddi shu narsalar ajoyibotlarni tug‘diradi. Buning
sababi shuki, (tragediyada) biz xarakat qiluvchi shaxslarni
yuzma-yuz ko‘rmaymiz; sahnada Gektorni kuvib yurish kulgili
bo‘lur edi, hamma joyida turadi va kuvmaydi, biri bosh
irg‘ab, ularga imo-ishora kiladi, eposda esa bunday kamchi-
lik sezilmaydi.
Aslida ajoyibotlar yoqimli bo‘ladi, buni shundan ^am
bshgish mumkinki, barcha roviylar tinglovchilarning zavqi-
ni keltirish uchun lof ishlatishadi. Bunday loflarni qan-
day aytish kerakligini Homer boshqa barcha shoirlardan ko‘ra
yaxshiroq o‘rgata oladi. Bu narsa soxta xulosa chiqarish natijasida
sodir bo‘ladi. Odamlar, agar bir narsa bulsa (yuz bersa),
boshka narsa ham bo‘ladi (yuz beradi), shuning uchun, ke-
yingi narsa bor ekan, oldingi narsa ham bor, deb o‘ylashadi.
Bu esa noto‘g‘ri. Shuning uchun, agar birinchi narsa noto‘g‘ri
bo‘lsa, mabodo ikkinchi narsa bo‘lsa xam go‘yo birinchi narsa
bor (yuzaga keladi), degan o‘yga bormaslik kerak. Bizning qal-
bimiz oxirgi narsaning chindan ham borligini bilib turib,
birinchi narsani ham go‘yo bor, deb soxta xulosaga keladi.
«Yuvinish» sahnasi bunga misol bo‘la oladi.
Umuman, g‘aroyib, ammo ehtimol tutilgan narsa, isho-
narsiz bor narsadan ko‘ra xaqngqatga yakinroadir.
(Albatta) Hikoyalarni tasavvur qilib bo‘lmaydigan
qismlardan tuzish yaxshi emas: hikoyalarda tasavvur qilib
bo‘lmaydigan narsalar bo‘lmagani yaxshi, agar bo‘lsa ham ular
(mazkur) rivoyatdan tashqarida kolsin (Masalan: Edipning
Laiy qanday o‘lganligini bilmasligi voqeasi), dramaning
o‘zida esa bo‘lmagani yaxshi («Elektra»da pifiya o‘yinlari
xaqidagi hikoya, «Misiyaliklar»da Tegeyadan Misiyaga kelgan
soqov kishi voqeasi). Boigqacha qilganda rivoyat buzi-
ladi, deyish kulgilidir, chunki unday rivoyatlarga boshida-
noq qo‘l urmagan ma’qul. Lekin modomiki, bunday rivoyat-
lar yozilgan va shu tarzda talqin etilgan ekan, demak, man-
tiqqa zid (g‘aroyib) narsaga ham yo‘l qo‘yish mumkin. «Odis-
seya»da xam (Itakada) kemadan tushish shu qadar mantiqsiz-
ki, agar vokeani nodonroq yozuvchi tasvirlaganida, unga xech
kim toqat qilolmasdi. (Homerday) shoir esa bu mantiqsiz
holatga sezdirmay, har xil yo‘llar bilan ishontiradi.
Epopeyaning tili masalasiga kelsak, ayniqsa, harakat yo‘q
bo‘lgan, xarakterlar va fikrlar jihatidan ham o‘tkir
bo‘lmagan qismlarda tilga alohida sayqal berish kerak.
Ba’zan ^addan ziyod yaltiroq so‘zlar xarakterlarni va fikrlarni
aksincha xiralashtirishi mumkin.
XXV. POEZIYaDAGI HAQIQIY VOQELIK TASVIRINI
TANQID QILGANLARGA JAVOB
Poeziyaga qarshi e’tirozlar va ularga raddiyalarga kelsak,
ularning necha turli va qanday bo‘lishi quyida ko‘rib
chiqqanlarimizdan ma’lum bo‘ladi.
(A) Modomiki, shoir (musavvir yoki boshqa tasvirlovchi-
lar singari) hayotni aks ettirar ekan, demak u, muqarrar ravishda
quyidagi uch narsadan birini — (1) xayot kanday bo‘lsa,
shundayligicha, (2) yo odamlar aytayotgan va tasavvur qilgani-
cha, (3) yo hayotning qanday bo‘lishi keraklipshi tasvirlashi
kerak bo‘ladi. (B) Bu narsalarga esa (yo oddiy) til bilan, yo
noyob, yo ko‘chma ma’noli so‘zlar bilan erishiladi. T ilning juda
ko‘p ajoyibotlari bor va biz shoirlarning bulardan foy-
dalanishlariga yo‘l qo‘yamiz. (V) Bundan tashkari, poeziya va
siyosatdagi haqqoniylik o‘rtasida poeziya va san’atning bo-
shqa turlaridagi xaqqoniylik o‘rtasida katta farq bor.
Poeziyaning o‘zida ham xatolar ikki turli buladi: bir xil-
lari juda ahamiyatli, bir xillari juz’iy xatolar. Agar
shoir tasvir uchun (to‘g‘ri narsani) tanlagan bo‘lsayu, uni tas-
virlashga kuchi yetmasa, bu shoirning o‘z kamchiligi bo‘ladi.
Agar shoir tasvir uchun noto‘g‘ri narsani (masalan, birdaniga
ikkala o‘ng oyog‘ini ko‘targan otni yoki tabobat, yo boshqa
bir san’at nuqtai nazaridan noto‘g‘ri narsani) tanlasa, bu
poeziyaga unchali tegishli xato emas. (Tanqidchilarning) e’ti-
rozlarini rad etishga doyr qarashlar shulardan iborat. (G)
Avvalo, san’atning o‘ziga oid e’tirozlarga to‘xtalaylik.
(1). Albatta, agar shoir mumkin bo‘lmagan narsani yozsa
xato qiladi; ammo u shu narsa tufayli san’atning yuqori-
da aytilgan maqsadiga erishsa, ya’ni asarning u yoki bu qis-
mini o‘tkirlashtirsa, to‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘ladi. Masalan,
Gektorni quvlashni olaylik. («Iliada» dostonida — M.M.)
Lekin ana shu maqsadga mumkin kadar tegishli san’at —
^unarlarga zid kelmaydigan yo‘l bilan erishish mumkin
bo‘lsa, shoirning xatoga yo‘l qo‘yishi noto‘g‘ri. Chunki mumkin
kadar xatoga yo‘l qo‘ymagan yaxshi.
(2). So‘ngra, xatolik san’atga doirmi yoki tasodifiymi,
shunga ham e’tibor berish kerak. Chindan ham agar shoir
ohuning shoxi yo‘qligini bilmasa, bu unchalik xato emas.
Ammo (shoxi yo‘kligini bilsa xam) uni yomon tasvirlasa —
buni kechirib bo‘lmaydi.
(3). Shoir xayotda qanday bo‘lsa, shunday tasvirlamabdi,
degan ta’naga e’tiroz bildirib, shuni aytish mumkinki,
shoir xayotda qanday bo‘lishi kerakligini (xam) tasvirlaydi:
Sofoklning aytishicha, u odamlarni qanday bo‘lishi kerak
bo‘lsa, shunday tasvirlagan, Evripid esa qanday bo‘lsa,
o‘shanday tasvirlagan.
(4). Mabodo, ikkala holat ^am nazarga olinmasa, odamlar
shunday deyishadi deb qo‘ya qolish kerak. Masalan, odamlar
xudolar haqida ^aqiqatdagidan yaxshiroq gapirishmay-
di, extimol haqiqatdagichalik ham gapirishmaydi, balki
Ksenofan o‘ylaganiday gapirishadi. Biroq shunga qaramay
odamlar (xudolar haqida) shunday gapirishadi.
(5). Boshqa narsalar haqida ham odamlar asli qanday
bo‘lsa, o‘shandan yaxshiroq gapirishmaydi. O‘sha narsalar bir
vaqtlar qanday bo‘lsa, (hozir ham) o‘shanday deb o‘ylashadi.
Masalan, nayza haqida: «Nayzalarning yog‘och soplari yerga
sanchilgan edi», deb yozishadi. Ammo nayzalar ilgari shunday
qo‘yilar edi. Hozir ham illiriyaliklar nayzalarni
shunday qo‘yishadi.
(6). Kimdir allanimani yaxshi yoki yomon degani, allaqan-
day ishni yaxshi yoki yomon qilgani haqida xukm chiqarganda
— faqat ay tl gan yoki kilingan ishga qarab, munosib yoki
rasvo, deb hukm chiqarmaslik kerak. Bunday vaktda gapiruv-
chi yoki bajaruvchining shaxsiga karash, shu narsa kim uchun,
qachon, qanday va nima uchun aytilgani yoki qilinganiga ham
e’tibor berish lozim. Masalan, o‘sha narsa balki yaxshi lik
uchun yoki yanada yomonrok falokatning oldini olish uchun ay-
tilgandir, yoki qilingandir.
(7). Ba’zi ta’nalarga e’tiroz bildirganda tilning xu-
susiyatiga e’tiborni qaratish kerak. Masalan, (biror asar-
da) noyob so‘zlar ishlatilgandir, ta’na qiluvchi noyob so‘zning
ma’nosini tushunmagandir. Masalan, «Avvalo u (Apollon)
mesklarga balo yog‘dirdi...» degan jumlada «mesklar» ulov
(eshak) emas, balki soqchilar bo‘lishi mumkin. Yoki Dolon
haqida «ko‘rimsiz edi...» deyiladi. Bu yerda zaif jussa emas,
balki xunuk yuz haqida ran borayotgandir? Kritda «ko‘rim-
li» so‘zi «chiroyli che^ra» ma’nosida ishlatiladi-ku. Yoki
«vinoni yaxshiroq qilib suz...» so‘zlari mast-alastlar icha-
digan, suv qo‘shmay suz, degan ma’noni emas, balki «chaqqon-
roq suz» degan xma’noni anglatadi.
(8). Ba’zi gaplar esa ko‘chma ma’noda aytiladi (ammo mu-
naqqidlar buni anglamay e’tiroz bildiradilar). Masalan,
«Farog‘atli tangrilar ham, qurol-yarog‘li suvoriylar ham...
Borliq uxlar bu kecha...» satrlaridan so‘ng darxol: «Qancha kara-
masin u, troyaliklar tomon, ajablanar, naylaru, surnaylar
shovqiniga...» deyiladi. Aslida bu yerda «Borliq» so‘zi «Ko‘pchi-
lik» ma’nosida kelyapti, chunki «borlih» goho «ko‘pchilik»ning
xususiy ko‘rinishi bo‘ladi. Xuddi shuningdek, «Tanxo zot ham
begona endi...» so‘zlari ham ko‘chma ma’noda ishlatilgan. «Tan-

Download 88.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling