Polimerlarning makromolekulyar tuzilishi


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1557526
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
POLIMERLARNING MAKROMOLEKULYAR TUZILISHI

Chiziqli polikondensatsiya jarayonida bifunksional monomerlar asosida 
chiziqli polimer sintezi bo„ladi. To„rsimon (uch o„lchamli) polikondensatsiya 
jarayonini amalga oshirish uchun monomerlarda uch va undan ortiq funksional 
guruhlar bo„lishi talab etiladi. Bunday monomerlar asosidagi polikondensatsiya 
reaksiya natijasida fazoviy tikilgan polimerlar hosil bo„ladi. Bunday reaksiyalar 
noyob turi siklopolikondensatsiya bo„lib, unda narvonsimon, ya‟ni ikkita chiziqli 
zanjirlar parallel ravishda qo„ndalang zanjirlar bilan tikilgan polimer sintez bo„ladi.
Polikondensatsiyada faqat bir xil tipdagi bifunksional monomerlar ishtirok 
etsa, jarayon gomopolikondensatsiya deyiladi. Bunday reaksiyalar, masalan, 
oksikislotalardan poliefirlarni sintez qilishda kuzatiladi. 
Polikondensatsiya jarayonida turli tipdagi monomerlar qatnashsa va birining 
funksional guruhlari faqat boshqasining funksional guruhlari bilangina ta‟sirlashsa, 
bunday reaksiya geteropolikondensatsiya deyiladi. Bunga geksametilendiamindan 
va adapin kislota asosida sintez bo„ladigan poligeksametilenadipamin polimerini 
misol qilish mumkin. 
Shuningdek, sopolikondensatsiya jarayonlari ham mavjuddir. Bunda o„zi 
xususiy polimer hosil qila oladigan ikki va undan ortiq tipdagi monomerlar 
qatnashadi. Masalan, bunday prinsip bo„yicha aminokapron va aminoenant 
kislotalar asosida aralashma poliamid sintez bo„ladi.
Yanada murakkab turdagi reaksiya intersopolikondensatsiya deyiladi. Unda 
kamida uch tipdagi monomerlar qatnashadi: a-R‟-a, b-R”-b, c-R”‟-c. Birinchi 
ikkitasi somonomer bo„lib, ulardagi a va b funksional guruhlar faqat uchunchisi 
intermonomer tarkibidagi s funksional guruhi bilan ta‟sirlashadi. Bunday reaksiya 


misol sifatida ikki diamin va dikarbon kislotalar asosidagi polikondensatsiya 
jarayonini keltirish mumkin. 
Polikondensatsiya jarayonida yuqori molekulyar birikmalar hosil bo„lishining 
zaruriy shartlaridan biri reaksiyaga kirishadigan funksional guruhlarning 
stexiometrik nisbatini (r) mos tanlashdir. Bu nisbatdan qanchalik ko„p og„ish 
bo„lsa, shunchalik ko„p darajada quyi molekulyar polimer hosil bo„ladi. Bunday 
polikondensatsiya mahsulini polimerlanish darajasi (n
k 
) quyidagicha aniqlanadi: 
n
k
 = (1 + r)/(1 + r – 2rx) (1.3.1) 
bu yerda x – reaksiyani tugallanganlik darajasi bo„lib, polikondensatsiya jarayoni 
to„liq tugaganda x = 1 bo„ladi va n
k
quyidagi formuladan topiladi  
n
k
 = (1 + r)/(1 - r) (1.3.2) 
Umuman olganda polikondensatsiya jarayonini amalga oshirishning bir qator 
turlari mavjud bo„lib, ularni qo„llashda avvalom bor reaksiyaga kirishadigan 
moddalar (reagentlar) fizik kimyoviy xossalari va hosil bo„ladigan polimerning 
xususiyatlari inobatga olinadi. Shuningdek, harorat ham polikondensatsiyada 
muhim faktorlardan hisoblanadi hamda unga bog„liq holda quyi molekulyar 
massali (0 - 50 
o
C) va yuqori molekulyar massali (200 
o
C va yuqori) polimerlar 
sintezi amalga oshadi. Reaksiya muhiti va reagentlar fazaviy holatiga bog„liq 
tarzda polikondensatsiyani massada (suyultma); qattiq fazada; eritmada; 
emulsiyada (suspenziya); ikki fazali tizimda (fazalararo) amalga oshirish turlari 
mavjuddir. Massa va qattiq fazadagi polikondensatsiya yuqori haroratlarda, 
emulsiya va fazalararo polikondensatsiya past haroratlarda, shuningdek, eritmada 
bunday reaksiyalar ham yuqori, ham past haroratlarda amalga oshirilishi mumkin. 
Polikondensatsiya turlari ko„p tonnali maxsus sintetik polimerlar, jumladan, 
oddiy va murakkab poliefirlar, poliamidlar, polikarbonatlar, poliarilatlar, 
polisulfonlar fenol-, mochevino- va atsetonformaldegid smolalar, kremneorganik 
birikmalar olishda keng qo„llanadi.
Polikondensatsiya turlari noyob tabiiy polimerlar sintez bo„lishida ham 
muhim va asosiy jarayonlar hisoblanadi. Masalan, tabiatda keng tarqalgan va katta 


miqdorlarda tabiiy sharoitlarda ishlab chiqaradigan polisaxaridlar (sellyuloza
xitina, kraxmal, pektin), oqsillar (fibroin, keratin, kollagen, jelatin), nuklein 
kislotalar (DNK, RNK) sintezi polikondensatsiyaga asoslangandir. Ammo, shuni 
alohida ta‟kidlash joizki, tabiiy polimerlar sintezi organizmda (o„simliklar, 
hayvonlar, insonlar) tegishli genlar (genitik kodlar) vositasida amalga oshadi. 
Polisaxaridlarda elementar zvenolar birikish tartibi va ulardagi atomlarni 
joylashganlik holatiga bog„liq ravishda makromolekulalar turli tavsiflarga ega 
bo„ladi. Odatda polisaxaridlar o„simliklar (kraxmal, sellyuloza, lignin, pektin 
kabilar) va hayvonlar (xitin, glyukamin kabilar) organizmlarini tashkil etuvchi 
makromolekulyar birikmalar hisoblanadi. Masalan, 

-D-glyukopiranoza (amiloza) 
zvenolarni polikondensatsion reaksiyasida 

-(1,4)-glyukozid bog„i hosil qilib 
biriksa kraxmal yoki 

-(1,4)-glyukozid bog„ini hosil qilsa sellyuloza sintez bo„ladi: 


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling