Polimerlarning makromolekulyar tuzilishi
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
POLIMERLARNING MAKROMOLEKULYAR TUZILISHI
Molekulalararo reaksiyalar – bu bir necha makromolekulalarni bir biri bilan
o„zaro ta‟sirlashish reaksiyasidir. Bunga kauchuk vulkanizatsiyasini, ya‟ni makromolekulalarini uch o„lchamli tikilishi misol bo„ladi. Bu kabi molekulalararo reaksiyalar suyuq holatdagi oligomerlarni tikuvchi vositalar yordamida qattiq to„rsimon tikilishidir. Masalan atsetonformaldegid smolani natriy gidroksid ishtirokida yoki epoksid smolani poliaminlar yordamida tikilishida kuzatiladi. Polimerlarni amaliy qo‟llanishda va qayta ishlashda bir qator faktorlar, jumladan, issiqlik, yorug„lik, havodagi kislorod, kimyoviy reagentlar, mexanik kuchlar, mikroorganizmlar ta‟sir etadi va ular o„z navbatida polimerlarning fizik xossalarini yomonlashishiga sabab bo„ladi. Ko„p hollarda amaliy qo‟llash bo‟yicha tavsiflarni yomonlashishi kimyoviy bog„larni uzilishi bilan bog„liq bo„ladi. Bu hol o„z navbatida molekulyar massani pasayishiga, ya‟ni destruksiyaga olib keladi. Polimerlar destruksiyasi – bu makromolekulalarni turli xil fizik faktorlar kimyoviy agentlar ishtirokida parchalanishidir. Destruksiya tufayli polimerlarning molekulyar massasi pasayadi, ularning tuzilishi hamda fizik va kimyoviy xossalari o„zgaradi. Polimerlar yaroqsiz holatga kelib qoladi. Destruksiya faqat salbiy natijalarga emas, balki ayrim hollarda ijobiy ham bo„ladi, masalan, oqsillarni parchalab aminokislotalar olish bunga misol bo„ladi. Destruksiyalar ham o„z navbatida fizik va kimyoviy tiplarga ajratiladi. Fizik destruksiya odatda fizik faktorlar ta‟sirida ro‟y beradi: issiqlik ta‟sirida termodestruksiya, yorug„lik ta‟sirida fotokimyoviy destruksiya, ionizatsion nurlanishda radiatsion destruksiya, polimerlarni maydalash va ishqalashda ular mexanik parchalanadi, ya‟ni mexanokimyoviy destruksiya kuzatiladi. Kimyoviy destruksiya odatda kimyoviy reagentlar va fermentlar ta‟sirida amalga oshadi. Bunda oksidlanish, gidroliz, atsidoliz, aminoliz va sh.k. parachalanish jarayonlari kuzatiladi. Destruksiya jarayoni ham amalga oshish mexanizmi bo„yicha ikki xil bo„ladi: - tasoddifiy qonuniyat destruksiyasi va zanjirli destruksiya. Bunday molekulyar o„zgarishlar polimerlarni turli xil molekulyar tuzilish va massalarga ega bo„lishiga hamda fizik xossalarini jiddiy o„zgarishiga olib keladi. Tasoddifiy qonuniyat destruksiyasi asosiy zanjirda bir biriga bog„liq bo„lmagan bog„larni uzilishi bilan amalga oshadi va bunda makromolekular uzunligi qisqarib boradi. Bunday destruksiyalar, odatda kimyoviy (kislota, ishqor va sh.k.) reagentlar ta‟siri ostida ro‟y beradi. Zanjirli destruksiya – bunday polimer zanjirini parchalanishida radikal yoki ion tipidagi faol markazlar orqali asosiy zanjirda bir nechta parchalanish aktlar ro‟y beradi. Odatda zanjirli destruksiyani initsirlash fizik faktorlar, jumladan, issiqlik, yorug„lik, radiatsiya hamda erkin radikallar va ionlar ta‟siri ostida amalga oshadi. Bunday destruksiya jarayonllari makromolekulalarni to monomerlargacha parchalanishiga qadar davom etishi mumkin. Destruksiyada xususiy hol deb depolimerizatsiya jarayoni e‟tirof etiladi. Ushbu jarayon polimer zanjiridan monomerlarni ketma-ket tarzda uzib borilishi bo„lib, bunda hajmda monomerlar hosil bo„ladi va to„planadi. Blok va payvandli polimerlanish ko„p hollarda polimerlarni kimyoviy modifikatsiya qilishda qo„llaniladi. Bunday modifikatsiyalar tufayli polimer zanjirining asosiy qismida maxsus funksional tavsifli bloklar joylashi yoki payvandlash orqali asosiy zanjirga yon tomondan turli xil funksional zanjirlar ulanishi mumkin. Polimer material sirtini himoyalash yoki faollashtirish payvandlash modifikatsiyasi samaralidir. Masalan, polimer tolalar va plenkalar sirtida funksional guruhlar bo„lishiga shunday reaksiyalar asosida erishiladi. Payvandlash orqali gaz va bug„ kiruvchanligi yuqori bo„lgan materiallar va ion almashuvchan membranalar olish amalga oshiriladi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling