Polisaxaridlar bo’yicha tushuncha va ularning tasnifi


O‘simlik shilliq moddalari suvda yaxshi erib, yopishqoq kolloid eritma hosil qiladi. Bu eritmadagi shilliq moddalarni spirt yordamida cho‘ktirish mumkin


Download 102.74 Kb.
bet5/9
Sana11.01.2023
Hajmi102.74 Kb.
#1089174
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
срс полисахарид

O‘simlik shilliq moddalari suvda yaxshi erib, yopishqoq kolloid eritma hosil qiladi. Bu eritmadagi shilliq moddalarni spirt yordamida cho‘ktirish mumkin.

  • O‘simlik shilliq moddalari suvda yaxshi erib, yopishqoq kolloid eritma hosil qiladi. Bu eritmadagi shilliq moddalarni spirt yordamida cho‘ktirish mumkin.
  • Mahsulot tarkibidagi shilliq moddalarni quyidagi sifat reaksiyalari bilan aniqlash mumkin:
  • 1) tarkibida shilliq moddalar bo‘lgan mahsulotlar ishqor eritmasi ta’sirida sariq rangga bo‘yaladi.
  • 2) mikroskopda ko‘rish uchun kesilgan mahsulot bo‘lakchasiga metil ko‘k bo‘yoq eritmasidan yoki 10% li H2SO4 ning mis tuzi eritmasi va 10% li NaOH eritmasidan bir tomchidan tomizilsa, shilliq modda saqlovchi xujayralar to‘q ko‘k rangda kuzatiladi.
  • 3) mikroskobda ko‘rish uchun kesilgan mahsulotga qora tush eritmasi ta’sir ettirilsa, shilliq modda saqlovchi xujayralar bo‘yalmaydi, boshqa xujayralar esa qorayadi.

O‘simliklardagi shilliq moddalar miqdori quyidagi usullar bilan aniqlanadi.

  • O‘simliklardagi shilliq moddalar miqdori quyidagi usullar bilan aniqlanadi.
  • 1. SHilliq moddalar suvda erib, yopishqoq kolloid eritma hosil qiladi. Bu eritmaning yopishqoqligi erigan birikma konsentratsiyasiga bog‘liq. SHuning uchun o‘simlikdan sovuq suvda eritib olingan shilliq moddalar eritma yopishqoqligiga qarab aniqlanadi.
  • 2. SHilliq moddalar ma’lum miqdordagi o‘simlik mahsulotidan sovuq suvda eritib ajratib olinadi. Eritmadagi shilliq moddalar spirt bilan cho‘ktiriladi. So‘ngra cho‘kma yuvib, 60-80Oda doimiy og‘irlikka kelguncha quritilib tortilib, o‘simlikdagi shilliq modda miqdori % bilan ifodalanadi.
  • SHilliq moddali mahsulotlar va ulardan olingan dori turlari tibbiyotda-meditsinada me’da-ichak kasalliklarida o‘rab oluvchi dori, nafas yo‘llari shamollaganda yo‘talni engillashtiradigan, to‘xtatadigan va ko‘krakdagi og‘riqni qoldiradigan hamda balg‘am ko‘chiradigan vosita sifatida ishlatiladi.

Daraxt elimlari va ularni saqlovchi o‘simliklar

  • Daraxt elimlari va ularni saqlovchi o‘simliklar
  • Daraxt elimlari patologik shilliq moddalarning o‘simlik to‘qimalaridan oqib chiqib, po‘stloqning yaralangan joyini qoplab, qotishidan hosil bo‘ladi. Bu birikmalar daraxt po‘stlog‘idagi yaralangan joyni berkitib turadi va mikroorganizmlarning o‘simlik tanasiga kirib, uni chiritishidan saqlaydi. Bundan tashqari, elim o‘simlik uchun zaxira oziq modda bo‘lib xam xizmat qiladi.
  • Elim ko‘pincha dukkakdoshlar va ra’noguldoshlar, jiydadoshlar va boshqa oilalarga kiruvchi buta va daraxtlarda xosil bo‘ladi.
  • Daraxt elimi ko‘pincha erta baxorda xosil bo‘ladi. CHunki bu orasida tez-tez yog‘ingarchilik bo‘lishi natijasida daraxt po‘stlog‘i iviydi, so‘ngra shamoldan va kun issig‘idan tez qurib yoriladi. YOrilgan po‘stlog‘dan patologik shilliq modda oqib chiqadi.

Download 102.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling