Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi O‘zbekiston


-rasm. Pulsatsiyali (a) va tebranuvchi tarelkali (b) ekstraktorlar


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/44
Sana13.04.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1355184
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
Bog'liq
spirt

1.5.6-rasm. Pulsatsiyali (a) va tebranuvchi tarelkali (b) ekstraktorlar.
а) 
1 - kolonna; 2 - porshenli pulsator; 3 - tarelka;4- tindirish zonasidagi 
fazalarni ajratuvchi yuza
б) 
1,2 - og'ir fazaning kirish va chiqish shtuserlari; 3,4 - yengil fazaning kirish 
va chiqish shtuserlari;5- elaksimon tarelka; 6 - shtok.
 
Pulsatsiya tebranishlari ta'siri ostida suyuqlik oqimining turbulentligi va 
fazalarning tomchilarga parchalanishi ortadi. Bu hol o'z navbatida tarelkali yoki 
nasadkali ekstraktorlarda massa almashinish jarayonining o'sishiga olib keladi. 
Pulsatsiyali ekstraktorning ishlash rejimi pulsatsiyalar intensivligiga 
bog'liq bo'lib, amplitudaning chastotaga ko'paytmasi bilan xarakterlanadi. 
Agar pulsatsiya intensivligi kichik bo'lsa, yengil faza og'ir fazada yoki og'ir 
faza yengilda galma-gal tarqaladi. Agar pulsatsiya intensivligi katta bo'lsa, 
kolonnaning ishchi zonasi yaxlit fazaga qarama - qarshi yo'nalishda harakat 
qilayotgan mayda tomchilar bilan bir tekisda to'lib turadi. Bunday rejim 
pulsatsiyali ekstraktorning optimal rejimi hisoblanadi. 


31
Tebranishlar amplitudasi siqilgan havoning bosimi bilan belgilanadi. 
Pulsatsiyalar chastotasi odatda minutiga 30...250, amplitudasi esa- 2...25 mm ni 
tashkil etadi. Agar pulsatsiyalar intensivligi yanada oshirilsa, ekstraktorda tiqilib 
qolish hodisasi ro'y beradi. 
Pulsatsiyali ekstraktorlar kolonnasidagi butun suyuqlikni tebratish uchun 
energiva sarfi katta, ko'ndalang kesim bo'yicha oqim tezliklar bir xil emasligi va 
kavitatsiya hodisa hosil bo'lishi mumkinligi hamda qurilmaning ayrim 
bo'laklarida xavfli kuchlanishlar barpo bo'lishi - bu turdagi ekstraktorlaming 
kamchiliklaridir. 
Bir dasta elaksimon tarelkalar tebranishi tufayli kolonnadagi suyuqlikka 
tebranish berish, pulsatsiyali usulga nisbatan samarasi yuqori bo'lib chiqdi 
(1.5.6b-rasm). 
Bu turdagi qurilmalarda tarelka 5 lar shtok 6 da o'rnatiladi va shtok 
ilgarilama - qaytma harakat qiladi. Bunday harakat suyuqlikka tebranishlar beradi 
va jarayon intensivlashadi. 
Pulsatsiya va vibratsiyali ekstraktorlarda massa almashinish intensivligi 
rotor - diskli qurilmanikiga qaraganda ancha yuqori. Bunga sabab, massa berish 
va o'rtacha harakatga keltiruvchi kuchning kattaligidir. Undan tashqari, 
solishtirma yuklama 30...80 m
3
(m
2
∙soat). Bu ko'rsatkich boshqa ekstraktorlar 
uchun ruxsat etilgan yuklamadan ancha ortiq. 
Yana bir afzalligi shundaki, qurilmada yuqori massa alamashinishga 
erishilgani uchun. metall va kapital sarflar kamayadi. 
Lekin pulsatsiya va vibratsiyali ekstraktorlar kamchiliklardan holi emas. 
Masalan, ular katta dinamik yuklamaga bardosh beradigan og'ir poydevorlarga 
o'rnatilishi zarur. Undan tashqari, boshqa ekstraktorlarga qaraganda 
ekspluatatsion sarflar ham birmuncha ko'proq. 


32

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling