«problems of research and education of the uzbek language»


International scientific-theoretical conference on the topic


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana19.06.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1612327
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SHEVA LEKSIKASIDA DIALEKTAL SO‘Z TURLARI

International scientific-theoretical conference on the topic:
«PROBLEMS OF RESEARCH AND EDUCATION OF THE UZBEK LANGUAGE» 
www.myscience.uz 
250 | 
bo‘ysunmasligi, unda kam ishlatilishi yoki umuman qo‘llanmasligi, ularning 
tarkibidagi leksik ma’no esa ma’nolar tizimida kam uchraydigan dialektal ma’no 
ekanligi bilan adabiy tildagi leksik birliklardan farqlanishi bilan ajralib turadi. Ushbu 
fikrni misollar tahlilida ham ko‘rish mumkin.
Kelišimgä pāvürxānädän ä:qāt ālib kelämän , qäräközlärimgä . Üjgä bögän 
künlärim 
kečäsi 
sämbösä,tüxümbäräk 
piširämän. 
Kündüzi 
bāzārgä
čiqārämän..Ushbu dialektal matndan shu narsa anglashilib turibdiki, sambo‘sa va 
tuxumbarak so‘zlari sheva vakillaridan birining nutqida qo‘llangani uchun hamda 
ularni shevaning boshqa vakillari tushunishgani uchun ham u dialektal ma’noga ega 
bo‘lgan deyish mumkin. 
Demak, dialektal so‘zlar o‘zicha shakllanmaydi, balki dialektal matn(lar) va 
u(lar)ning tarkibida shevaga xos leksik birliklar bilan birga qo‘llangani uchun u bir 
qancha sheva vakillari tushunadigan dialektal ma’noga ega bo‘ladi. Mana shu 
jarayonlardan keyingina u dialektal so‘z hisoblanadi. Sheva leksikasi haqida 
gapirilganda dialektal so‘z, dialektizm va dialektal xususiyatlarining xilma-xilligi 
haqida o‘z davriga mos holda maxsus to‘xtalingan. Ammo shevaning dialektal 
leksikasidagi dialektal ma’no(lar) termini va tushunchasi haqida shu vaqtgacha, 
ya'niki, XXI asrning 20-yillarigacha biron bir mulohaza yo‘q. Bizningcha, sheva 
leksikasining leksik birliklarida, albatta, dialektal ma’no mavjud. Shuning uchun 
ular sheva va lahjalararo farqlangani kabi adabiy til leksikasidan dialektal ma'nosi 
bilan tubdan farqlanib turishi tabiiydir. Bulardan shunday xulosaga kelish 
mumkinki, dialektal so‘zlar bu – sheva so‘zlarining boshqa so‘zlar orasidagi huquqi, 
qo‘llanish va ishlatilish imkoniyati; talqini, tavsifi, izohi va etimologiyasi; o‘ziga 
o‘xshagan boshqa so‘zlar ichidagi, ham adabiy tildagi so‘zlarga nisbatan dialektal 
ma’nolari bilan ma’no munosabatlari strategiyasidagi betakroriy mavqeyi va shu 
mavqeyini asoslaydigan amaliy, shuningdek, nazariy jihatlar nuqtai nazardan 
dialektal leksika hamda dialektal leksikografik talablarga muvofiq ilmiy tadqiq 
etilishidir.T.Enazarov va boshqalar tayyorlagan “O‘zbek dialektologiyasi" o‘quv 



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling