«problems of research and education of the uzbek language»
International scientific-theoretical conference on the topic
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
SHEVA LEKSIKASIDA DIALEKTAL SO‘Z TURLARI
International scientific-theoretical conference on the topic:
«PROBLEMS OF RESEARCH AND EDUCATION OF THE UZBEK LANGUAGE» www.myscience.uz 252 | kuyov tarafdan ro‘molcha va shirinliklar solingan xaltachani berilishi. To‘ydan bir parcha berdi ma'nosida. Biči-bičān // bichi-bichon - nikoh to‘yi oldidan kelin kiyimlarini,chimildiq narsalarini tikish uchun oq matoni yoshi katta onaxon tomonidan qirqib berilishi. Matolarni bichishni boshlab beradigan marosim. 2.Leksik-semantik dialektal so‘zlar. Shevalardagi so`zlar adabiy tildagi, shuningdek, boshqa biror sheva, dialektdagi xuddi o‘sha xil so‘zlardan ma'nosiga ko‘ra farqlanadigan bo‘lsa, ular leksik-semantik dialektal so‘zlar guruhini tashkil etadi. G‘ijduvon tumanidagi Navoiy viloyatiga tutash Qazoqrabot qishlog‘i aholisi tilida aya so‘zi yanga, kelinoyi ma'nosida qo‘llanadi. Tuman aholisining boshqa qishloq hududlarida aya so‘zining buvi ma'nosi ham ishlatiladi. Surxandaryo shevasi vakillari nutqida aya - ona ma'nosida qo‘llanadi. Bu dialektal so‘z turiga misol qilib lagan so‘zini ham keltirishimiz mumkin. Toshkent shevasida lagan bu osh suziladigan tovoq ma'nosida qo‘llanadi. Biz tadqiq qilayotgan hudud shevasida esa lagan xamir qorish yoki kir yuvish uchun mo‘ljallangan uy-ro‘zg‘or buyumidir.Kӓttӓ lӓgӓngӓ hämmä mäɣzäväläni sālip čäpānläni jüvišni bāšlä.( katta laganga hamma kir suvlarni solib choponlani yuvishni boshla). Xamir qilish uchun mo‘ljallangan, oshxona anjomi ham ushbu sheva vakillarida xämir lägän deyiladi. 3. Leksik-fonetik dialektal so‘zlar, ya'ni shevada jiddiy fonetik o‘zgarishlarga uchragan so‘zlar. F.Abdullayev fonetik o‘zgalik ma'nodagi o‘zgalik bilan bog‘liq bo‘lsa, bunday so‘zlar lug‘atga kiritilishi kerak, deydi. Ushbu dialektal so‘z ba'zi dialektal so‘zning tarkibida bir va undan ortiq tovushning fonetik o‘zgarishi natijasida shakllanadi. Leksik-fonetik dialektal so‘zlar adabiy tildagi so‘zning fonetik hodisalar bilan ifodalanishidir. Sheva vakillaridan yozib olingan matnlarimizda dialektal so‘zlarning bu turi ham juda ko‘p uchraydi. Bu tabiiy, albatta, negaki dialektlar birliklarning muhim xususiyatlaridan bir ham so‘zning adabiy tildagi holatidan fonetik jihatdan farqlanishidir. Quyidagi gapda leksik- fonetik dialektal so‘zlarni adabiy tildagi so‘zdan farqlaymiz: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling