«problems of research and education of the uzbek language»
International scientific-theoretical conference on the topic
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
SHEVA LEKSIKASIDA DIALEKTAL SO‘Z TURLARI
International scientific-theoretical conference on the topic:
«PROBLEMS OF RESEARCH AND EDUCATION OF THE UZBEK LANGUAGE» www.myscience.uz 254 | Bājimžān // boyimjon- baqlajon. Bājimžānni qävürsä, pämädür bilän jäxši ketädi// boyimjonni qavursa, pamadur bilan yaxshi ketadi. Bu poliz o‘simligi ham o'zbek tilining izohli lug‘atida uchramaydi. Va faqat shu sheva vakillari nutqida ishlatiladi. Bunday misollarni yana ko'plab keltirishimiz mumkin: löblā - loviya, birinž- guruch, qärāli - olxo'ri, hulvöj, nāzböj - rayhon, bälgär - bulg'or qalampiri. G‘ijduvon shevasida zoonimlar, ya'ni hayvon va qush nomlarini anchagina uchradik. Xususan, kärgäz( kaltakesak), mörčä( chumoli), tārtänäk( o'rgimchak) kabilar faol ishlatilishini aniqlandik, chunki hududimiz cho‘lli zona bo‘lgani uchun hasharotlarning ko‘p uchrashi odatdagi hol bo‘lsa, odamlar tomonidan o‘zlarini himoya qilishlari uchun kuchuklarning ko‘p bo‘lishi esa tabiiy holdir. Shu bilan birgalikda mäläx so‘zining chigirtka, ɣürmagaz/ g‘urmagaz so‘zi esa arining bir turi ma'nosini anglatishi faqat shu shevagagina xos dialektal holatdir. Biz hayvon nomlarini o‘rganilayotgan shevada alohida ko‘rinishda uchratdik va ularni quyidagicha aks ettirdik. Gävräžümān // gavrajumon - beshiktervatar . Beshik kabi tebranib turadigan, oyoqlari uzun, yashil rangli, to‘g‘ri qanotli kemiruvchi hasharot.[O‘zbek tilining izohli lug‘ati.2006:246]. Üjgä gävräžümān kiribdi, čiqāriš keräk // uyga beshiktervatar kiribdi, chiqarish kerak . Xārpiš // xorpish - tipratikan. Xārpišni üji sinžni täjigä ekän, öšerä kirdi // tipratikani uyi poydevor tagida ekan, o‘sha yerga kirdi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida bunday so‘zni uchratmadik. Hatto boshqa sheva vakillari tilida tipratikanning kirpi shakli ishlatilishi bor. Ammo xorpish tarzida qo‘llash faqat shu sheva vakillariga xosdir. Bu so‘zni ham sof leksik dialektal so‘zlar lug‘atiga kiritishimiz zarur. Pišäk-mushuk. Säni pišägiɳni pish dijkān kiši joq//Seni mushugingni pish deydigan kishi yo‘q. Aslida fors tilidan o‘zlashgan mushuk so‘zi bizning shevada va qipchoq shevasidagina pišäk tarzida aytiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling