«problems of research and education of the uzbek language»


International scientific-theoretical conference on the topic


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana19.06.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1612327
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SHEVA LEKSIKASIDA DIALEKTAL SO‘Z TURLARI

International scientific-theoretical conference on the topic:
«PROBLEMS OF RESEARCH AND EDUCATION OF THE UZBEK LANGUAGE» 
www.myscience.uz 
251 | 
qo‘llanmasi 2012-yil nashr etilgan. Bu qo‘llanma oldin yaratilgan ilmiy 
adabiyotlardan farq qiladi, nisbatan dialektal so‘zlar masalasiga doir amaliy va 
nazariy qoidalar bilan to‘ldirilgan. Tadqiqot ishimizni yoritishda ushbu 
qo‘llanmadagi fikrlarni o‘rganish foydadan holi emas, deb bilamiz. Qo‘llanmaning 
kirish qismida shevashunoslikka oid amalga oshirilgan ishlar xususida tanqidiy-
tahliliy fikrlar bildirilgan. Bu qo‘llanma bir-biriga bog‘liq bo‘lgan o‘n bitta qismdan 
iborat ekanligi mualliflar tomonidan qayd etilgan. Sohaga oid mavzularni 
mazmundorlik va keng qamrovli masalalarga munosabat bildirilish nuqatayi 
nazardan kelib chiqqan holda ushbu qo‘llanma bir muncha puxta ishlab chiqilgan. 
Shuningdek, dialektal so‘zlar turlarga ajratish masalasiga e'tibor qaratilganligini 
inobatga olib, berilgan nazariy ma’lumotlarni o‘rganib chiqdik. Qo‘llanmaning 
"O‘zbek shevalari leksikasi va so‘z yasalishi "mavzusida dialektal so‘zlar turlarga 
ajratilib chiqilgan hamda har biriga qisqa nazariy tavsif berilgan. Xususan, quyida 
ularning har birini maxsus keltirishni va munosabat bildirishni o‘rinli hisoblaymiz: 
1.Etnografik dialektal so‘zlar. O‘zbek adabiy tilida ham, shevalarimizda ham 
xalqimizning asrlar davomida shakllangan juda qadimgi turmush tarzi, urf-odatlari, 
moddiy va ma'naviy madaniyati bilan aloqador ko‘pgina so‘z, terminlar mavjud. 
Lekin bu xil so‘z mushtaraklar adabiy tildagi etnografizmlar ham, adabiy til va 
shevalar uchun bo‘lgan adabiy-dialektal etnografizmlar ham, faqat sheva, 
dialektlarga xos etnografik so‘zlar ham bir-birlaridan farqlangan holda tatqiq 
etilmagan [Ишаев, 1988: 37-42 ]. 
Bunday so‘zlar adabiy tilda kam, shevalarda anchagina uchraydi. Demak, 
etnografik-dialektal so‘zlarning dialektal lug‘at ( DL) larini tuzish lozim.
[Enazarov, 2012:45].
Bu holatda etnografik dialektal so‘zlarga munosabat bildirishda uning 
xususiyati to‘liq izohlanadi.G‘ijduvon shevasi vakillari nutqidan yozib olingan 
dialektal matnlardan misol: Pärčäbürān // parchaburon-fotiha to‘yida kelin tarafga 



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling