«problems of research and education of the uzbek language»


International scientific-theoretical conference on the topic


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana19.06.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1612327
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SHEVA LEKSIKASIDA DIALEKTAL SO‘Z TURLARI

International scientific-theoretical conference on the topic:
«PROBLEMS OF RESEARCH AND EDUCATION OF THE UZBEK LANGUAGE» 
www.myscience.uz 
253 | 
Äläqšäqqä šäqqilläsä jämān, bir bälā bölädi-dä, hāzir.// zag‘izg‘on
shaqqillasa yomon, bir balo bo‘ladi-da, hozir. Äläqšäqqä/alaqshaqqa- zag‘izg‘on, 
olahakka. Bu so‘z shevamizda kuchli fonetik o‘zgarishga uchragan.
Ešägāri/eshagori- qizil ari. Mäni ešägāri čāqqän päjt hämmä žājim šišib 
ketādi // meni ari chaqqan payt hamma joyim shishib ketadi. Rangi olovrang, boshqa 
ari turlariga nisbatan ancha yirik ari turi. Yirik bo‘lganligi uchun sheva vakillari 
tomonidan shunaqa nomlangan. Arining bu turini mana shunday o‘zgacha 
nomlanishini faqat G‘ijduvon shevasi leksikasida ko‘rishimiz mumkin. Bu so‘zda 
undoshi g, ari so‘zi tarkibidagi a unlisi esa o almashib, fonetik o‘zgarishga uchrab, 
leksik-fonetik dialektal so‘z turini hosil qilgan. Lekin, bu so‘zga kuchli fonetik 
o‘zgarishga uchragan so‘z sifatida qaraydigan bo‘lsak, biz bu so‘zni sof leksik 
dialektal so‘zlar lug‘atiga kiritsak bo‘ladi.  
4. Frazeologik-dialektal so‘zlar. O‘zbek sheva, dialektlarida mavjud bo‘lgan, 
adabiy tilda uchramaydigan yoki uchrasa ham, ma'no farqlanadigan frazeologik 
iboralar, birikmalar bir butun, yaxlit holdagina biror ma'noni, odatda, qo‘shimcha 
ko‘chma ma'noni anglatadi. Misollarga murojaat qilsak:
Äjāɣini täjigä ālli - urish , do‘pposlash. Tišimni etib jüripti - jahlini chiqazib 
yurmoq. Tili bir qärič - har gapga bir gapi bor, ko‘p gap qaytaradigan xotin qizlarga 
nisbatan qo‘llanadigan ibora.
5. Sof leksik dialektal so‘zlar asos va qo‘shimchalar tarkibida hech qanday 
fonetik o‘zgarishlarsiz, sof shevaga oid so‘zlarni ifodalaydi. Adabiy tilda sof lekisik 
dialektal so‘zga mos keluvchi so‘zlar mavjud. Xususan, quyida beriladigan 
G‘ijduvon shevasi vakillaridan yozib olingan matndan parchalar tarkibida sof 
dialektal so‘zni adabiy tildagi so‘z bilan qiyoslaymiz: 
Zāmča yoki zāmičä // zomicha -rangi, katta-kichikligi turlicha bo‘lgan 
handalaklarning umumiy nomi. Zāmičäni širinini hididän bilämiz // zomichani 
shirinini hididan bilamiz. Handalakning bunday nomlanishi faqat Buxoro va qisman 
Xorazm hududidagi sheva vakillarigagina xosligini ham aniqladik. 



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling