Professional tibbiy muloqot ko’nikmalarini shakllantirish


Download 69.5 Kb.
bet2/5
Sana09.11.2023
Hajmi69.5 Kb.
#1758974
1   2   3   4   5
Bog'liq
Umarqulov M Professional tibbiy muloqot ko’nikmalarini shakllantirish

Ключевые слова: медицинская коммуникация, коммуникативные навыки, инженерная модель, взаимное уважение.
Kirish
Muloqot qobiliyati - bu ikki yoki undan ortiq shaxslar o'rtasida fikrlar yoki his-tuyg'ularni yetkazish uchun ma'lumot almashishni o'z ichiga olgan dinamik jarayon hisoblanadi. Tibbiyotda samarali muloqot qobiliyatlari talab qilinishining asosiy sabablaridan biri bemorlarning salomatligi va xavfsizligini ta'minlashdir. Mijoz, oila va sog'liqni saqlash jamoasi o'rtasidagi aloqa ambulatoriyaga tashrif buyurish va statsionar parvarish dasturlariga rioya qilishda muhim rol o'ynaydi.
Tadqiqotning maqsadi
Samarali muloqot shifokor va bemor o'rtasidagi to'g'ri munosabatlarni shakllanishiga va tushunmovchilik kabi muammolarni oldini olishga yordam beradi. Tibbiyot xodimi bemorga katta e’tibor berishi, bemorning sog’ligini tiklash va unga azob berayotgan kasallikni yengillatish uchun o’zidagi bor imkoniyatlardan, bilimlaridan foydalanishi zarur bo’ladi, yana bir jihat borki, bu bemorga uning sog’ligi haqidagi ma’lumotlarni aytayotganida faqat va faqat bemorga, uning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan ma’lumotlarni aytishi desak adashmagan bo’lamiz. Chunki, har bir inson bemor bo’lib qolganida, u xoh kasalxonada bo’lsin, xoh uy sharoitida davolansin shifokorning bemorga ahvoli haqidagi kichik bir ma’lumoti ham bemorning ruhiyatini ijobiy holatga yoki salbiy holatga burilishiga olib keladi.
Material va tadqiqot usullari
Tibbiyot xodimining faoliyati alohida talablarga ega - sabr-toqat va o'zini tuta bilish zarurati. Bu bemorlar bilan muloqot qilishda paydo bo'ladigan katta hissiy zo'riqish, asabiylashish, talabchanlik, og'riqli norozilik bilan bog'liq. Samarali muloqot professional martaba muvaffaqiyatining kalitidir. Shifokor bilan professional muloqot quyidagi aytilmagan qoidalarni o'z ichiga oladi:

  • Har bir bemorning his-tuyg'ulariga g'amxo'rlik, hamdardlik va sezgirlikni ko'rsating.

  • Xushmuomala bo'ling, bemorning shaxsiy chegaralarini buzilishiga yo’l qo’ymang.

  • Doimo hurmatga asoslangan halol muloqot qilishga intiling.

  • Bemorlarni sizga ishonishiga, har doim barcha tavsiyalar, retseptlar va dori-darmonlarni tushuntira olishga harakat qiling. Hech qachon bemorga bee’tibor bo’lmang. U tushunmaguncha tushuntiring.

  • Doimiy ravishda o’z ustingizda ishlang: kasbiy va shaxsiy ko'nikmalarni rivojlantiring, zamonaviy texnika, ixtirolar, treninglar va boshqalarga e'tibor bering.

  • Hamkasblaringizni hurmat qiling: ular haqida hech qachon yomon gapirmang, ayniqsa, bemorlarga.

  • Va, albatta, eng muhimi, o'z sohangizning mutaxassisi bo'ling.


Download 69.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling