Propilenni oksidlash bilan akrolein ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi
Neftni qayta ishlashda hosil bo’ladigan to’yinmagan uglevodorodlar
Download 1.72 Mb.
|
PROPILENNI OKSIDLASH BILAN AKROLEIN 11
Neftni qayta ishlashda hosil bo’ladigan to’yinmagan uglevodorodlar
Xom neft va tabiiy gazlarda to`yinmagan birikmalar (alkenlar, di-, tri- va polienlar, alkinlar) bo`lmaydi. Ular neftni qayta ishlash jarayonlarida hosil bo`ladi. To`yinmagan birikmalar - asosiy organik va neftkimyoviy sintezda eng zarur xomashyolardan biridir. To`yinmagan birikmalarni olishning ikki guruhi mavjuddir: To`yinmagan birikmalar - yonaki mahsulot bo`lgan jarayonlar. Ularni maksimal ishlab chiqarishga yo`naltirilgan maxsus jarayonlar.
Birinchi guruh jarayonlariga termik va katalitik kreking, neft qoldiqlarini kokslash jarayonlari bo`lib, ularning asosiy maqsadi - yoqilg`i va neft koksi ishlab chiqarishdir. Ikkinchi guruh jarayonlari piroliz, quyi molekulyar alkenlarning polimerizatsiyasi, alkanlarni degidrirlash va metall – organik katalizatorlar ishtirokida alkenlar sintezlarini o`z ichiga oladi. Suyuq fazadagi termik kreking gazida (470 - 5200C; 2 - 5 MPa) taxminan 20 % (hajmiy), bug` fazadagi termik kreking gazida (530-6000C; 0,1 0,5 MPa) va piroliz (670-9000C; 0,1 MPa) gazlarida 30 - 50% (hajmiy) miqdorda to`yinmagan birikmalar mavjuddir. Neft xomashyosini termik ishlanganda hosil bo`ladigan gazlarning tarkibi quyidagi jadvalda berilgan. Neft xomashyosini termik va termokatalitik qayta ishlanganda hosil bo`ladigan gazlarning tarkibi, % (hajmiy) Jadval ma'lumotidan ko`rinib turibdiki, termik jarayon alkenlari ichida etilen va propilenlar ko`proqdir. Butilen va butadien birmuncha sezilarli miqdorda mavjuddir. Katalitik kreking gazlarida alkenlarning miqdori 25% (hajm.) va undan ortiqdir. Alkanlar izobutanni (25% hajmiygacha) yuqori miqdordaligi bilan farqlanadilar. To`yinmagan uglevodorodlar neftni termik va katalitik qayta ishlash suyuq mahsulotlari tarkibida ham mavjuddir. Masalan, suyuq fazadagi termik kreking benzinida 30-35% (massaviy), benzinning bug` fazadagi krekingida 40-45% va katalitik kreking benzinida 10% ga yaqin miqdorda to`yinmagan uglevodorodlar bo`ladi. To`yinmagan uglevodorodlarning xossalari Oddiy sharoitlarda quyi alkenlar C2–C4 gaz, C5–C17 – suyuqlik, undan yuqori molekulyar alkenlar esa qattiq moddalardir. Quyi alkenlarning ayrim xossalari 13-jadvalda keltirilgan. Kritik harorat ma’lumotlaridan ko`rinib turibdiki, quyi harorat va yuqori bosimda etilenni suyuq holatga o`tkazish mumkin. Boshqa alkenlar esa bosim ostida suv bilan sovitish orqali suyuladilar. Neftni qayta ishlash sanoat jarayonlarida alkenlar alkanlar bilan aralashma holida olinadilar. Ularning xossalari sezilarli farqlanadi va shu bois, individual birikmalarni ajratishda va ajratib olishda ishlatiladi. Normal tuzilishli 1 – alkenlar mos alkanlarga nisbatan pastroq qaynash va erish haroratlariga ega, biroq pentan va 1 – pentenlar misolida (14-jadvalga qarang) yuqoriroq zichlik va sindirish ko`rsatkichiga egadirlar. Quyi alkenlarning xossalari
Turli tuzilishga ega bo`lgan alkenlarning fizik xossalari
Turli tuzilishga ega bo`lgan alkenlarning xossalarini taqqoslash quyidagi xulosaga olib keladi: Simmetrik tuzilishga ega bo`lgan tarmoqlangan alkenlar boshqa izomerlarga nisbatan (jadvalga qarang) yuqoriroq qaynash va erish haroratlariga hamda yuqoriroq zichlikka egadir. Alkenlarning sis - izomerlari trans - izomerlariga nisbatan yuqoriroq qaynash harorati bilan xarakterlanadilar. Alkenlarni ajratib olish Ushbu bosqich ko`pincha avvaldan etan - etilen va propan - propilen fraksiyalari ajratib olingandan so`ng amalga oshiriladi. Atsetilen va metilatsetilenni selektiv erituvchilar yordamida absorbsiyalab ham ajratib olish mumkin. Selektiv absorbentlar sifatida metanol, atseton, - butirolakton, dimetilformamid ((CH3)2NCHO), N - metilpirrolidonlar ishlatiladi. Piroliz mahsulotlarini ajratish quyidagi asosiy bosqichlardan iborat: 1. Piroliz gazining kompressiyasi va undan C5 - va undan yuqori uglevodorodlarni ajratish. Ko`p bosqichli kompressorlarda gazni 3,5 - 4 MPa bosimgacha siqib va bosqichlararo piroliz gazlarini separatsiyalab asosiy massadan kondensirlanuvchi yuqori uglevodorodlarni va suvni ajratib oladilar. 2. Piroliz gazini H2S, CO2 va oltingugurt - organik birikmalardan tozalash. Piroliz gazlari H2S dan etanolaminning suvli eritmasida absorbsiyalab, tozalanadilar. Bunda ushbu jarayon quyidagi tuzning hosil bo`lishi bilan ketadi: 2HOCH2CH2NH2 + H2S (HOCH2CH2NH3)2S monoetanolamin Piroliz xomashyosida oltingugurt miqdori 0,1% (massaviy) dan kam bo`lsa, gazlarni H2S dan va SO2 dan tozalash jarayonini ishqorning suvli eritmasi bilan yuvish orqali amalga oshirish mumkin. Bunda COS ham qisman yo`qotiladi: 2NaOH + H2S Na2S + 2H2O 2NaOH + COS NaHCO3 + NaHS 2NaOH + CO2 Na2CO3 + Н2О 3. Piroliz gazlarini quritish. Ushbu jarayonda dietilenglikol (НОСН2СН2ОСН2СН2ОН) yordamida suv absorbsiyalanadi va so`ngra qoldiq - namlik NaA seolitida quritiladi. 4. Atsetilen va uning hosilalarini yo`qotish palladiyli yoki nikelkobalt xromli katalizator ishtirokida selektiv gidrirlash orqali amalga oshiriladi. 5. C2, C3, C4 fraksiyalarini ajratish va konsentrlangan alkenlarni olish. Piroliz gazlarini tor uglevodorod fraksiyalariga ajratish va ulardan konsentrlangan alkenlarni ajratib olish rektefikatsiya yo`li bilan amalga oshiriladi. Gaz ajratishning taxminiy sharoitlari va kalit juft komponentlarining o`rtacha nisbiy uchuvchanlik koeffitsienti o`r quyidagi jadvalda keltirilgan. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling