Neftning geteroatomli birikmalari
Hamma neftlar tarkibida uglevodorodlardan tashqari anchagina miqdorda geteroatomli birikmalar mavjuddir. Ushbu birikmalar o`z
molekulalarida oltingugurt,
kislorod, azot saqlashi mumkin. Ko`rsatib o`tilgan elementlarning miqdori neftning yoshiga va kelib chiqishiga bog`liqdir.
Oltingugurt miqdori 0,02 dan 7% (mass.) gacha bo`lishi mumkin va ushbu ko`rsatkich bo`yicha oltingugurt birikmalarining neftdagi miqdori taxminan 0,270% ga to`g`ri keladi.
Neft tarkibidagi azot saqlovchi birikmalardagi azotning miqdori undan ham kam bo`lib 1,7% (mass.) gacha yetishi mumkin. Masalan, O`zbekistonning Uch qizil neftida azotning miqdori 0,82% (mass.) ni tashkil qiladi.
Ayrim neftlarning element tarkibi va boshqa ma'lumotlar jadvalda keltirilgan.