Propilenni oksidlash bilan akrolein ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi


Propilenni to’g’ridan –to’g’ri gidratatsiya qilib propil spirti olish texnologiyasi


Download 1.72 Mb.
bet5/9
Sana24.11.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1796625
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
PROPILENNI OKSIDLASH BILAN AKROLEIN 11

Propilenni to’g’ridan –to’g’ri gidratatsiya qilib propil spirti olish texnologiyasi
Propilenni to’g’ridan –to’g’ri gidratatsiya qilib propil spirt ishlab chiqarish prinsipial texnologik sxemasi pastdagi rasmda keltirilgan:

Propilenni to’g’ridan –to’g’ri gidratatsiya qilib propil spirt ishlab chiqarish prinsipial texnologik sxemasi
Gazni ajratish sexidan kelayotgan propilen 70at gacha siqiladi , sirkulyatsion gaz bilan aralashtirilib va bug’ kondensati bilan birga 1,2 – issiqlik almashtirgichga yuboriladi. Neytrallanish mahsulotlari issiqligi hisobiga aralashma 200ºC gacha isiydi. Keyin bug’ -gaz aralashmasi 3-pechda 280-290ºC gacha isitiladi va 4-gidratatorga keladi. Bu yerda u katalizator qavati orqali yuqoridan pastga tomon o’tadi. Gidratatordan chiqishda bug’-gaz aralashmasi (olib ketilgan H3PO4, spirt, propilen, suv) NaOH bilan neytrallanadi, Natriy tuzlari 5-tuz ajratgichda ajratiladi, bug’-gaz aralashmasi esa 1,2-aralashtirgichda sovutilgandan so’ng 6-yuqori bosim separatoriga yo’naltiriladi, 5-6 at gacha drosellanadi va 8-quyi bosim separatoriga yuboriladi.
Gaz aralashmasi yuqori bosim separatoridan spirtni suv bilan yuvib tashlash uchun 7-skruberga keladi, so’ng siqiladi va jarayonga qaytariladi. 7-skruberdan bosimni 5-6 at gacha tushirish hisobiga erigan propilenni ajratish uchun spirtli kondensat 8-quyi bosim separatoriga boradi. Propilenni siqish uchun yuboriladi va jarayonga qaytariladi yoki gazni ajratish sexiga jo’natiladi. Suvli spirt esa rektifikatsiyaga yo’naltiriladi.


Asosiy apparatlar:
1. Gidratator. Ichi bo’sh, butun quyilgan apparat, d(tashqi) =1400 mm, d(ichki) =1260 mm, futerovkasi misdan. Katalizator qatlamining balandligi 7m plyus 1m yoyuvchiniki.
1t absolyut spirt uchun katalizator sarfi – 5,25kg
To’g’ridan –to’g’ri gidratatsiya usuli o’ta istiqbolli, uning keyingi mukamallashtirilishi eng ko’proq aktiv katalizatorni tanlab olish bilan suyuq fazada gidratatsiya jarayonini olib boorish yo’llarini qidirib topish yo’llari bilan bog’liqdir; shu bilan birga jarayon temperaturasini pasaytirish va propilen konversiyasini oshirish mumkin bo’ladi. To’g’ridan –to’g’ri gidratatsiya usuli katta quvvatli qurilmalar yaratish imkonini beradi.
To’g’ridan –to’g’ri gidratatsiya usulining kamchiligi – katlizatorni tez-tez almashtirilishi va qimmatroq konsentrlangan propilen fraksiyasini ishlatilishidir. Shu sababli sanoatda ikki usul mavjuddir. AQSHda olefinlarni gidratatsiya qilishda sulfat kislota usuli qo’llaniladi. Hamdo’stlik mamlakatlarida to’g’ridan –to’g’ri gidratatsiya yo’li bilan etil spirti, sulfat kislota usuli bilan esa izopropil spirti olinadi.



Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling