Psihologiya faniga hissa ko`shgan olimlar Psihologiya


Download 136.43 Kb.
bet10/15
Sana02.06.2024
Hajmi136.43 Kb.
#1835657
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Psixologiya 1 (восстановлен) 22

Ehtiyojlarning turlari.Ehtiyojlar kelib chiqishiga va predmetiga ko`ra farqlanadi. Kelib chiqishiga ko`ra ehtiyojlar TABIIY va MADANIY bo`lishi mumkin.Tabiiy ehtiyojlarda kishining o`zining hayoti va o`z avlodlari hayotini saqlash va davom ettirish uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlarga bog’liqligi ifodalanadi. Barcha odamlarda ovkatlanishga, suv ichishga, qarama-qarshi jinsning mavjud bo`lishiga, uxlashga, sovuqdan va haddan ziyod issiqdan saqlanishga va hokozolarga tabiiy ehtiyoj bo`ladi. Agar tabiiy ehtiyojlardan birontasi uzoq vaqt davomida qondirilmasdan qolsa odam mukarrar ravishda xalok bo`ladi yoki naslini davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo`ladi. Garchand tabiiy ehtiyojlar (ularning soniga ko`ra) odamning hayvon ajdodlaridagi va ibtidoiy odamlardagi kabi tarzda qolgan bo`lsa ham, lekin ular o`z psixologik mohiyatiga ko`ra hayvonlarning tabiiy ehtiyojidan tubdan farq qiladi. ehtiyojlarni qondirishning usullari va qurollari o`zgaribgina qolmasdan, eng muhimi, ehtiyojlarning o`zi o`zgarib bormoqda.
Madaniy ehtiyojlarda odamning foliyati insoniyat madaniyatining mahsulotlriga bog’liq ekanligi ifodalanadi; uning ildizlar butunlay kishilik tarixining sarhadlariga borib taqaladi. U yo bu xilda tarkib topgan madaniyat sharoitlarida biron bir tabiiy ehtiyojni qondirish vositasi bo`lib xizmat qiladigan narsalar (vilka va koshik, ovkatni yeyish uchun ishlatiladigan chuplar) ham madaniy ehtiyojlar ob’ekti hisoblanadi. Agar kishining madaniy ehtiyojlari qondirilmasa u halok bo`lmaydi (tabiiy ehtiyojlarni qondirilmagan sharoitda ana shunaka bo`lishi mumkin edi), lekin undagi odamiylik sifatlari jiddiy zararlanadi.
Ehtiyojlar o`z predmetining xarakterga ko`ra MODDIY va MA’NAVIY bo`lishi mumkin. Moddiy ehtiyojlarga kishining moddiy predmetlarga qaramligi (ovqatlanishga, qiyinishga, uy-joyga, maishiy turmush ashyolariga va boshqa narsalarga ehtiyoj sezish), ma’naviy ehtiyojlarda esa ijtimoiy ong mahsuliga tobeligi ifodalanadi. Ma’naviy ehtiyojlar ma’naviy madaniyatni yaratish va o`zlashtirishda o`z aksini topadi.



Download 136.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling